1996-yil, 30-iyun. Machxon.
Tungi smena tugashiga yaqin, zavod hovlisida sukunat hukmron edi. Nam Dohan asabiy tarzda soatiga qarab, ombor mudiriga yuzlandi.
— Qachon tugaydi o‘zi? Bu mahsulot shu haftada yetkazib berilishi shart edi — dedi u ovozini ko‘tarib.
— Janob Nam, yetkazib beruvchilar keyingi haftaga kafolat berishgan, — deb javob berdi mudir.
— Tajriba keyingi haftada boshlanadi Agar kech qolishsa, meni ishdan haydashadi, tushunyapsizmi?
— Dushanbagacha yetkazib kelishlarini aytishgandi yetkazib berishlari bilan sizga xabar beraman, — dedi mudir shoshib.
— Iltimos, ehtiyot bo‘ling. Azot kislotasining bir shishasi qancha turishini bilasiz-ku? U o‘ta xavfli modda.
— Xavotir olmang, dushanbadan kechikmaydi. Sizga so‘z beraman.
Dohan norozi bo‘lib bino tashqarisiga chiqdi. U o‘z mashinasiga o‘tirarkan, g‘o‘ldirab qo‘ydi — Jin ursin, yangi yetkazib beruvchi topishim kerak.
U asablarini tinchlantirish uchun cho‘ntagidan sigaret chiqardi. Cho‘ntaklarini kavladi, lekin yondirgichi yo‘q edi. To‘satdan, yon o‘rindiqda yotgan yondirgichga ko‘zi tushdi.
— Bu nima? Bu yerda emasdi-ku... — Dohan hayron bo‘lib yondirgichni qo‘liga oldi.
yondirgichni yorug‘likka tutib ko‘zdan kechirdi. Uning silliq yuzasida g‘alati, daxshatli maxluq — Ximera tasviri o‘yib tushirilgan edi. Dohan hech narsani o‘ylamay, yondirgichning tishli g‘ildiragini aylantirdi. Shu soniyada mashina ichi ulkan olov shariga aylandi.
Hozirgi vaqt.
Yoongi jarohatlangan o‘sha tashlandiq bino. Havoda hamon gaz va kuyindi hidi sezilib turardi. Seung va Seojun ehtiyotkorlik bilan xonaga kirib kelishdi. Seung to‘ppa-to‘g‘ri Yoongi ko‘rsatgan o‘sha devor yoniga bordi.
— Buni ushlab turing, — dedi Seung o‘z fonarini Seojunga uzatib.
U telefonini chiqardi va devordagi chizilgan, maxluq suratini videoga ola boshladi.
— Bu nima? — so‘radi Seojun hayratlanib suratga tikilar ekan.
— Ximera, — dedi Seung.
— Ximera?
— Birinchi portlash — ochiq maydondagi mashinada. Ikkinchisi — ko‘p qavatli binoda. Sizningcha, bular shunchaki tasodifmi?
— Nima demoqchisiz?
— Bu xuddi 1996-yilda Machxonda sodir bo‘lgan jinoyatlar zanjiriga o‘xshaydi. Hammasi bir xil ssenariy bo‘yicha ketmoqda.
Seojun peshonasini tirishtirdi..
— Shundaymi? O‘sha paytda ham Ximera bo‘lganmi?
— Nega... nega suratlar ham, harakatlar ham bir xil? Bu shunchaki o‘xshashlik emas, bu nusxa ko‘chirish, — Seung o‘ychanlik bilan devordagi suratga qo‘l tegizdi. — Bizga 30 yil avvalgi o‘sha jinoyat haqida ko‘proq va aniqroq ma’lumot kerak. Seojun, Son Vangi aynan qaysi gazetada ishlagan edi? O‘sha arxivni titib chiqishimiz shart.
XIMERA
Yoongi shifoxona yo‘lagi bo‘ylab, bir qo‘lida qahva tutib borardi. Xayoli hamon o‘sha qoraytirilgan oyna va devordagi daxshatli surat bilan band edi. ro‘paradan Namjoon telefonda qizg‘in gaplashib kelardi.
Ha, u hali ham ishlaydimi? Seul politsiyasidami?
U Yoongiga urilib ketdi. Qo‘ldagi qahva stakani polga tushib, toʻkildi
— Kechirasiz, — dedi Namjoon qisqa qilib va Yoongiga bir nigoh tashladi-da, yo‘lida davom etdi.
Yoongi to‘xtab, uning ortidan qarab qoldi. Men bu odamni qayerda ko‘rganman?
Yoongi o‘z palatasiga kirganida, kutilmagan manzaraning ustidan chiqdi. Bir notanish qiz uning karavoti yonida turar va Yoongining telefonini shoshilib kavlayotgan edi.
— Nima qilyapsan?
Qiz cho‘chib tushib, ortiga o‘girildi. Uning ko‘zlarida qo‘rquvdan ko‘ra ko‘proq qiziqish bor edi.
— Voy, qo‘rqitib yubordingiz-ku Qaytdingizmi? — dedi u o‘zini yo‘qotmay.
— Telefonni joyiga qo‘y — Yoongi unga yaqinlashdi.
Qiz telefonni sekingina karavot ustiga tashladi.
— Sen kimsan o‘zi? — so‘radi Yoongi g‘azab bilan.
Qiz sumkasidan bir tashrif qog‘ozini chiqarib uzatdi. Unda Lee Heyon — Yubes yangiliklari degan yozuv porlab turardi.
— Politsiyachi reportyor... Seni avval ko‘rmagan edim, — dedi Yoongi tashrif qog‘ozini ko‘zdan kechirib.
— Men oddiy muxbir emasman, men tergovchi jurnalistman, — dedi Heyon g‘urur bilan.
— Bu senga birovning shaxsiy telefonini titish huquqini beradimi?
— Eshiting, detektiv, Seul markazida ketma-ket ikkita portlash sodir bo‘ldi. Bu shunchaki oddiy voqea emas.
— Shundaymi? Juda qiziq, — Yoongi o‘zini bexabardek ko‘rsatdi.
Heyon unga yaqinroq keldi.
— Sababi aniqlandimi? Bu terrorchilikmi? Uni kim qilgan? Gumondorlar bormi?
— Lee Heyon, yaxshisi bu yerdan ket. Ko‘rib turganingdek, jiddiy jarohat olganman va dam olishim kerak, — Yoongi karavotga yotib oldi. — Juda charchadim.
