Salom, mening ismim Min Ji. Men hozirda mamlakatimdagi eng mashhur yosh oshpazlardan biriman. Yaqinda oshpazlik tanlovida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdim va nihoyat o‘z yurtimga qaytishga qaror qildim.
Ketishimdan bir kun oldin dugonam mendan bir kitobni topib berishimni so‘radi. Kitobning nomi «Mangu orzu» edi. Men uni anchadan beri qidirardim va nihoyat topdim.
Kitobni o‘qishga kirishdim. Yonimdagi o‘rindiqda o‘tirgan bir yigit esa ichimligini tasodifan kitobim ustiga to‘kib yubordi.
— Hoy! Nima qilyapsiz?! Bu juda muhim kitob edi-ku! — dedim jahlim chiqib.
U esa uzr so‘rab, indamay ketdi.
Men kitobni tozalash uchun yuvinish xonasiga kirdim. Kitobning oxirgi bobini ochganimda, ko‘zlarim bir jumlaga tushdi:
«Azizam, agar bu kitobni o‘qiyotgan bo‘lsang, ortga qayt. Hali hammasini o‘zgartirish mumkin...»
— Nima? Nima degani bu? — deb kulib qo‘ydim.
Ammo keyingi sahifani ochganimda, yuragim bir zumga to‘xtagandek bo‘ldi.
Unda mening ismim yozilgandi...
Men bu kitob oddiy kitob emasligini hali bilmasdim.
Va aynan shu kundan boshlab hayotim butunlay o‘zgarishini xayolimga ham keltirmagandim...
Men kitobdagi ismimni ko‘rib, hayratda qoldim. Axir bu kitobda mening ismim qayerdan paydo bo‘lishi mumkin edi?
Birdan telefonim jiringladi.
— Min Ji, qayerdasan? — dedi dugonam.
— Hozir boraman. Lekin senga bir g‘alati narsani aytishim kerak...
Telefonni qo‘yib, tashqariga chiqdim. Ammo eshikni ochishim bilan ko‘zlarimni yorqin nur qamrab oldi.
Ko‘zimni ochganimda esa atrofim butunlay boshqacha edi.
Men qandaydir qadimiy saroyda yotardim.
— Hoy! Bu qayer? Men qayerdaman?!
Xizmatkor qizlar meni ko‘rib, qo‘rqib ketishdi.
— Malikam! Siz uyg‘ondingizmi?!
— Malika? Menmi?!
Shu payt eshik ochildi. Ichkariga sovuq nigohli, qora kiyimdagi bir yigit kirib keldi.
— Demak, nihoyat uyg‘onding, — dedi u.
— Siz kimsiz?
U menga yaqinlashib:
— Men bu mamlakatning qiroliman. Sen esa mening oshpazimsan.
Men ichimda faqat bitta narsani o‘yladim:
«Voy Xudoyim, men uyga qanday qaytaman?!»
Izohlar
0