Qizning qo'lidagi to'poncha yigitning yurak qismiga yaqin ko'krak qafasiga tiralib turar ekan ko'zlarida yosh miltillardi.Yigit esa ko'zlarida g'azab va allaqanday tushunarsiz hislar bilan qizga qaragancha
-O'q uz ...nimani kutyapsan?
Qiz esa ko'zlaridagi yoshlarini ushlab turishni ortiq istamay qo'yib yubordi.Bir zumda yuzlarini egallagan ko'z yoshlar qizni zaif ko'rsatayotgan edi lekin u bunga e'tibor bermagancha qo'li tegib turgan tepkini mahkam ushladi...
-Kechir!
Shu on butun jarlikni o'q ovozi egalladi.Qarg'alar baland tovush chiqargancha o'zlari qo'nim topgan daraxtlardan uchib ketishdi.Jarlikka qulayotgan jasad bir necha soniyalar o'tmasdan tubsizlikka g'arq bo'ldi.
FLASHBACK*
Motam zali.Hamma motam uchun moslangan kiyimlarni kiygancha bir ayol surati qarshisida turishardi.Bu yo'qotish oila a'zolariga juda ham yomon ta'sir o'tkazgan.Ayniqsa mitti qizaloq uchun bu butun dunyosini ostun-ustun qilgan bilan barobar.Hali hayot past-u balandini ko'rmagan ona mehriga yetarlicha to'yishga ulgurmagan qizaloq bugun aynan onasini oxirgi manzilga kuzatyapti.Qizaloq hali nima bo'layotganini to'liq tushunib yetmagan shunchaki motam zalida onasining surati qarshisida o'tirardi.Endi 5 yoshni qarshilayotgan qizchadan bundan ortiq biron nimani kutish juda ham qiyin u hali bunday voqealarni to'liq tushunib yetmagan.Atrofdagilar esa bu qizaloqqa rahmi kelgan qiyofada qarashib bir-birlariga pichirlashar edi.

-Eng yomoni murg'ak qizaloqqa bo'ldi onasini erta yoqotti...
Ikkinchi ayol ham birinchi ayolning so'zlarini tasdiqlagancha
-Endi uning ahvoli qanday kecharkan?
Birinchi ayol qizaloqning otasiga o'g'rincha qarab qo'ydida ikkinchi ayolga sal yaqin kelgan holda ovozini yanada pasaytirdi
-Menimcha janob Millson yana turmush quradi...
Ikkinchi ayol qiziqqancha ko'zlarini kattalashtirib savol berdi
-Nega bunday deyapsan?
Birinchi ayol yana o'sha ohangda
-Janob hali yosh va qizaloqqa ona kerak...
Qizaloq onasining surati yoniga yaqinlashib nima bo'layotganiga tushunmasdi.Onasining tabassum bilan qarab turganini ko'rgan qizaloq ham javoban tabassum qildi.U hali go'dak bo'lganligi sababli o'lim degan daxshatni bilmasdi.Hattoki unga onasizlik daxshatlari ham begona.Hozir ham qizaloq onasining o'limiga tushunmay nega barchalari bu yerga yig'ilishganligini ham tushunmasdi.Atrofdagi ba'zi insonlar qizaloqqa rahm ila boqishsa boshqalar esa janob Millsonni yangi xotini kim bo'lishiga qiziqishardi.
.....
