Ertasi kuni maktabda vaqt odatdagidek sekinroq o‘tayotgandek tuyuldi.Madinaning kechagi xabari xayolimdan ketmasdi.
"Muhim masala bor"
Bu qandag masala boplishi mumkin?!
Yo‘qolgan sahifa bilan bog‘liqmi?!
Yoki boshqa narsa
Tanaffusda uni ko‘rdim.U odatdagidek quvnoq emasdi
Meni ko‘rib jilmaydi,ammo ko‘zlarida qandaydir xavotir bor edi
-Rayhona bugun kutib turasanmi birga gaplashamiz
-mayli- dedim sekin
Butun kun davomida ichidagi bezovtalik kuchayib bordi.Darslar tugaganch maktab hovlisidagi eski skamekaga borib o‘tirdik.
Bir necha daqiqa hech kim gapirmadi.
Shamol qurigan barglari yo‘l bo‘ylab uchib ketardi.
Nihoyat .Madina chuqur nafas oldi
-Rayhona men senga bir narsani aytishim kerak.
Men unga tikildim
-Eshitaman
U qo‘llarini bir biriga mahkam ushladi.
-oxirgi paytlarda sendan uzoqlashib ketganimni sezgandirsan..
Men idamadim..
Chunki javobini allaqochon bilardim
-Bu sen tufayli emas -dedi u-uyimizda muommolar bo‘lyabdi.Dadam boshqa sharga ishga ketdi.Onam esa doim tashvoshda. Men esa nima qilishni bilmay qoldim..
Ko‘zlarim kattalashdi.
Shuncha vaqt men uni meni unutdi deb o‘ylagandim.
Aslida esa u ham ichida o‘g‘ir yuk ko‘tarib yurgan ekan.
-Nega menga aytmading?!-deb so‘radim
Madina achiq jilmaydi.
-bilmayman.balki men ham sen kabi hislarimni ichimda yutadigon bo‘lib qolgandirman..
Men yerga qaradim
Qancha aytilmagan gaplar.
Shu payt ichimda savol yana qaytdi
Qancha notog‘ri tushunishlar...
Yo‘qolgan sahifa.
-Kecha uyimga bormadingmi?
Madina hayron bo‘lib bosh chayqadi.
-Yo‘q nega
Men bir lahza jim bo‘ldim
-Hech narsa
Lekin yuragimdagi shubha yo‘qolmadi
Agar Madina bo‘lmasa...
Unda mening kundaligimdagi sahifani kim olgan?
Izohlar
0