Lekin Heyon chekinish niyatida emasdi. Uning keyingi so‘zlari Yoongini hushyor torttirdi.
— Son Vangi... u birinchi qurbon, shundaymi? Mashinasi portlaganda vafot etdi.
— Men hech narsani bilmayman.
— Bu voqealar 30 yil avval sodir bo‘lgan jinoyatlarga juda o‘xshaydi, — dedi Heyon sirli ohangda. — Siz Son Vangi haqida ko‘p narsa bilasizmi? U nega mashhur bo‘lganini-chi? O‘sha paytdagi shov-shuvlar sababli u ko‘p narsani bilgandi. Bu 30 yil avval edi, detektiv... Ximera yana qaytdi, shunday emasmi?
Politsiya bo‘limida Seojun va Seung kompyuter ekraniga tikilgancha, 30 yil avvalgi tarixning qonli sahifalarini varaqlashardi. Ekrandagi sarg‘aygan maqola sarlavhasi yaltirab turardi.
— Machxondagi birinchi darajali yong‘in... — Seojun maqolani ovoz chiqarib o‘qiy boshladi. — Politsiya asosiy gumondor Kim Jihunni hibsga olgan.
— U Tesung Kemikl kompaniyasida ishlagan, — qo‘shimcha qildi Seung arxiv hujjatlariga tayanib. — Uni noqonuniy kasaba uyushmasi tuzish va ishchilar orasida yolg‘on xabar tarqatishda ayblab, sharmandalik bilan ishdan haydashgan. Maqolada esa Uni nima maxluqqa aylantirdi? degan daxshatli savol qo‘yilgandi.
Seung chuqur nafas olib, davom etdi.
— Son Vangi uni butun mamlakatga shafqatsiz kimsadek ko‘rsatgan. Maqolada yozilishicha, u ishdan haydalishini nohaqlik deb hisoblab, kompaniyani shantaj qilgan, mol-mulkiga ziyon yetkazib, odamlarga tashlangan.
Shifoxona palatasida esa Yoongi va Heyon o‘rtasidagi suhbat hamon davom etardi.
— Bilaman, Machxondagi seriyali qotilliklar haqida gapirmoqchisan, — dedi Yoongi
— Bu mavzuni o‘sha paytda butun dunyo muhokama qilgan, — dedi Heyon — To‘rtta yirik gazeta bu haqda tinmay yozgan. Lekin shunchaki shov-shuv uchun bu biroz kam, to‘g‘rimi? Menda ancha qiziqroq va xavfliroq ma’lumot bor. Evaziga menga nima bera olasiz?
Yoongi beparvolik bilan yuzini chetga burdi.
— Tupurdim sening ma’lumotingga... — u ko‘zlarini mahkam yumib oldi.
— Shunaqami? Qiziq bo‘lmasa, o‘zingiz bilasiz, — Heyonning ovozi kutilmaganda juda yaqin keldi.
Yoongi ko‘zini ochganida, Heyonning uning tepasida turardi.
— Voy, daxshat Qo‘rqitib yubording-ku — Yoongi o‘zini orqaga tortdi.
Heyon jilmaydi — Buni faqat sizga aytaman, janob detektiv. Quruq qo‘l bilan kelganim uchun gullar o‘rniga mana shu sirni qabul qiling. Son Vangi haqiqiy shuhratga o‘sha yilning 23-iyulida erishgan.
Politsiya bo‘limida Seojun aynan o‘sha sanadagi maqolani topdi — Mana — Seojun ekranga ishora qildi. — Kim Jihunning oilasi Son Vangining eksklyuziv reportaji.
Maqola markazida Kim Jihun va uning, baxtli jilmayib turgan rafiqasining birgalikdagi surati bor edi. Maqola matni esa insoniylikdan yiroq edi Kim bu inson qiyofasidagi iblismi?
Seung daxshatdan qotib qoldi — Nima? U gumondorning rafiqasini butun mamlakatga ko‘rsatganmi? Hali aybi isbotlanmagan odamning oilasini shunday sharmanda qilganmi?
— U ablah ekan, — tishlari orasidan so‘kindi Seojun.
— Buni politsiya rasmiy tergovidan avval qilgan Bu qonuniymi? Aybsizlik prezumpsiyasi, inson huquqlari nima bo‘ladi? — Seung bu holatni tushunolmadi.
— 90-yillar... Siz u paytda Amerikada bo‘lgansiz, tushunmaysiz, — dedi Seojun xo‘rsinib. — Koreyada u paytlar hali harbiy tizimning asoratlari kuchli edi. Na qonun, na inson huquqlari bor edi. Kuchli kimsa ojizni shunchaki g‘ajib yuborardi.
Seung suratdagi ayolning ma’sum nigohlariga uzoq tikildi. Uning qalbi qandaydir daxshatni his qildi. — O‘sha ayol... unga nima bo‘lgan?

Yoongi uxlab yotardi Tushida o‘sha kimsasiz, qorong‘u yo‘lakda turardi. Noma’lum odam uning ro‘parasida paydo bo‘ldi. Yoongi bor kuchi bilan yugurib borib, yelkasidan mahkam ushladi.
— To‘xta — deb baqirdi u.
Lekin kishi o‘girilmadi. Uning xira ovozi bo‘shliqda aks sado berdi.
— Odamlar o‘z gunohlaridan xalos bo‘lish uchun o‘zlarini olovga otishadi...
Birdan qulog‘i ostida Seungning ovozi jarangladi Boshi sher, tanasi echki, dumi esa ilonniki... Olovli nafasi bilan o‘ldiradigan hayvon — Ximera Tasvirlar bir-biriga aralashib ketdi. Serinning ovozi eshitildi O‘sha yaramaslar uni tiriklayin yeb bitirishdi.
Kutilmaganda qarshisida Son Vangi paydo bo‘ldi. Uning nigohida aqldan ozgan odamning uchqunlari bor edi.
— Odamlarning ichida maxluq yashaydi, — dedi u pichirlab. — U insonni ichidan kemiradi. Ba’zan u odamning o‘zidan ham kattalashib ketishi mumkin...
Vangining yuzi dahshatli tarzda o‘zgara boshladi uning yuzining yarmi qop-qora tusga kirdi, qo‘llari chiriyotgan daraxt shoxlaridek qorayib, Yoongining bilagidan mahkam tutdi.