Oradan 1 hafta vaqt o'tdi.Lia har kuni onasini kutar huddi eshik ochilib onasi yana o'sha tabassum bilan kirib qizini quchoqlagancha qizaloq bilan uxlaydigandek tuyulardi.Lekin bu shunchaki qizaloqning hayolat mahsuloti edi.Lia shu o'tgan hafta davomida tuzuk luqma ham yemadi hizmatkorlar uni ovqatlantirishga harakat qilishsa ham qizaloq injiqlik qilib barchasini rad qilardi.Hizmatkorlar esa bu voqealarni janob Millsonga aytishga qo'rqar chunki janoblarini jahli chiqgudek bo'lsa barchasi ishidan ayrilishi turgan gap edi.Lekin qizaloqning enagasi uni tug'ilgandan beri yonida bo'lgan Park xonim bu hodisalarga jim qarab turishni istamadi va buni Janobga aytishga ahd qildi.Park xonim o'rta yoshdagi ayol bo'lib turmushidan ajralganidan so'ng o'gli bilan Millson xonadonida yashashgan.Janob va xonim Millsonlar unga yordam qo'lini cho'zishgandi.Janob ayoli vafotidan so'ng officedan chiqmasdan o'zini ishga ko'mgandi u hattoki o'z qizidan ham xabar olmay qo'ygandi.Park xonim umidini uzmagan holatda yana mitti xonimning xonasiga keldi va eshikni sekinlik bilan taqillatdi.Ichkaridan sado kelmagach sekinlik bilan eshikni ochdida ichkariga kirdi.Mitti qizaloqqa yotog'ida eshikdan teskari bo'lgan deraza tomonga qaragancha mahzun bo'lib yotardi.U har kuni onasini sog'inib kutgancha yig'lar huddi uning yig'laganini ko'rib onasi kelib uni ovutishini istagandek.Park xonim mayda qadamlar bilan yotoq yoniga yaqinlashgancha tomoq qirib ohisda gap boshladi
-Mitti xonim tushligingizni olib keldim...
-Yemayman...
Nargi tomonga qarab yotib olgan qizaloqning ovozi ko'p yig'laganligi tufayli bog'ilib chiqgandi.Park xonim uning kundan kunga so'lib borayotgan ifodasi va suyaklari bilinib qolgan jusassiga qaragancha ifodasi yanada mahzunlashdi.
-Lia xonim bir necha kundan beri tuz totmadingiz bunaqada kasal bo'lib qolasiz
-XOXLAMAYMAN DEDIMKU
deya qizaloq o'z enagasiga baqirib yubordi.Buni atey qilmagan bo'lsa ham uni biron nimaga majburlashlari yoqmas edi.Hozir ham Park xonimning qistovlari qizga yoqmadi va o'zi istamaagn holda o'zidan ancha katta bo'lgan ayolga qo'pollik qildi.Park xonim qizning bu holatini qabul qila olmadi unga qizaloqning tushkunlikka tushgan holati hech ham yoqmayotgan edi.Shuning uchun ham sekin qiz yotgan yotoqning yoniga o'tirdida bir qo'lini qizning sochlari tomonga olib borgancha qizning qahvarang sochlaridan mayinlik bilan silay boshladi...Qizaloq bu mehrdan bir oz vaqtga bo'lsa ham onasi bilan bo'lgandek his qildi.
-Qizalog'im bilaman hozir sizga juda ham og'ir lekin nimadir yeb olmasangiz kasal bo'lib qolasiz.Bu esa onangizga hech ham yoqmagan bo'lardi...
Qizaloq onasi tilga olinishi bilan o'tirib oldida ayol tomonga yarq etib qaradi.Park xonimning qizaloqni sochini silab turgan qo'li yotoq ustiga tushdi.
-Tushunmadim? Onam buni qayerdan biladi?
Ayol mayin tabassum qildi
-Onangiz sizni osmonlardan turib kuzatadi.Agar siz ovqat yemasangiz sizdan xafa bo'ladi.
MItti Lia esa enagasining ko'zlariga umid bilan qaragancha
-Onam mendan xafa bo'lganmi?
Mitti qizaloqning birdan bergan bu savolidan enagasi hayron bo'lgancha bir qoshini ko'tarib
-Qizalog'im nega bunday deyapsiz?
Qizaloq esa lablarini shishirgancha
-Nega unda meni ko'rgani kelmayaptilar?Meni sog'inmaydilarmi u yerda?
