🌙 1-qism — Qal’a ortidagi sir
Uzoq-uzoq yillarda, xaritalarda ham nomi yozilmagan Elaria qirolligi bor edi.
Bu qirollikda oddiy odamlar bilan birga sehrgarlar, ajdarlar va qadimiy ruhlar ham yashardi.
Qirollikning eng mashhur joyi esa tog‘lar orasida qurilgan ulkan Asteria akademiyasi edi. Bu maktabga faqat sehr qobiliyatiga ega bo‘lgan yoshlar qabul qilinardi.
O‘sha kuni akademiyaga yangi o‘quvchi keldi.
Uning ismi Elena edi.
Elena uzun qora sochlari va yashil ko‘zlari bilan boshqa o‘quvchilardan ajralib turardi. U oddiy oiladan chiqqan, ammo o‘zida qanday kuch borligini hali hech kim bilmasdi.
U akademiya darvozasidan kirayotganida kimdir uning yo‘lini to‘sdi.
— Yangi o‘quvchimisan? — dedi sovuq ovoz.
Elena boshini ko‘tardi.
Qarshisida qora kiyimdagi yigit turardi. Uning ismi Kael Ardent edi — qirollikdagi eng kuchli sehrgar oilalardan birining o‘g‘li va Noctis guruhining rahbari edi.
— Ha. Nima bo‘pti? — dedi Elena.
Kael unga bir zum qarab turdi.
— Bu yer sen o‘ylaganchalik oddiy maktab emas.
Elena qoshini chimirdi.
— Men qo‘rqinchli joylardan qo‘rqmayman.
Kael jilmaydi.
— Unda tez orada qo‘rqishni o‘rganasan.
U ortiga o‘girilib ketdi.
Elena esa uning ortidan qarab qoldi.
U hali bilmasdi...
Kael bilan uchrashuvi uning hayotini butunlay o‘zgartirishini.
Va eng muhimi...
Akademiyaning qadimiy devorlari ichida Elena haqida ming yil oldin yozilgan bir bashorat borligini.
Izohlar
4Ha oʻzim ham shunaqa sirlar haqida joyladim va yaqinda fantastik hikoya joylayman
Wav 😍
Sirli hikoya zoʻr
Sizga ham fantastic hikoyalar yoqadimi