Tunda oy nuri ostida oqarib, kunduzi quyosh nurida ko‘mirdek qorayadigan Anruin qirolligi — ulkan sir va dahshatli yolg‘onlar ustiga qurilgan saltanat edi. Xalq ko‘p yillardan beri tunni vampirlar la’nati deb hisoblar, taxt esa bu qo‘rquvni ataylab parvarish qilib, hokimiyatni mustahkamlash uchun qurol o‘rnida foydalanardi.Malika Freya — onasining qotili deb bilgan yirtqichlarga nisbatan yuragida cheksiz nafrat bilan ulg‘aygan taxt vorisi. Ammo u o‘z tomirlarida oqayotgan, dunyo tartibini ostin-ustun qilib yuborishga qodir bo‘lgan daxshatli yarim inson va yarim vampir — gibridlik tabiatidan butunlay bexabar edi. Qirol o‘z hokimiyatini saqlab qolish va klanlar o‘rtasida qonli qirg‘in boshlash uchun o‘z qizini Cheksiz o‘rmon bag‘ridagi o‘lim tuzog‘iga otadi.Burchini jonidan ustun qo‘yuvchi sovuqqon ovchi Theon malikani qutqarish uchun o‘z hayotini tikkanida, vaziyat kutilmagan tomonga buriladi. Sho‘r dengizning afsonaviy, jasur qaroqchilar sardori Riven o‘z kemasi bortida nafaqat qochqin malikani, balki yuragini batamom asir etgan abadiy ishqni ham olib ketayotganini kech anglaydi. Ammo uyg‘onayotgan la’nat va shafqatsiz taqdir ularga baxtli yakunni ravo ko‘radimi?Bu asar — hokimiyat ortidagi qora hiylalar, shafqatsiz janglar, hissiz yuraklardagi umid va butun boshli saltanatni kulga aylantirgan bitmas-tuganmas qasos haqidagi fojiaviy qissadir. Unda zulmat kishanlarini parchalagan so‘nmas muhabbat va vayronalar ichidan qayta tug‘ilgan adolat tantanasi aks etadi.