Park xonim qizchaning nega bunday deyayotganini endi tushunib bir qo'li bilan qizaloqning sochlaridan silagancha
-Unday emas onangiz sizni juda ham yaxshi ko'radi...Shunchaki bu yerga kelishga iloji yo'q shuning uchun kelmayapti
-Unda qachon keladilar?
Park xonim qizaloqning bu savoliga nima deb javob berishni ham bilmay qoldi.U savolga javob topish uchun o'ylangancha atrofga alangladi.Shu payt qizning xonasida ilingan oy surati tushirilgan plakatni ko'rdida hayoliga kelgan narsadan mayin tabassum qilgancha
-Oyingiz qaytadi...
Qizaloq enagasining bu gapidan so'ng yanada unga yaqinlashgancha katta munchoq ko'zlari bilan umid qilgancha uning keyingi so'zlarini kutib o'tirardi
-Faqat qizil oy osmonda to'lganda uni ko'rishingiz mumkin
-Chindanmi?
Lia bu gapni eshitib xursandligidan ko'zlari chaqnab ketib enagasini quchib oldi.Park xonim ham qizaloqni quchgancha sochlaridan silardi.
Park xonim
Shu zaylda kunlar kunlarga ulanib oradan 5kun o'tdi.Lia ham enagasiga anchagina o'rganib qoldi.Qizaloq endi onasini qumsab yig'lamayapti u enagasining gaplariga ishongan holatda qizil oy to'lishini kutardi.Quyosh zarrin nurlarini sochgancha ton otganini bildirmoqda.Mitti qizaloq esa hali hamon shirin uyquda...U shu qada uyqu olamiga cho'mgan ediki hatto qimir etmad edi.Uning bu holati esa mitti malikalardek uni yoqimtoy ko'rsatmoqda.Bir necha soniya qiz shu holatda uxlar ekan eshik ohista chertildi.Lekin ichkaridan sado chiqmagach sekinlik bilan ochildi va ichkariga tahminan 12 yoshlardagi o'smir yigitcha kirib keldi.Bu yigitcha park xonimning yakka-yu yagona o'g'li Suho edi.U hali yosh bo'lishiga qaramasdan juda zukko va aqlli.Balki uning otasi hali go'daklik paytida vafot etib barcha ma'suliyat yigitchaning zimmasida qolganidadir....
Yigitcha qizaloq uchun tayyorlangan nonushtani ushlab turar ekan qarshisida hech narsani bilmay uxlab yotgan qizga qaradi.U qizchaga termular ekan uning shishib turgan yuziga va yumilgan ko'zlariga diqqatini qaratdi va sekingina yo'talib
-Mitti xonim uyg'oning
Qizaloq begona ovoz quloqlariga kirishi bilan ko'zlarini ochdi va qarshisida turgan yigitchani ko'rib bir oz cho'chib ketdi.Mitti xonim yigitchaga katta-katta ohu ko'zlari bilan boqar ekan yigit qiz undan shubxalanayotganini sezdida mayin jilmayib qo'lidagi nonushtani tumbacha ustiga qo'ydi
-Mitti xonim men Park xonimning o'g'li Suhoman mendan qo'rqishingizga hojat yo'q...Oyijonim bir ozgina band bo'lganliklari sabab nonushtangizni men olib kirishimni ayttilar...
Qizaloq qarshisida turgan yigitcha o'z enagasini o'g'li ekanligini bilgach havotiri pasaydida hali ham o'sha porlab turgan ko'zlarini unga qadagancha
-Ismim Lia...enagamning farzandi mening ham akam shunday ekan Lia deb chaqirishingiz mumkin
deya mayin tabassum qildi...Qizaloq yosh bo'lishiga qaramasdan juda ham zukko va tengdoshlaridan anchagina ilg'or edi...Yigitcha qizaloqning bu javobidan so'ng
-Lekin bunday chaqirish mumkin emas...
