Yetimlik qismati:
1900-yil yanvar oxirlari edi. Bir zoti noma’lum yetim chaqaloqni eshik oldiga tashlab ketishdi (aniqrog‘i, qizaloq). Eshik esa boy oilaga tegishli edi, ya’ni Barretlar oilasiga.
Taqdirni qarang, Artur Barretning rafiqasi ko‘zi yorish arafasida edi. Bu shunday shoshilinch bo‘ldiki, ko‘chada qor tinmayotgan, tajribaga ega bo‘lgan uydagi xizmatkor ayol unga yordam berayotgandi. Hamma vahimada...
To‘satdan eshik jiringlab qoldi. Xizmatkor ayollardan biri shosha-pisha ko‘chaga otlandi. Ko‘chada esa — bir go‘dak...
Nima qilishini bilmagan xizmatkorlar chaqaloqni “Barret”lar kattasiga yetkazib berishdi. Eshikdan bolani olib kirishlari bilan Mr. Artur qizni o‘zining bolasi deb o‘ylashi tabiiy edi. Chunki bolaning usti o‘ralgan, undan tashqari juda ham kichkina edi-da...
Buni tushuntirgan xizmatkorlar shunday javob olishdi:
— Xo‘sh! U nega mening bolam bo‘lmaydi? Yana hech kim yo‘q ekan. Gap shunday.
Albatta, “quloqlar” bo‘lgan voqeani endigina qizini bag‘riga olgan Margaret Barretga yetkazib berishdi. Tabiiyki, u bundan mamnun bo‘lmadi va bu qizga nafratini uyg‘otishga katta sabab bo‘ldi.
Izohlar
1Agar hikoyam yoqqan bo'lsa obunachim bo'ling😊