— Qo‘yib yubor — Yoongi qichqirib yubordi.
Devordagi o‘sha Ximera surati ko‘z oldida oʻtdi Seungning so‘nggi hayqirig‘i yangradi Hozir tushuntirishga vaqt yo‘q.
Va oxirida otasining ovozi Yoongi, meni eshityapsanmi? Yoongi Yoongi.
Yoongi cho‘chib ko‘zini ochdi. Tepasida xavotir bilan qarab turgan Seungni ko‘rdi.
— Seung... — Yoongi og‘ir nafas olib, peshonasidagi terni artdi.
— Ahvolingiz yaxshimi? — so‘radi Seung.
Bir ozdan so‘ng ular shifoxona bog‘iga chiqishdi.
— Devordagi Ximerani ko‘rdingizmi? — so‘radi Yoongi Seungga yuzlanib. — Machxondagi 30 yil avvalgi portlashlar... U ham shunday Ximerami?
— 30 yil avvalgi ish bilan hozirgi voqealar o‘rtasidagi o‘xshashlik shunchaki tasodif emas, — dedi Seung. — Ximera timsoli — bu kislorod. O‘sha paytda ham, hozir ham qotil ko‘rinmas olovdan foydalangan.
Jinoyatchi men kelishimni bilib, kislorodni tayyorlab qo‘yganmi? U meni o‘ldirmoqchimidi?
— Ehtimol, nishon siz emassiz, — Seung uzoqlarga tikildi.
Unda kim? — Jinoyatchi allaqachon keyingi qurbonni tanlab bo‘lgan. Siz shunchaki uning tomoshasiga xalaqit berdingiz.
Yoongining yuragi tez urib ketdi — Keyingi qurbon... Demak, bu yana takrorlanishi mumkinmi?
— Shunday bo‘lishi ehtimoldan xoli emas. Balki Son Vangi o‘limidan avval gaplashgan odamlarni kuzatarmiz?
— Uning kim bilan yaqin bo‘lganini aniq bilmayman, — Yoongi o‘ylandi. — Ha, to‘g‘ri Doktor Ular kazinoda birga qimor o‘ynashgan. O‘sha Doktor ataylab Son Vangiga yutqazib bergan edi.
Seung hushyor tortdi — Doktor? U qaysi shifoxonadan?
— Haqiqiy doktormi yoki shunchaki laqabmi, bilmayman, — dedi Yoongi Lekin u jurnalist bilan juda sirli bog‘langan edi.
— Jurnalist va Doktor... — Seung pichirladi
Ertasi kuni
Hozir yaxshilab davolan, nega vaqtidan oldin ketmoqchisan? — dedi Minseok.
— Dada, men yaxshiman, — dedi Yoongi kiyimlarini to‘g‘rilar ekan.
— Senga kasallik varaqasi ochtirdim, ikki hafta davolanasan.
— Jarohatim u qadar jiddiy emas, — Yoongi o‘z so‘zida turib oldi.
— Shunday davom etsang, jiddiy baloga duch kelasan — Minseokning ovozi balandladi.
Yoongi otasining ko‘zlariga sinchkovlik bilan tikildi.
— Qiziq... o‘sha kuni siz u yerda nima qilayotgan edingiz?
— Nima? Qayerda? — Minseok dovdirab qoldi.
— Bino yonida. Men sizga qayerga borishimni aytmagan edim.
Minseok nigohini chetga olib qochdi — Seojun aytdi.
— Seojun? — Yoongi shubha bilan pichirladi.
— Tezroq bo‘l, seni o‘zim olib borib qo‘yaman, — dedi Minseok mavzuni burishga urinib.
— Mashinangiz buzilgan-ku? Yoongi kinoya bilan jilmaydi — Taksi chaqiraman.
— Seojun olib borib qo‘yadi, — Yoongi rad javobini berdi va eshikka yaqinlashdi. — Aytgancha, dada...
Minseok unga qaradi — Yana nima?
— Siz politsiyada o‘ttiz yil avval ham ishlagansiz. Ximera ishi haqida eshitganmisiz? Machxondagi seriyali o‘t qo‘yishlar... Ketma-ket portlash sodir bo‘lgan, uch kishi vafot etgan.
Minseokning yuzi bir lahzada oqarib ketdi, so‘ng to‘satdan asabiylashib baqira boshladi.
— Yaramas bola Bunday ahmoqona gaplarni qayerdan olding? Yana internet kavladingmi? Eh, yoshlar... Politsiyachimi, jinoyatchimi — hamma tarmoqda o‘tiradi.
— Portlash sodir bo‘lgan xona devoriga Ximera surati chizilgan edi, — dedi Yoongi otasining g‘azabiga e’tibor bermay. — Son Vangi esa o‘sha paytlarda shu ishni o‘rgangan jurnalist bo‘lgan. Haqiqatan ham eslay olmayapsizmi?
Minseok o‘g‘lining yelkasidan mahkam tutdi,
— Yetar O‘lishingga oz qoldi, aqldan ozdingmi? Bu ish hayotingni xavf ostida qoldirishga arziydimi? Senga nimadir bo‘lsa, onang nima qiladi? Agar aqldan ozgandek ish tutmoqchi bo‘lsang, buni o‘lganimdan keyin qilasan Men va onang o‘lganidan keyin Ahmoq... juda aqllisan-da, shuncha kasb turganda tanlaganing shu bo‘ldimi? Aslida bunga men aybdorman...
Yoongining yuragi qattiq urdi. Otasining ovozidagi og‘riq va qo‘rquv haqiqiy edi.
— Dada, nega bunday deyapsiz? Sizning nima aybingiz bor?
Minseok o‘g‘liga javob bermadi. Uning ko‘zlarida yashirin bir sir va chuqur pushaymonlik bor edi.
— Iltimos... o‘zingni ehtiyot qil, — dedi u pichirlab va tezda xonadan chiqib ketdi.

Min Minseok
Minseok restoranning burchagida yolg‘iz o‘tirib, viskini ketma-ket ichar ekan, ko‘z oldida 30 yil avvalgi xotiralar jonlana boshladi.
1996-yil.
Yomg‘ir savalab turgan kun. Uch nafar politsiya xodimi Kim Jihunni o‘z uyidan sudrab olib chiqishdi. Jihun bor kuchi bilan qarshilik ko‘rsatar, uning faryodi butun mahallani tutgandi.
