MANQURTLAR
2-qism
Akbar öşa kuni ilk bor qöşmaçilik bilan şuğullanuvçi ayolning huzuriga bordi. Ayol ularni uyiga taklif qildi va ikki nafar qizni çaqirdi.
— Pullaring bormi? — deb söradi u.
— Ha, qança böladi?
Sunnat ayol bilan hisob-kitob qilgaç, ular xonalarga kirib ketişdi.
Madina bilan yuz bergan voqea tasodif tufayli sodir bölgan bölsa, bu safar ularni buzuq muhitga öz qiziqişlari yetaklab kelgandi...
Şu kundan boşlab Akbar xolasidan tez-tez pul olib, öşa uyga qatnay boşladi. Uni bu iflos muhitda yaşaşga majbur bölgan, özidan uç yoş katta Baxora ismli qiz öziga rom etgandi. U bilan ötkazgan ehtirosli tunlar Akbarga özgaça lazzat bağişlar, yigit esa kundan kunga qizga qattiqroq boğlanib borardi.
— Sizni bu yerdan olib ketaman, — dedi Akbar şunday keçalarning birida.
— Puling bormi? — qiz unga işvali nigoh taşladi.
Akbar bu yerga keliş uçun ham pul topişda qiynalardi. Baxoraning savoli uni öyga toldirdi.
— Yöq...
— Menga boy erkak kerak, Akbar. Barça ehtiyojlarimni qondira oladigan, meni tilla taqinçoqlarga kömib, haşamat içida yaşatadigan erkak. Men öyin-kulgi, dabdaba içida yaşaşni istaydigan ayolman. Sen esa hali yoş bolasan, — dedi Baxora va qah-qah otib kulib yubordi.
Uning gaplari Akbarning ğaşiga tegdi. Biroq yigit özini bosişga urindi.
— Senga qança pul kerak? Pulim bölsa, men bilan ketasanmi?
Baxora dastlab uning gaplarini hazil deb öyladi. Ammo yigitning keyingi sözlari bu hazil emasligini körsatdi.
— Xöp, mayli, yigitça. Öz uying va puling bölganda, sen bilan xohlagan joyingga boraman, — dedi u.
Aslida, Baxora Akbarni hali yoş bola deb bilardi. Uni özidan sovitiş, bu xayollardan qaytariş uçun şunday degandi. Ammo u yigitning könglida qanday olov yonayotganini, bu oddiy havas uning taqdirini qançalik özgartirib yuborişini hali bilmasdi...
---
— Menga pul kerak, — dedi Akbar Sunnatga.
— Qança?
— Ança. Uy olişim kerak.
— Nima qilasan uyni?
— Baxora bilan yaşayman.
Sunnat unga ajablanib qaradi.
— Ahmoq ekansan! U fohişa-ku!
— Hoy, öylab gapir! — Akbarning jahli çiqdi.
— Xöp, özing bilasan. Yur, seni pul bera oladigan odam bilan taniştiraman.
— Kim u?
— Yuraver, hali kimligini bilib olasan. Keyin rahmat aytasan!
Sunnat şu sözlarni aytib, Akbarni qöy boqiladigan joylar tomon boşlab ketdi. U yerda qöy boqib yurgan, közlari qisilgan Aziz ismli kişi bilan taniştirdi.
— Bunga pul kerak. Uy olmoqçi, — dedi Sunnat gapning indallosini aytib.
Aziz Akbarni boşdan oyoq sinçiklab kuzatdi.
— Nega otangdan pul olmading?
— Ota-onam vafot etişgan. Xolamnikida yaşayman, — dedi Akbar boşini egib.
Aziz biroz jim turdi-da, kutilmaganda savol berdi:
— Pul uçun hamma işni qila olasanmi?
— Ha, — dedi Akbar öylab ham ötirmay.
— Yaxşi. Senga iş topib beraman. Ertaga mana şu manzilga kelasanlar.
