Men har doim boshqalardan ajralib turishni xohlardim,o'zimni boshqalardan ob qochardim. Ular bilan yurish menga yoqmasdi chunki ular siz yo'q bo'lgan paytingiz g'iybat qilishar edi.
Men uydan ko'chaga chiqmaydigan maktabga ham zo'rg'a boradigan qiz edim, chunkier go'yoki ko'chaga chiqsam ular mening ustimdan sening ota-onga ajrashgan deb ustimdan kulishganday bo'lar, bu gaplarim bilan go'yoki mahaladagilar ustimdan kulmaydiganday, to'g'ri ular meninga ota-onga ajrashgan deb eams, qishloqdan ekanligim haqida gapirishar. Ular o'yin o'ynasa men ham sizlar bilan o'ynasam bo'ladimi deb so'rasam ular yo'q deb aytishar edi. Hammasini sizlarga bir-boshidan aytib beraman.
………….
Adashmasam o'shanda 8 yoki 9 yoshlarda edim. Uyimizda har kuni janjal bo'lar edi. Men yoshligimdan ota-onamning janjallar, otam onamni urishlarini ko'rar edim va shu bilan katta bo'layotgan edim. Biz qishloqdar yashar edi. Bir kuni maktabda dugonam bilan tanaffusda kelishib oldik, maktabdan keyin ko'chada o'yin o'ynashga. O'zingiz bilganingizdek qishloq o'yinlari juda ko'p: o'rtaga tushar, bekinmachoq,besh tosh, soqqa o'yini, kurash, botmon-botmon, oq terakmi-ko'k terak, qushim boshi, mindi-mindi, o'g'ri keldi, degan o'yinlarimiz bor. Dars tugadi, dugonam bilan maktabdan keyin uyga qaytayotib qanaqa o'yin o'ynashimiz haqida o'ylar edik va oxiri kelishib oldik. Biz besh tosh o'ynaydigan bo'ldik. Besh tosh o'yini juda zo'r bu o'yin navro'z bayramida juda ko'p o'ynaladi. Hamma bolalarda o'zining toshlari bor edi. Shu bilan mening ham o'z toshlarim bor edi, toshlarim orasida eng sevimli va omadli toshim bor edi. Biz mening uyimga keldi va dugonam bilan xayrlashib uyga kirarkanman baqir-chaqir ovozi eshitildi. Men darrov payqadim yana janjal, Men anniq bilar edim bu janjal ovozi edi. Uyga kirsam opam eshik yonida turar edi.
-Keldingmi? Robiya- dedi opam qoriqqanidan libraries titrab.
- Opa yana janjalmi?opajon boshqalarning ham ota-onasi janjallashadimi?- dedim asta.
Opam indamadi.
-bu safar janjal nimadan chiqdi?- dedim qorquvdan.
-bilmayman, bilmayman - dedi opam yig'i aralash ovozda.
- Ha - dedim asta bu ovozimni opam eshitdimi yoki yo'qmi bilmayman.
Otam va onam janjallashyotgan xona eshigi yopiq edi. Opam va Men bu borada faqat baqir-chaqirning ovozini eshitishdan boshqa narsa qo'limizdan kelmas edi.
-Opa otam onamni urayotganmikan?- deb so'radi, duduqlanib.
-Otamni bilmaysanmi?- dedi opam qattiy ovozda.- Har doim janjal bo'lsa otam onamni uradi-ku - dedi, lekin bu so'zlarini yig'i orasida aytdi.
Men Jim qoldim, opamga asta nazar tashlasam ko'zlaridan dona-dona yosh chiqayotgan ekan.
-Robina bor kiyimlaringni almashtir - dedi opam
Men bir og'iz ham gapirmasdan indamay kiyimimni almashtirishga ketdim. Ancha vaqt otdi va buvim kirib keldi. Men juda xursand bo'ldim hayolimda “ hozir buvim kirib bu janjalni to'xtatadi” deb o'yladim. Lekin bunday bo'lmadi, aksincha buvim o'sha xonaga kirgandan keyin battar baqir-chaqir bo'ldi. Mening esa uxlagim kelar edi, ko'rpaning yoniga borib yotdim va uxlab qoldim. Qancha uxlaganimni bilmayman, lekin juda ko'p uxlagan edim. Ko'zimni ochib qarasam shom bo'libdi. Janjal ovozi eshitilmas edi. Men o'zimga-o'zim “ nihoyat janjal tugabdi” deb xursand bo'ldim. Hovliga chiqsam hech kim yo'q, yana uyga qaytib kirdim lekin uyda ham hech Kim yo'q edi. Tashqariga chiqdim. To'g'risini aytsam uyning ichida o'tirishga ko'riqdim. Ayvoning sivetini yoqib karavatga o'tirdim. Uyqim xali ochilmadimi? Yana uyqi bosdi, lekin uxlamadim chunki buvim menga “shom bo'lganda uxlab bo'lmaydi, agar shomda uxlasak va o'rnimizdan tursak ko'zimizga jinnlar ko'rinadi” deb aytga edi. Bu haqida o'ylab battar qo'riqdim. Bir payt ko'chada moshinaning ovozi eshitildi, men buvimlar keldi deb xursand bo'ldim. Lekin ko'chaga chiqsam moshina qoshnimiznikiga kebdi. Men indamay yana joyimga qaytdim. Bir payt hayolimga dugonam bilan o'yin oynamoqchi bo'lganimiz va dugonama meni uydan chaqirishi esimga tushidi. Mening xayolimda ming ta fikr u meni chaqirdimi yoki yo'qmi bilmayman. Lekin u chaqirgan bo'lsa ota-onamning baqir- chaiqirini eshitib yana uyiga qaytib ketgan bo'lsachi? Men ertaga maktabga qandag boraman? Bu sharmandalik, u nima deb o'ylaydi. Robiyaning ota-onasi uyda janjallashar ekan deb o'ylaydi. Boshqalarga ham aytsa sinfda sharmanda bo'laman-ku. Men shularni o'ylayotgan paytib opam kelibdi buni sezmabman ham.
-Nimalarni o'ylayabsan? Hatton Men kelganimni ham bilmading.
Men birdan bu ovozlarni eshitib qo'qib ketdim. Ovoz kelayotgan tarfga qarasam opam ekan. “Hodoga Shakur” dedimda ichimda. Keyin opamga savollar bera boshladim.
-Onamlar qani? Nega mening bitter o'zimni tashlab ketdingizlar? - dedim jahil bilan.
-Men ham yaxshi bilmayman, sen uxlab yotgan payting otam,onam va buvimlar qayergadir ketdi.- dedi opam stol ustida turgan kanfetdan olib.
-Unda siz qayerdan kelyabsiz?-dedim.
-Opam men fudboldan kelyabman. Har doim boraman-ku shuni ham bilmaysanmi?- deb menga baqirib berdi.
Onamni o'ylab esimdan chiqib ketibdi. Opam har doim fudbolga borishi. Biz qishloqda yashasak ham qizlar va o'g'il bollar uchun fubol toʻgaragi bor edi
Izohlar
0