Biz uyga kirdik. Mening uyqim kelgani uchun uxladim. Ertalab boʻldi, oʻrnimdan turdim xonaga qaradim hech kim yoʻq. Tashqariga chiqib yuzimni yuvib oshxonaga bordim. Oshxonada hamma bir ekan lekin jimjit edi, hech kim bir-biriga gapirmas edi. Men oshxonaga kirib jimjitlikni buzish uchun baland ovozda “Assalomu alaykum” deb kirdim. Hech kim salomimga alik olmadi, faqat opam “O’tir nima yeysan” dedi. Men indamasdan oʻtirdim. Men yana bir bora jimjitlikni buzishga harakat qilib koʻrdim. “Kecha qayerga bordingizlar” dedim. Hech kim gapirmadi hatto opam ham javob bermadim. Hamma ovqatlanib boʻldimi? Bittadan oʻrnidan turib xonadan chiqib ketar edi. Oxirida esa opam,men va onam qolgan edi. Men onamni oldiga borib “Kecha qayerga ketib qoldingiz” dedim, shu payt opam menga qarab “Jim o’tira olmaysanmi? Nega savol beraverasan” deb baqirdim. Men esa indamay onamning oldiga bordim va asta quchoqlab oldim. Opam asta xontaxta ustini yigʻish-tirishni boshladi. Onam menga qarab “Tur opanga yordam ber” deganday qaradi. Men oʻrnimdan turib opamga yordam berdim.
Muallif yangi bob qoʻshganda u shu kitob sahifasida paydo boʻladi. Muallifga obuna boʻling — oʻtkazib yubormaysiz.
Izohlar
0