Endi Barretlar oilasida ikki qiz bor edi. Ammo ular bir-biriga umuman o‘xshamasdi.
Birinchisi — Ariya Barret, asrab olingan qizaloq. “Ariya” ismi “olijanob” degan ma’noni anglatardi. Ariya aqlli, chet tillarida gaplashishni yaxshi ko‘radigan va go‘zal qiz edi.
Ikkinchisi esa — Lara Barret, oilaning o‘z qizi. U maktabdagi eng mashhur, go‘zal va boy qizlardan biri edi. Ikki qizning xarakteri va fazilatlari ham bir-biridan keskin farq qilardi.
To‘g‘ri, Ariyaga otasi g‘amxo‘r edi. Lekin u biznesi tufayli ko‘p safarda bo‘lgani sababli, Ariya o‘gay onasi Margaret va o‘gay opasi Lara qo‘lida qolardi.
Margaret unga deyarli e’tibor bermasdi. Aksincha, Lara aytgan yolg‘onlarga ishonib, Ariyani ko‘pincha kamsitar va jazolardi. Chunki Mrs. Margaret intizom va tartibni juda yaxshi ko‘rardi.
Ariyaning kundaligi
«“Bugun ular yana mening qonimni, kelib chiqishimni va asrab olinganligimni yuzimga solishdi. Laraning kulgisi, asrab olgan onamning menga qaratilgan sovuq ko‘zlari...
Hammasi bir umr xotiramga muhrlandi.
Ular meni ‘zoti past’ deb atashdi. Bu so‘z yuragimni tikan kabi sanchidi. Nahotki insonning qadri tomiridagi qon bilan o‘lchansa?
Agar mening o‘tmishim zulmatdan iborat bo‘lsa, men kelajagimni yorug‘likka aylantiraman...”»
Muallif yangi bob qoʻshganda u shu kitob sahifasida paydo boʻladi. Muallifga obuna boʻling — oʻtkazib yubormaysiz.
Izohlar
0