— Gapim rost Buni men qilmadim Iltimos, ishoning — deb baqirardi u.
Atrofga yig‘ilgan qo‘shnilar esa unga nafrat bilan tikilishardi.
— Yo‘qol bu yerdan, qotil — deb hayqirishdi ular.
— Men qilmadim dedim-ku — Jihun ko‘z yoshlariga bo‘g‘ilib baqirardi. jurnalistlar to‘dasi yugurib keldi, kameralar chiroqlari o‘chib-yona boshladi.
— Nega o‘t qo‘ydingiz? Maqsadingiz nima edi?
Minseok odamlarni nari surib, Jihunni politsiya mashinasiga tiqdi. Jihun esa hamon uning ko‘zlariga qarab — Bu men emasman, nega ishonmaysiz? — deb pichirlardi.
Politsiya bo‘limining tergov xonasida Sen Gwan Jihunning boshini suv to‘ldirilgan chelakka tiqib, uzoq ushlab turdi va siltab chiqardi.
— Suv sho‘r ekanmi? — deb so'radi u sovuqqonlik bilan.
— Men qilmadim... men emas... — Jihun nafas ololmay bo‘g‘ilardi.
Sen Gwan uni yana suvga botirdi — Tan olasanmi? — Men... qil...madim...
Minseok burchakda turib, bu qiynoqlardan daxshatga tushdi. Sen Gwan Jihunni qattiq itarib yuborgach, Minseokning sabr kosasi to‘ldi. U ortiq chiday olmay xonadan otilib chiqdi. Yo‘lakda esa uning yo‘lini jurnalist Son Vangi to‘sdi.
— Buni qarang-a, zobit Min Minseok Yo‘q, endi siz detektivsiz, shundaymi? — Vangi ayyorona jilmaydi. — Ayting-chi, ichkarida tinchlikmi? Gumondor qo‘shiq aytyaptimi?
— Bu yerga qanday kirding? Ket — Minseok uni chetga surib o‘tmoqchi bo‘ldi.
Vangi jilmab, cho‘ntagidan ikkita quti qimmatbaho sigaret chiqardi va Minseokning cho‘ntagiga solib qo‘ydi.
— Hamkasblar bilan bo‘lishing. Bu Shtatlardan keltirilgan, juda zo‘r narsada... Nimadir aniqlasangiz, birinchilardan bo‘lib menga ayting, — dedi-yu, hushtak chalib ketdi.
Hozirgi vaqt.
Yoongi o‘z xonasida uyquga ketgan. Soo-ah xonaga kirib, o‘g‘lining ahvolini ko‘zdan kechirdi. eshik taqilladi. Eshik ortida qo‘lida bir sumka meva bilan Minseok turardi.
— Yoongi yaxshimi? — so‘radi u past ovozda — Yomon emas, uxlayapti, — javob berdi Soo-ah.
— Men... o‘g‘limni hatto uyga ham olib kelib qo‘ymadim, — Minseok o‘zini aybdordek his qilardi — Bilaman, ishing ko‘p. dedi Soo-ah
Minseok sumkani Soo-ahga uzatdi Men unga meva olib keldim. Mana bu shaftolilar juda shirin ekan. Sening ham shaftolini yaxshi ko‘rishingni bilaman... Boshqa mevalar sovuq havoda ham pishaveradi, lekin shaftolining mavsumi o‘tsa, uni topib bo‘lmaydi.
Minseok bir muddat jim qoldi, uning nigohi uzoqlarga qadaldi — Soo-ah, bir do‘stim bor, u hozir Vetnamda yashaydi. O‘sha yerlar rostdan ham yaxshi, deydi. Puli ko‘pligidan emas, odamlari doim kulib turgani uchun u yerni yoqtirib qolgan. Soo-ah, men shunday joyda yashash qanday bo‘lishini doim o‘ylayman... O‘limimdan oldin bir marta bo‘lsa ham xotirjam yashashni xohlayman. Hech bo‘lmasa bir kun...
Tong yorishgan, Yoongi Seojunning mashinasida o‘ychan ketib borardi.
— Eshitdingmi, Son Vangining ishini yopishmoqchi ekan, — dedi Seojun rulni burar ekan.
— Nega? — Yoongi hayron bo‘lib unga qaradi.
— Kapitan kutilmaganda bu haqida gapirdi. Avval bu ishni yopishni so‘raganimizda rozi bo‘lmagan edi. Nafaqaga chiqishidan oldin birdaniga mehribon bo‘lib qoldimi?
— G‘alati... — Yoongi pichirladi. Uning xayolida otasining kechagi gaplari va qo‘rquvi aylana boshladi.
— Ha, juda g‘alati. Sen u yerda deyarli o‘lding, kapitan avval jinoyatchini tutishni hamma narsadan ustun qo‘yardi. Endi esa...
Shu vaqtda Yonsi va Hodon kafedan qorinlarini silab chiqib kelishdi.
— To‘yib ketdim. Bugun ovqatni juda sho‘r qilib yuborishibdi, — dedi Hodon yuzini burishtirib.
Ularning ro‘parasida Yoongi va Seojun paydo bo‘ldi.
— Ko‘rishmaganimizga ancha bo‘ldi, — dedi Yoongi kinoya bilan. — Odatda sizlar odamlarni ta’qib qilasiz, bugun esa aksini qilib ko‘ramiz.
— Yana nima kerak sizlarga? — dedi Yonsi norozi bo‘lib.
— Bilganlarimizni hammasini aytdik-ku — qo‘shimcha qildi Hodon.
— Biroz vatan uchun ham xizmat qilinglar, — Yoongi o‘sha yerda turgan mashinaga ishora qildi. — Bu sizlarning mashinangizmi?
Politsiya bo‘limida Sujin kuzatuv kamerasi yozuvlarini sinchiklab o‘rganardi.
— O‘zi bu sizlarga nega kerak bo‘lib qoldi? — so‘radi u monitordan ko‘z uzmay.
— Nima deb o‘ylaysan? Jinoyatchini qo‘lga olmoqchimiz, — deb javob berdi Yoongi.
— Kuzatuv va detallarga kelganda senga yetadigani yo‘q, Sujin, — dedi Seojun uning ko‘nglini ko‘tarib.
Sujin klaviaturada bir necha tugmani bosdi.