Yigitchaning bu gapi ham to'g'ri edi.Chunki u shunchaki bir xizmatchining o'g'li va u xonimini behurmatlarcha ismi bilan chaqira olmaydi.Lia ham shularni o'ylab bir muddat jim qoldi.Ammo bu jimlik uzoqqa cho'zilmadi qizaloqqa bir fikr kelgach bolalarcha jilmaydida
-Unda faqat yolg'iz qolganimizda shunday chaqiring...Bu esa mumkin
Suho qizchaning bu fikrini maqullab ho'p degancha boshini qimirlatdi...
-Nonushta qilib ol...Men esa oyimga yordam berishim kerak
14:00*
Men oyim ketganlaridan beri endigina uyimiz hovlisiga chiqdim...Xonamda o'tiraverib huddi qamalib qolgan insondek o'zimni his qilayotgan edim.Hozir esa toza havo ko'ksimga urilishini his qilib bir oz yengil tortdim.Park xonim ham bugun mendan xabar olmadilar Suho akam aytgandek ishlari juda ham ko'payib ketibti.Men uydagi ba'zi bir xizmatchilardan enagam qayerdaligini so'rab bilib oldimda o'sha yer tomon yura boshladim...Bu yo'l bizning bog'imiz tomon olib borayotgan edi.Men bu bog'ni juda ham yoqtiraman oyim doimo bu yerda sevimli gullarini parvarish qilar edilar.Biz birgalikda bir gul ham ekib qo'yganmiz...Bog'ga yetib kelgach o'zimga kerak bo'lgan chexrani topib oldimda u tomon yugurib borib mening mexribon enagamni orqa tomonidan quchib oldim.Bu mexribon ayol yarim o'tirgan holatda bog'dagi gullarni tegini yumshatayotgan ekanlar, meni quchib olganimni sezib mayin ohangda
-qizalog'im nega bu yerga keldingiz?
Men hali ham o'sha holatda turgancha erkalanib javob berdim
-sizni sog'indim...-deya sekin enagamni qo'yib yubordimda men ham ularning yoniga yarim o'tirgancha mitti qo'llarim bilan gullarning tegini yumshata boshladim...
Enagam esa qilayotgan ishimni ko'rib darrovgina menga norozi ifoda bilan qaragancha qo'llarimni ushlab oldi
-Bunday qilishingizga xojat yo'q...
Men esa mayin jilmaydimda
-oyim bilan doim birga shu yerdagi gullarga qarar edik hech ham xavotir olmang...-chindan ham bu men uchun qo'rqinchli emas aksincha odatga aylangan mashg'ulot edi...
Park xonim sekin qo'llarimni qo'yib yubordida yana o'z ishiga sho'ng'ib ketti ammo koz'lari gullarda bo'lsa ham
-ehtiyot bo'ling! -bu so'zlar shunchaki xizmatchining xonimiga aytgan oddiy so'zlari emas edi unda yashirin mehr ufurib turardi.Men buni his qildim...
Biz gullarni parvarishlar ekanmiz mening tepamga kimdir kelib to'xtadi.Men buni sezgancha sekin ko'zlarimni u tomonga qaratib yuqoriga qaradim...Bu tongdagi yigitcha edi.
Qizaloq ko'zlarini pirpiratgancha yigitga temural ekan yigitning yuzida ham tabassum aks etardi.
-senga bir narsa olib kelgandim
Qizaloq yigitchaning bu gapidan ifodasi hayronlikka o'zgardida mitti ko'zlarini yanada kataroq ochdi.Yigitcha esa qo'llarini orqasiga qilgancha nimadirni berkitardi.
-Nima?
Yigitcha qo'lini qiz tomonga uzattida yana o'sha tabassumini qaytardi
-Singlim uchun sovg'a...Senga qanday gul yoqishini bilmadim shuning uchun ham shu bog'da o'sadigan lavanda gulidan bir donasini olib keldim. - yigitcha qizaloqning ko'zlariga qarar ekan undan nimadir deyishini kutardi
Qizaloq gulga qaragancha tabassumi yana yorqinlashdi
-Chindanmi? Menga juda ham yoqdi....Rahmat!
