Kechasi odatdagidek kech uhladim..
Kundaligimni yopib ,stol ustiga qo‘ydim
Undagi har bir sahifa mening kichik sirlarim edi.
Men hech qachun ularni yo‘qotishni istamasdim.
Ertasi kuni maktabdan qaytib to‘g‘ri xonamga kirdim.Hammasi joyida edi
Kitoblar javonda
Deraza yonidagi gul ham odatdagidek quyoshga qarab turibdi.Faqat....
Kundaligim biroz ochiq qolgan edi.
Men to‘xtab qoldim
Aniq eslayman.
Kecha uni yopib,tortmaga solgandim
Sekin yoniga bordim.
Qo‘larim muzlab ketganday edi.
Sahifalarni voroqladim.
Bir....
Ikki...
Uch...
Va birdan yuragim to‘xtab qolgandek edi.
Bitta sahifa yo‘q edi.
Yirtib olingan.
Aynan kecha yozgan sahifam.
Unda men hech kimga aytolmagan gaplarni yozgandim.
"MEN KUCHLI KO‘RINSAM HAM ICHIMDA QO‘RQUVLAR BOR MEN BA'ZAN O‘ZIMNI HAMMADAN YOLG‘IZ HIS QILAMAN"
Sahifa yo‘q edi
-Bo‘lishi mumkin emas....-dedim pichirlab
Uyda mendan boshqa bech kim bo‘lmagan.
Onam ishda edi.
Qo‘shinimizni kaliti ham bizda yo‘q.
Unda kim kirgan
Yoki...
Kimdir kundaligimni o‘qiganmi?!
Shu payt telefonimga xabar keldi.
Madinadan xabar kelgandi;
"Ertaga maktabdan keyin gaplashib olamizmi?.muhim masala bor."
Odiy habar.
Lekin negadir yuragim yanada bezovta bo‘ldi
Men javob yozmadim
O‘rniga kundaligimni oxirgi bo‘sh sahifasiga yangi jumla bitdim;
"ENG KATTA QO‘RQUVIM SIRLARIM OSHKOR BO‘LISHI EMAS.ENG KATTA QO‘RQUVIM ODAMLAR HAQIQIY RAYHONANI KO‘RSA MENI QABUL QILMASLIGI"
Va ilk bor ko‘nglimdan bir savol o‘tdi;
Yo‘qolgan sahifani kim oldi.?!
Izohlar
0