— Mana, qaranglar. Bu mashina boshqasini ta’qib qilmoqda. Video ostidagi sana 2026-yil, 16-iyun.
Ekrandagi tasvirda bir mashina chetda to‘xtadi. Undan tanish bir kishi tushdi.
— Bu Son Vangi — dedi Seojun hayajonlanib. — U ketdi...
Lekin videoning davomida kutilmagan holat yuz berdi. Vangi tushib ketganidan so‘ng, orqa tomondan yana bir mashina kelib to‘xtadi.
— Yana o‘sha mashina — Sujin tasvirni to‘xtatdi.
— Demak, Son Vangi o‘zi bilmagan holda uni kimdir doimiy kuzatib yurgan, — dedi Yoongi o‘tkir nigoh bilan. — Sujin, tasvirni yaqinlashtir. Raqamlari yoki haydovchining yuzi ko‘rinmayapti. Biroz orqaga qaytar... mana shu yerda to‘xtat.

Kim Namjoon
Yoongi va Seojun Saryon tibbiyot markazining yo‘laklari bo‘ylab nevroxirurgiya bo‘limiga ko‘tarilishdi. Ular bo‘lim boshlig‘i xonasi eshigini taqillatishdi.
— Kiring, — degan ovoz ichkaridan eshitildi.
Ular kirishganida, deraza oldida turgan shifokor o‘girilib qaradi. Bu o‘sha — yo‘lakda Yoongiga urilib ketgan, Namjoon edi.
— Siz Ko Jiyonmisiz? — so‘radi Yoongi unga tikilib. Shu lahzada Yoongining ko‘z oldida kazinoning qorong‘u burchagida Son Vangi bilan o‘tirgan, qora kepka kiygan sirli Doktor gavdalandi.
U bu yerda emas dedi. Namjoon
Namjoon ularni boshlab, reanimatsiya bo‘limidagi maxsus xonaga olib kirdi. Shisha ortida, o‘nlab apparatlarga ulangan, mutlaqo harakatsiz bir kishi yotardi.
— Bu Ko Jiyonmi? — so‘radi Yoongi hayratini yashirolmay.
— Ha. U koma holatida. Uch oy bo‘ldi, — Namjoonning javobi qisqa bo‘ldi.
Yoongi shifokorning ko‘kragiga taqilgan nishonga qaradi Nevroxirurg Kim Namjoon — Saryon tibbiyot markazi.
Ular bo‘limdan tashqariga chiqishdi — Janob Koni yaxshi bilasizmi? — Yoongi savolga tutishda davom etdi.
— U mening bo‘lim boshlig‘im. Nega so‘rayapsiz.
— Uning 3305 raqamli mashinasini kim haydaydi? Uni kuzatuv kameralarida ko‘rdik.
— Bilmayman. Oilasidan so‘rang, balki ular bilishar, — Namjoon ketishga chog‘landi.
— To‘xtang, — Yoongi uni to‘xtatdi. — Siz Son Vangini tanimaysizmi?
Namjoon bir lahzaga toshdek qotib qoldi. Uning yuzida milt etgan o‘zgarish bo‘ldi, lekin darrov o‘zini qo‘lga oldi — Menimcha... yo‘q. Kim o‘zi u?
— Demak, bilmaysiz. U vafot etdi, — dedi Yoongi uning ko‘zlariga qarab.
Namjoon jilmaydi — Detektiv, biz shifokormiz. Har kuni o‘lim bilan yuzma-yuz kelamiz. Bizni o‘lim xabari bilan hayron qoldira olmaysiz.
U oldinga yurdi, lekin Yoongining keyingi gapi uni joyiga mixlab qo‘ydi
— U tiriklayin yoqib yuborilgan.
Yoongi Namjoonning ortidan yetib oldi. U telefonini chiqarib, devordagi o‘sha daxshatli Ximera suratini shifokorning ko‘z oldiga yaqin keltirdi.
— Doktor Kim, mana shunday narsani hech ko‘rganmisiz? — so‘radi u Namjoonning yuzidagi har bir o‘zgarishni poylab.
Namjoon to‘xtadi va ekranga nazar tashladi. Uning yuzida na qo‘rquv, na hayrat alomati sezilardi — Ximera... Unining nomi Ximera.
— Boshqacha aytganda-chi? — Yoongi bosimni oshirdi Namjoon go‘yo ma’ruza o‘qiyotgan professordek tushuntira boshladi.
— Mifologiyada — bu olov purkaydigan afsonaviy maxluq. Ammo tibbiyotda bu tushuncha butunlay boshqa ma’noni anglatadi bir tanada ikki xil DNK mavjudligi.
Yoongi qoshlarini chimirdi — Oddiyroq qilib tushuntirib bera olasizmi?
— Tasavvur qiling, oq va qora kalamush bor, — Namjoon qo‘llari bilan havoda shakl chizdi. — Har bir kalamush bitta genga ega yoki oq, yoki qora. Ximerada esa bitta tananing ichida ham oq, ham qora DNK mavjud bo‘ladi. Ular bitta organizmda birlashib ketgan.
Yoongi unga qaradi — Bu... bir odamning ichida ham qutqaruvchi ruh, ham qotil yashashi kabimi?
Namjoonning lablarida sirli jilmayish paydo bo‘ldi — Bu shaxsiyat bo‘linishi deb ataladi, detektiv. Bunday vaziyatda ruhshunos kerak bo‘ladi, — u shunday dedi-yu, ularni yo‘lakda qoldirib uzoqlashdi.
Seojun uning ortidan qarab turib, yerga tupurdi — Yoongi, rostdan ham o‘sha kazinodagi o‘yinchi shu odammi? Juda takabbur ekan.
— U kazinodagi o‘sha Doktor, bunga shubham yo‘q, — dedi Yoongi tishlarini g‘ichirlatib. — Bir odamning tiriklayin yonib ketgani uni zarracha qo‘rqitmaydi. U yoki telba, yoki haqiqiy qotil. Chunki faqat ular shunday vaziyatda mutlaqo hissiz bo‘la olishadi.
Seojun hayron bo‘ldi — Endi nima qilamiz? U hamma narsani inkor qilyapti-ku.
— Kimligini aniqlaymiz, — Yoongi telefonining silliq ekranini ko‘rsatdi. — Mana bu nima ekanini bilasanmi?
Nima bu? Shunchaki ekran-ku? — Yo‘q, Seojun. Bu uning barmoq izi.
