U sevgan insonini o'z qo'llari bilan o'ldirishga majbur bo'ldi. Ammo nima uchun? Ular bir-birini sevishgan bo'lsa, qanday qilib hammasi qon bilan yakunlandi? Bolaligida onasining qaytishini kutgan Lia Millson ulg'ayib, o'z hayotining eng dahshatli sirlariga duch keladi. Yolg'onlar, xiyonat va taqiqlangan hislar uni qaytib bo'lmas nuqtaga olib keladi. Ba'zan eng qattiq sevgan insoning eng katta dushmaningga aylanadi. Ba'zan esa haqiqatni bilish — uni yo'qotishdan ham og'riqliroq. **U o'q uzdi. Ammo aslida kimni yo'qotdi — sevgan insoninimi yoki o'zini?**