Ertasi kuni Elena Asteria akademiyasidagi birinchi darsiga kirdi. Sinfda ko‘pchilik o‘quvchilar allaqachon joylashib olgan edi. Orqa qatorda esa Kael va uning mashhur Noctis guruhi o‘tirardi.
O‘qituvchi yangi o‘quvchini tanishtirdi.
— Bu Elena Vale. U bugundan boshlab sizlar bilan o‘qiydi.
Lon Elenaga jilmayib qaradi.
— Xush kelibsan. Men Lonman.
— Damon, — dedi yonidagi yigit qisqa qilib.
Elias esa faqat bosh irg‘adi.
Kael esa jim turardi.
Dars davomida o‘qituvchi o‘quvchilarga sehrli energiyani boshqarishni buyurdi. Navbat Elenaga kelganda, u qo‘lini oldinga uzatdi. Avval hech narsa bo‘lmadi. Keyin birdan uning qo‘lidan kuchli kumush nur tarqaldi.
Sinf jim bo‘lib qoldi.
Elias hayrat bilan:
— Bu oddiy sehr emas...
Kael esa Elenaga tikilib qoldi.
U qadimiy bashoratni esladi.
“Kumush kuch qaytganda, qorong‘ulik ham uyg‘onadi.”
Kael endi Elena bu akademiyaga tasodifan kelmaganini tushundi.
Izohlar
0