Politsiya bo‘limida faqat monitorlarning nuri Seojunning yuzini yoritib turardi. U barmoq izlari tahlilidan so‘ng bazaga kiritilgan ma’lumotlarni ko‘rib, hushtak chalib yubordi.
— Mana Xalqaro haydovchilik guvohnomasi. Ismi — Daniel Smit, koreyscha ismi esa Kim Namjoon, — dedi Seojun monitordagi suratga ishora qilib. — O‘zim ham shubha qilgan edim, uning barmoq izlari bizning mahalliy bazamizda yo‘q. U Britaniya fuqarosi.
Yoongi monitorga yaqinlashib, Namjoonning mag‘rur siymosiga tikildi.
— Nima? O‘sha yerda tug‘ilganmi yoki keyinchalik ko‘chib ketganmi?
— Hozircha bilmayman, — Seojun klaviaturani shiddat bilan ura boshladi. — U doimiy ro‘yxatda turmagan. Uning tug‘ilganlik guvohnomasini topishimiz kerak.
— Jin ursin, — deb so‘kindi Yoongi. — Agar u xorijlik bo‘lsa, o‘tmishi va sudlanganligini tekshirish uchun xalqaro so‘rov yuborishimizga to‘g‘ri keladi. Bu esa vaqtni yeb bitiradi.
Seojun qidiruv tizimiga Kim Namjoon Daniel Smit deb yozdi. Bir zumda o‘nlab havolalar paydo bo‘ldi. Ulardan biri 2023-yilgi xalqaro tibbiyot jurnali edi Yilning eng kuchli neyroxirurglari.
— Yoongi, qara... Bu odam oson o‘lja emas shekilli, — dedi Seojun hayratini yashirolmay.
Yoongi monitorga egildi. London Qirollik kollejini imtiyozli tamomlagan, bir nechta murakkab jarrohlik amaliyotlar muallifi.
— Obro‘li odamga o‘xshaydi, — deb pichirladi Seojun. — Shunday yuksak martabadagi odam haqiqatan ham qotil bo‘lishi mumkinmi?
Yoongi javob bermadi, uning nigohi o‘tkirlashdi. Aynan shunday aqlli odamlargina mukammal jinoyatni rejalashtira olishini u yaxshi bilardi. kolidorga chiqqanida bo‘lim eshigi ochilib, Seung ko‘rindi. Yoongi uni ko‘rishi bilan jarohatini ham unutib, yugurib yoniga bordi.
— Seung — dedi u hovliqib.
— Sizga yugurish mumkinmi o‘zi? — Seung xavotir bilan jilmaydi.
— Nima, men kasalga o‘xshab ko‘rinyapmanmi? — Yoongi qaddini tik tutishga urindi,
Seung uning bu qaysarligidan kulib qo‘ydi va qo‘lidagi sumkani uzatdi.
— Mana, bu sizga. Nima yoqishini bilmadim, shuning uchun ko‘proq narsa oldim, boshqalar bilan bo‘lisharsiz.
— Olib kelishingiz shart emas edi, — Yoongi sumkani olar ekan, ovozi yumshadi.
Ular bir muddat bir-birlariga qarab jilmayib turishdi. Bu shovqinli bo‘limda go‘yo vaqt to‘xtab qolgandek edi. To‘satdan Sujin xonadan chiqib keldi-yu, bu manzarani ko‘rib to‘xtadi. U Yoongi va Seungga qisqa nazar tashladi.
Yoongi uning nigohini sezib — Nima? — deb so‘radi.
Sujin hech narsa deb ularning yonidan o‘tib ketdi.
Nega qo‘ng‘iroq qilgan edingiz? — deb so‘radi Seung
— Men bilan yuring, hammasini o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rasiz, — dedi Yoongi va uni ichkariga boshladi.
Ular monitor yoniga kelishdi. Ekrandagi ma’lumotlar Seungning diqqatini tortdi Kim Namjoon, Daniel Smit. Seung kazinodagi videoni sinchiklab ko‘rarkan, Yoongi unga tushuntira ketdi.
— U Saryon tibbiyot markazida ishlaydi. Rasmiy ismi — Kim Namjoon.
Seung darhol telefonini chiqardi va kimgadir qo‘ng‘iroq qildi.
— Daniel Smit. Uning o‘tmishi, bankdagi hisob raqamlari, to‘lagan soliqlari, oilasi, do‘stlari, sevgilisi... Mol-mulki, xususiy dam olish maskanlari, oyoq kiyimining o‘lchamigacha — nima bo‘lmasin, hammasini top Hoziroq.
U telefonni o‘chirdi. Bu tezkorlikni kuzatib turgan ikki politsiya xodimi Seungning qat’iyatiga qoyil qolib, jilmayib qo‘yishdi. Buni ko‘rgan Yoongining birdan jahli chiqdi va g‘azab bilan ularga o‘shqirdi.
— Qayerga qarayapsanlar? Jo‘na, bor ishingni qil Bor.
Xodimlar hayron bo‘lib bir-biriga qarashdi — Bugun detektiv Minga nima bo‘ldi? deya pichirlashib xonadan chiqib ketishdi.
Seung videoni qayta-qayta ko‘rarkan, Seojun jilmayib qo‘ydi.
— Qoyil, xuddi Amerika filmlariga o‘xshaydi.
Yoongi uning gapini oxirigacha eshitmay, Seojunning boshiga sekingina urib qo‘ydi.
— Jim o‘tir.
Ayni shu daqiqalarda shahar chetidagi tashlandiq binoda Bir noma’lum odam o‘ta ehtiyotkorlik bilan nimadir yasardi. U xonaning yuqori qismiga g‘alati bir qurilma o‘rnatdi, so‘ng xonaning aynan markaziga bitta stul qo‘ydi. Go‘yo u daxshatli bir spektakl uchun sahnani tayyorlayotgan edi.
Politsiya bo‘limida Seung hali ham monitor yonida o‘tirardi. U yongan mashina tasvirlarini kattalashtirib ko‘rdi, so‘ng ekspertiza xulosasini ochdi. Qora harflar bilan yozilgan jumlaga tikilib qoldi O‘lim sababi — o‘ta kuchli olov ta’siri.
Yoongi ikkita qaynoq qahva keltirib, stolga qo‘ydi.