Bir chekkada bolalalrni kuzatgancha tabassum bilan Park xonim turardi.Bu ikki bolalar bir-biri chiqishib olgani Park xonim uchun juda ham ma'qul kelgandi.Chunki mitti xonim ham yolg'iz farzand Park xonimning ham Suhodan boshqa farzandi yo'q...
.....
Shu zayilda oradan 9 yil vaqt o'tdi.Suho va Lia ikkisi bir-birlariga juda ham qattiq o'rganib qolishgan deyarli har kunlarini birga o'tkazishardi.Suho Liadan katta bo'lganligi sababli unga ko'p narsalarda yordam berar edi.Bugun ham Lia maktabdan uyga erta qaytib o'z xonasiga kirgancha darsliklarini sumkasidan olib Suhoning xonasi tomonga ketayotganida yo'lda uni otasi to'xtatib qoldi.Otasining yonida bir ayol va uning yonida chamasi 17 yoshlardagi o'smir qizaloq turardi.Lia hayron bo'lgancha otasiga va yonidagi ayolga ko'zlarini katta-katta qilgancha qarab turardi.

-Lia bu sening yangi onang va opang Ari
Otasi bu so'zlarni jiddiy ohangda aytgan bo'lsa ham negadir qizaloq buni hazl deya o'ylagancha kulib yubordi
-Hazillashyapsizmi?
Lekin janobda hech qanday hazil alomatlari sezilmagach qizning yuzi ham jiddiylashdida bir ayolga bir uning yonida turgan qizga alanglagancha otasiga g'azab nigohi bilan qaradi
-Tabriklayman yangi xotiningiz bilan ammo men buni oyi deb chaqirmayman mendan buni umid qilmang!
deya uydan jahl bilan chiqib ketdi orqasidan esa otasi baqirgancha ismini chaqirib qolib ketdi.Ammo Lee xonim janob Millsonning yoniga kelib bir qo'lini uning beliga o'ragancha
-Azizim qo'yaver u hali yosh bola...u bilan tez orada chiqishib olamiz
Janob o'ylangancha
-Shunday bo'ladi deb umid qilaman
Lee xonim erini quchgancha bir qo'li bilan uning yuzini silab
-Men harakat qilaman bo'ldi o'ylanma....-shunday degancha nigohini o'z qiziga qaratib
-Xonangga boraqol qizim...xonangni esa xizmatchilardan so'ra ular tayyorlab qo'yishgan bo'lsa kerak
Ari esa darrovgina yuqoriga chiqib ketayotgan xizmatchining yoniga borib o'z xonasini so'rab qo'lidagi narsalarni ko'targancha xizmatchining orqasidan ketdi.

....
Lia esa yig'lagancha Suhoning xonasini eshigini taqillatardi.Bir necha marotaba taqillatgach ichkaridan uyqusiragancha Suho eshikni ochdi.Qiz akasini ko'rib uni quchib oldida uning bag'rida xo'rlangancha yig'lardi.Suho esa qizning bu holatidan hayron bo'lib uni ovutish uchun bir qo'li bilan sochlaridan silay boshladi.
-Nima bo'ldi senga?
Qiz hiqqilagancha yigitning bag'ridan chiqib
-Ichkarida gaplashaylik
Yigit ho'p degancha bosh chayqab qizni ichkariga kirishini kutib,qiz kirgach esa uning orqasidan kirgancha eshikni yopdi.Ikkisi ham qarama-qarshi stulda o'tirib yigit qizning gapirishini kutardi.Qiz esa shishgan ko'zlari va bo'g'ilgan ovozi bilan gapirishni boshladi
-Otam uylanibti...