Aziz yaşaş joyining manzilini aytdi.
Ularning suhbatini kuzatib turgan Akbar Sunnat bilan Aziz ançadan beri taniş ekanini payqadi. Sunnatning qölida doimo pul bölişining sababini endi tuşungandek böldi.
Ertasi kuni Akbar Sunnat bilan Aziz aytgan manzilga bordi. Aziz ularga kiçkina qoğozçani uzatdi.
— Mana şuni körsatilgan manzilga olib borasizlar. U yerda sizlarga bir narsa berişadi. Öşani menga qaytarib olib kelasizlar.
Akbar bilan Sunnat topşiriqni bajarişdi. Qoğozga öralgan noma’lum narsani bir manzildan ikkinçisiga yetkaziş evaziga pul olişdi.
Bu holat tez-tez takrorlana boşladi.
Akbar endi Baxoraning oldiga borişni ham kamaytirdi. Uning xayoli pul yiğiş bilan band edi. U şahardan uy sotib olişni, keyin esa Baxorani özi bilan olib ketişni niyat qilgandi.
U turli manzillarga eltib berayotgan sirli narsalar içida nima borligini heç qaçon söramasdi. Uning uçun muhimi topşiriqni bajariş va pul oliş edi.
Ammo bir kuni qiziqişi ustun keldi.
— Buning içida nima bor özi? — deb söradi u Sunnatdan.
— Qora dori.
— Nima?!
— Nima, nima? — Sunnat unga beparvo qaradi.
— Qora dorini sotiş jinoyat-ku!
— Xöş, jinoyat bölsa, nima qipti? Heç kim bilmaydi. Qörqma!
Akbarning yuragi orqasiga tortib ketdi.
— Boşida nega menga aytmading?
— Özing hamma işga roziman deganding-ku!
— Ey, bor-e! — dedi Akbar jahl bilan.
U ortiga qaramay, uyiga qarab yugurdi.
Endi u nima işga aralaşib qolganini tuşunib yetgandi. Pul topiş ilinjida jinoyat yoqasiga kelib qolganini anglagan Akbar bu işni boşqa takrorlamaslikka öziga söz berdi.
Ammo endi uning oldida boşqa muammo turardi. Uy oliş uçun pul kerak edi. Baxoraga bergan va’dasini bajarişni istardi, lekin halol yöl bilan pul topişning uddasidan çiqolmayotgandi.
Bir muddat öylab yurgaç, qöy boqib yurib, ularni sotiş fikri xayoliga keldi. Poççasidan yaşirinça bitta qöyni sotdi.
Biroq bu sir uzoqqa bormadi.
Yöqolgan qöyni payqagan poççasi suriştira boşladi. Oxiri haqiqatni bilib, Akbarni öğrilik qilgani uçun qattiq kaltakladi.
— Nega urasiz?! Yetim bölganim uçunmi?! — deb baqirdi Akbar köz yoşlarini tiya olmay. — Ketaman uyingizdan! Boşqa bu yerda yaşamayman!
U yiğlagança uydan çiqib ketdi.
Qayoqqa borişini öylab ham ötirmadi. Töğri Azizning oldiga yöl oldi.
Akbarning çangga belangan kiyimlarini, yoşga tölgan közlarini körgan Aziz hayron böldi.
— Nima böldi, ukam? Nega ust-boşing çang? Nima uçun yiğlab yuribsan?
— Aziz aka, siz buyurgan hamma işni qilaman. Bu yerda boşqa yaşamayman. Menga köproq pul bering! — dedi Akbar titroq ovozda.
Aziz unga bir muddat tikilib turdi.
— Kap-katta yigit bölib, qizlardek yiğlab turibsan-ku! Yur, uyga kir. Qani, gaplaşib olamiz.
U Akbarni uyiga boşladi. Unga toza kiyimlar berdi. Akbar yuvinib, kiyimlarini almaştirgaç, ovqatlandi.