— Rahmat, — dedi Seung monitordan ko‘z uzmay.
— Shoshilmang, bu hayot-mamot masalasi emas, — dedi Yoongi uning asabiylashayotganini sezib.
— Aksincha, bu juda qiziqarli, — Seungning nigohi o‘tkirlashdi.
— Qiziqarli? — Yoongi unga hayron bo‘lib qarab turganida, to‘satdan Seojunning telefoni baland signal chala boshladi.
Seojun ko‘zlari yumilgan holda, go‘yo gipnoz qilingandek o‘rnidan turdi.
— Yoongi... dori ichish vaqti bo‘ldi... — deb aytdi-yu, yana joyiga qaytib o‘tirdi va shu zahoti uxlab qoldi.
Mening xotiram unchalik yaxshi emas, Seojun esa bu borada juda e’tiborli. Har bir detalni eslatib turadi.
— Balki dam olarsiz? Rangingiz oqarib ketibdi, — dedi Seung xavotir bilan.
— Yo‘q, nimalar deyapsiz — Yoongi dorisini olarkan, Seungning gapini qaytardi — Bu axir juda qiziqarli-ku.
Seung uning yuziga sinchkovlik bilan tikilib qoldi. Yoongining bu darajada berilib ishlashi unda shubha uyg‘otdi. U chaqqonlik bilan Yoongining qo‘lidagi dori qutisini oldi. Quti ustida Min Yoongi deb yozilgan, edi Seung dori qutisini stolga qo‘yib, yana jiddiy mavzuga qaytdi.
— Yoongi, Son Vangining ekspertiza xulosasida suyak sinishi haqida ham yozilganmidi?
— Ha, bor edi shunaqa joyi, Hisobotda bu jarohat uch oy avval bo‘lgani aytilgan. U dori sotib olgani yoki muolaja qilgani haqidagi tibbiy ma’lumotlarni topishimiz kerak. Sababi, Kim Namjoon aynan uch oy avval kazinoga kelishni boshlagan.
Yoongining ko‘zlari chaqnab ketdi — Demak, Doktor va jurnalist kazinoda emas, balki shifoxonada ko‘rishgan bo‘lishi mumkin.

Yoongi Saryon shifoxonasining yo‘laklari bo‘ylab yurib, ro‘yxatga olish bo‘limiga keldi. U hamshiraga o‘zining detektivlik guvohnomasini ko‘rsatib, telefonidagi Son Vangining suratini uzatdi.
— Son Vangi, 65 yoshda. Taxminan uch oy avval qovurg‘asi sinishi bilan murojaat qilgan bo‘lishi kerak.
Hamshira kompyuter tugmalarini shoshilib bosib, bazani tekshirdi.
— Yo‘q, detektiv. Uch oy avval bunday ismli bemor bizda ro‘yxatga olinmagan.
— Nevroxirurgiya bo‘limidachi? — Yoongining shubhasi ortdi.
— Hozir, qaytadan ko‘raman... — Hamshira ro‘yxatni titkilay boshladi.
Shu lahzada yo‘lakda Namjoon paydo bo‘ldi. U o‘ziga xos mag‘rur qadamlar bilan boshqa bir hamshiraning yoniga keldi.
— Tibbiy hisobotlar tayyormi? — so‘radi u.
Hamshira unga qarab jilmayib, hujjatlarni uzatdi. Namjoon hujjatlarni olar ekan, kutilmaganda nigohi Yoongiga tushdi. Uning yuzi bir soniyaga o‘zgardi — go‘yo kutilmagan mehmonni ko‘rgandek — lekin darrov o‘zini qo‘lga olib, u yerdan ketdi.
Yoongi Namjoonning ortidan qarab turib, hamshiradan so‘radi.
— Bu shifokor bu yerda qanchadan beri ishlaydi?
— Yarim yil bo‘ldi. Uni Buyuk Britaniyadan maxsus taklif qilishgan, — dedi hamshira Aytgancha, o‘sha siz so‘rayotgan erkakni bir marta ko‘rgandim. Doktor Kim uni qarindoshim deb aytgan edi, lekin menga baribir shubhali ko‘ringandi.
— Nega? — Yoongi unga yaqinroq keldi.
Hamshira atrofga alanglab, pichirladi — Undan anqigan aroq hidi butun bo‘limni tutib ketardi. Hamma bilan janjallashardi. Bir kuni tez yordam bo‘limida shunday to‘polon ko‘tardiki...
Yoongining ko‘zlari chaqnadi — O‘sha kungi kamera yozuvlari bormi?
Hamshira monitorni Yoongi tomonga burdi. Tasvirlarda Son Vangi xona o‘rtasida baqirib yurgani, Namjoon esa uni chetga olib chiqib, tinchlantirayotgani yaqqol ko‘rinib turardi. Eng hayratlanarlisi, Son Vangining barcha muolaja harajatlarini Namjoon o‘z hisobidan to‘lagani haqidagi kvitansiya edi.
Politsiya bo‘limiga Yoongi go‘yo g‘olibdek kirib keldi. Qo‘lidagi hujjatlarni Seojunning stoliga tashladi.
— Mana, nimaligini ko‘r — dedi u nafasini rostlab.
— Nima bu? — Seojun hujjatlarni varaqlay boshladi.
— Dalil Kim Namjoon va Son Vangi nafaqat tanish bo‘lishgan, balki Namjoon uning qarzlarini ham to‘lagan.
Seojun hayratdan ko‘zlarini katta ochdi — Rostdanmi?
— Namjoon bizga uni umuman tanimasligini aytgan edi. Demak, u bizga ochiqchasiga yolg‘on gapirdi.
— Bu juda shubhali, — dedi Seojun peshonasini qashib. — Lekin bilasan-ku, shunchaki yolg‘on gapirgani uchun uni qamoqqa tiqib bo‘lmaydi. Yolg‘on gapirishni taqiqlaydigan qonun yo‘q.
— To‘g‘ri yo‘ldamiz, Seojun. Men buni his qilyapman, shunchaki qo‘limda dalil yo‘q. Balki uni yashirincha kuzatarmiz? — Yoongi atrofga qaradi. — Aytgancha, dadam qayerda?
— Kapitan bugun kasal ekanligini, ishga kela olmasligini aytdi, — javob berdi Seojun.