Yigit qizning birdan aytgan bu gapini tushunmaygina hayrat nigohi bilan qarab
-Tushuntiribroq gapir
-Uyga bugun bir ayol qizi bilan keldi.U kim ekanligini so'raganimda otam u xotin uning yangi xotini ekanligini aytib men bilan tanishtirmoqchi bo'ldi
Qiz berilib bu gaplarni aytar ekan yana behosdan ko'zlariga yosh kela boshladi
-Xo'sh keyinchi
-Men tanishmadim...Sizningcha nima qilishim kerak edi?
Qiz lablarini burgancha ko'zlarini katta-katta qilib akasiga tikilardi.Suho esa qizning bu harakati shunchaki yosh bolalarcha ekanligini bilib aka sifatida to'g'rri yo'l ko'rsatishni istadi
-Lia sen xato qilgansan
-Nega?
shoshib savol berdi qiz
-Bu otangga nisbatan behurmatlik sen u ayolni qabul qilmagan taqdirda ham sen bunday harakat qilmasliging kerak edi.
-Shunday deb o'ylaysizmi?
Qiz akasining gaplarini mazmunini chaqgancha o'ylanib qoldi.
-Ha
sokinlik bilan javob berdi Suho
-Unda men otamdan kechirim so'rab yan oldingizga qaytaman...-deya tabassum qilgancha o'rnidan turib eshik tomon yurdi.Eshikka yaqinlashib eshik tutqichini ushlagancha orqasiga o'girildida
-Rahmat sizga
deya tabassum qilgancha u yerni tark etdi.
...
Qizaloq otasidan uzr so'rash uchun tez-tez qadamlarini kattaytirib yurardi.U uyning ichiga kirib otasining xonasi tomon borish uchun yuqoriga chiqdi.Yuqoriga chiqib otasining xonasi tomonga yurar ekan bir xonadan haligi ayolning ovozlari yangrab turardi.Qizaloq begonaning gapini poylashni yoqtirmaydi lekin bu ayolning jarangdor ovozi uni o'ziga jalb qilgancha uni gaplarini eshitishni istadi.U sekinlik bilan eshikning yoniga yaqinlashib kelayotgan ovozlarni anglar ekan ko'zlari kattalashib ketdida tezda otasining xonasi tomonga bormoqchi bo'ldi lekin oyog'i qandaydir buyumga urilib ovoz chiqgancha yerga yiqilib tushdi.Bu ovozni ichkaridagi ayol ham eshitib tezda xonadan chiqdi.Xonadan chiqib qaradi-yu ranglari oqarib ketdi.Chunki qiz uning barcha gaplarini eshitgan va buni otasiga aytish uchun shoshilgan.Lee xonim ayyor tabassum bilan qizga yaqinlashgancha uni turgazish uchun qo'lini cho'zdi.Lekin qiz bir ayolning yuziga bir uning qo'liga qarar ekan yuzini burdi.Ayol uni gaplarini eshitganiga amin bo'lgancha tizasiga o'tirib qizga yaqinlashdi
-Qizaloq gaplarimni eshittingmi?
Qizdan sado chiqmagach ayol qizning iyakidan qisgancha uni o'ziga qaratdi.Qiz qisilgan iyaklarini og'ridan ingragancha ayolga qarar ekan
-Menga qara yetimcha...agar otanga eshitgan narsalaringdan nimadirni aytadigan bo'lsang o'sha suyukli otangni bu uydan jasadi chiqadi.Sen esa otasiz qolib ko'chada xor bo'lasan...Xo'sh shuni istaysanmi?
Qiz ayolning yuziga qarar ekan u hazillashmayotganini sezdida ho'p degancha boshini silkidi.Ayol ayyorona jilmaygancha qizning iyakidan siltab qo'yib yubordi
-Aqlli qiz bo'lsang senga yaxshi bo'ladi...
deya o'rnidan turgancha yana bir bor qiz turishi uchun qo'lini cho'zdi
-Tanishganimdan xursandman Lia qizalog'im....
Muallif yangi bob qoʻshganda u shu kitob sahifasida paydo boʻladi. Muallifga obuna boʻling — oʻtkazib yubormaysiz.
Izohlar
1Vapshe zooor