Aziz esa iş haqida lom-mim demadi. Unga dam olişni buyurdi, xolos.
Akbar öşa kuni özini xavfsiz joyga kelgandek his qildi. Biroq u hali bu uyda aytiladigan gaplar va beriladigan topşiriqlar uning hayotini butunlay özgartirib yuborişini bilmasdi.
Ertasi kuni Aziz Akbarni yoniga çaqirdi.
— Akbar, endi sen bilan qiyomatlik aka-ukamiz. Seni şaharga jönataman. U yerda bir dösting kutib oladi. Men aytgan işlarni qilib yursang, uy ham olasan, yoqtirgan qizingga ham uylanasan.
Akbarning közlari çaqnab ketdi.
— Xöp, aka, — dedi u itoatkorlik bilan.
Oradan ikki kun ötdi.
Aziz yoşgina bir qizni yetaklab keldi. Qizning qölida çaqaloği ham bor edi.
— Bu Dildora. Seni söraganlarga xotinim deb taniştirasan. Mana, bu hujjatlar, — dedi Aziz.
Akbar qizni ilgari heç qaçon körmagan edi. Şunga qaramay, Azizning gaplariga qarşi çiqmadi.
— Xöp, aka, — dedi u yana.
Şu tariqa Akbar yölga otlanişga tayyorlandi. Poyezd çiptasini olib, Dildora va çaqaloq bilan şaharga jönadi.
Poyezd manziliga yaqinlaşib qolganda, Azizning aytgan topşiriği yodiga tuşdi. Ammo bu safar uning oldida turgan vazifa avvalgilaridan butunlay farq qilardi.
— Poyezd şaharga yaqinlaşgaç, bolani sumkaga solib, poyezddan taşlab yuboringlar, — degan edi Aziz.
Akbar öşanda dahşatga tuşib, savol bergandi:
— Nega?
Aziz esa heç qanday ikkilanişsiz tuşuntirgan edi:
— Bolaning qorniga geroin joylaştirilgan. Dildora çegaradan ötgaç, bolaning qornidagi geroinni oladi. Çaqaloq çegaradan ötişda heç kimning şubhasini tortmaslik uçun kerak.
Akbar bu gaplarni eşitib, dahşatga tuşdi.
— Bu kimning bolasi özi?
— Uning heç kimi yöq. Onasi ölgan, — dedi Aziz sovuqqonlik bilan.
Akbar jim qoldi.
Uning qarşisida begunoh bir çaqaloq bor edi. U hali bu dunyodagi heç narsani anglamas, öz hayoti uçun qaror qabul qilişga qodir emasdi. Şunga qaramay, kattalar uni özlarining qabih maqsadlari yölida işlatişmoqçi edi.
Akbarning vijdoni qarşilik körsatardi. U bunday işga qöl urişni istamasdi. Ammo endi u özini tobora çuqurroq botqoqqa tortayotgan odamlarning qölida qolganini his qilardi.
Xolasinikiga qaytişga esa ğururi yöl qöymasdi. Poççasining kaltaklari, haqoratlari va özini ortiqça odamdek his qilgan kunlari hali ham yodidan kötarilmagandi.
U pul topişni, uy sotib olişni va Baxora bilan yangi hayot boşlaşni istagandi. Ammo şu orzulari ortidan quvib, qanday yölga kirib qolganini endi-endi anglay boşlayotgandi.
Poyezd ğildiraklari bir maromda taqillab borardi.
Akbar esa derazadan taşqariga tikilgança, oldinda uni nimalar kutayotganini öylardi.
Uning hali bilmagan bir haqiqati bor edi: ba’zan insonni tubsiz jarlikka birgina qadam emas, balki ortidan quvilgan orzular, notöğri tanlovlar va vaqtida aytilmagan «yöq» sözi olib boradi.
Muallif yangi bob qoʻshganda u shu kitob sahifasida paydo boʻladi. Muallifga obuna boʻling — oʻtkazib yubormaysiz.
Izohlar
0