Taqdirning bizga beradigan tuhfalari koʻp. Hayotimizga tasodifan kirib kelgan insonlar esa, baʼzida butun bir dunyoga aylanishi mumkin. Bir qarashdagi sevgi deysizmi? Men bu safsataga hech qachon ishonmayman. Biroq qalbdagi chertishga — aniq ishonaman. Bu nima deysizmi? Savolingizga javob topish uchun hikoyamni oʻqishingizga toʻgʻri keladi. Ha, aytgancha — uni shunchaki oʻqimang, balki his qiling...