Tun quyuqlashgan, sohil bo‘yida Minseok yolg‘iz o‘tirgancha, piva shishasini qo‘lidan qo‘ymas, xayollari 30 yillik zulmat ichida sanqirdi. To‘satdan uning telefoni tebrandi. Kelgan xabar qisqa, ammo dahshatli edi Oʻsha kuni parvardigor tunda oʻgʻri kabi keladi Osmon gumburlaydi, yer va undagi barcha jismlar kuyib, kulga aylanadi. Minseokning ko‘zlari qon quyilgandek qizardi. U darhol xabar kelgan raqamga qo‘ng‘iroq qildi. — Kimsan? Kimsan o‘zi, javob ber — deb baqirdi u
Lekin go‘shakning u tomonida faqat sukunat eshitilardi. Minseok telbalarcha atrofga alangladi.
— Bu yerga chiq Meni qo‘rqadi deb o‘ylaysanmi? Chiq deyapman.
G‘azab o‘rnini to‘satdan cheksiz pushaymonlik egalladi. U o‘zini tutolmay, yerga o‘tirgancha yig‘lab yubordi. Kechir... meni kechir...
Shu vaqtda Yoongi do‘kondan shirinliklar olib, xushkayfiyatda uyga qaytayotgan edi. Minseok ham uyiga yetib keldi. U eshik parolini terish uchun qo‘l uzatgan lahzada, orqasidan soya kabi qora kiyimli odam paydo bo‘ldi. Bir soniya... va og‘ir zarba Minseokni hushidan ketkazdi.
Oradan besh daqiqa o‘tib, Yoongi ko‘cha boshida ko‘rindi. Uning uyi yonidan bir mashina tezlik bilan o‘tib ketdi, lekin u bunga e’tibor bermadi. Yoongi eshikni ochib ichkariga kirdi.
— Dada? Men keldim — sado chiqmadi.
U hamma xonalarni birma-bir ko‘zdan kechirdi. Uy bo‘m-bo‘sh edi. Minseokka qo‘ng‘iroq qildi, biroq telefon o‘chirilgan.
Yoongining stol ustida turgan xalqaro sayohat jurnaliga ko‘zi tushdi. Muqovada Vetnam deb yozilgandi. Ichini ochganida, orasidan bir eski surat sirg‘alib tushdi. Unda Minseok va Soo-ah baxtli jilmayib tushishgan edi.
— Oyim haqiqatan ham chiroyli bo‘lgan, dadam esa o‘sha paytda ham biroz qo‘polroq ko‘ringan ekan, — Yoongi jilmayib qo‘ydi. Surat ostida: 1996-yil, 3-noyabr deb yozilgandi.
Ammo jurnal tagida turgan narsani ko‘rishi bilan uning jilmayishi yuzida qotib qoldi. Bu, ustida Ximera tasviri tushirilgan yondirgich edi.
Yoongi shoshilib suratga qayta tikildi. U o‘shanda e’tibor bermagan detali ko‘ziga otilib kirdi suratda Soo-ah homilador edi Yoongi telefonini chiqardi va arxivdagi ma’lumotlarni ochdi 1996-yil, 7-iyul Machxondagi seriyali o‘t qo‘yishlar ishi. Gumondor shaxs ordersiz hibsga olindi.
Yoongi telefondagi 1996-yilgi va qo‘lidagi ota-onasining 1996-yil noyabrdagi suratiga qaradi.
Arxiv xodimi Yoongining yoniga kelib, qo‘lidagi chang bosgan papkani uzatdi.
— Detektiv Min, bu eski ishni titkilab nima qilmoqchisiz? — so‘radi u shubha bilan.
— Shunchaki bir narsani aniqlamoqchiman, — dedi Yoongi va hujjatlarni olib, xonaning burchagiga o‘tdi.
U hujjatni ochdi 1996-yil, Machxon voqealari — surishtiruv hisoboti. Papka ichidagi sarg‘aygan suratlar Yoongini daxshatga soldi.
— Demak, qurbonlar 20-30 yoshlardagi erkaklar bo‘lgan...
Hisobotda kulga aylangan mashina, devorlari qoraygan eski bino va universitet laboratoriyasining vayron bo‘lgan suratlari bor edi. Suratlarning birida, polga tushib qolgan o‘sha tanish yondirgich yaqqol ko‘rinib turardi.
— Ximera... — pichirladi Yoongi.
Ammo uni eng qattiq hayratga solgan narsa hujjatning so‘nggi sahifasidagi imzo bo‘ldi Surishtiruv hisoboti detektiv Min Minseok tomonidan tuzildi.
— Hisobotni dadam yozganmi? — Yoongining qo‘llari titrab ketdi.
U arxivdan otilib chiqdi va tinmay otasiga qo‘ng‘iroq qila boshladi, lekin go‘shakdan faqat chaqiriq ovozi kelardi. Yoongi mashinasiga o‘tirib, shahar bo‘ylab yeldek uchib ketdi.
Yoongi politsiya bo‘limiga kirdi, — Seojun, dadam haqida biror yangilik bormi?
— Yo‘q, tinchlikmi? Nima bo‘ldi? — Seojun o‘rnidan turib ketdi.
— Dadam g‘oyib bo‘ldi U uyda yo‘q, qo‘ng‘iroqlarimga javob bermayapti.
— Hoziroq uning telefon signali qayerdan kelayotganini aniqlayman — Seojun kompyuterga yopishdi.
Oradan o‘n daqiqa o‘tib, ular mashinada Machxon tomonga yo‘l olishdi. Yoongi qurolini chiqarib, ehtiyotkorlik bilan o‘qladi. Uning yonida g‘alati bir kichik qurilma turardi.
— Bu qanday ishlaydi? — so‘radi Yoongi asabiy tarzda.
— Uni yoqishing bilan ekranda kislorod miqdori ko‘rinadi, — tushuntirdi Seojun rulni qattiq qisib. — 20 atrofida bo‘lsa — me’yor. Agar 25 dan yuqoriga ko‘tarilsa, demak u yerda portlash xavfi bor, darrov qochishimiz kerak.
Ular Machxonning tashlandiq hududiga yetib kelishdi. Seojun mashinadan tushib, atrofdagi kam sonli odamlardan so‘ray boshladi.
— Kechirasiz, mana shu atrofda 50 yoshlardagi erkakni ko‘rmadingizmi?
— Yo‘q, ko‘rmadik, — deyishdi ular hayron bo‘lib.
— Biror shubhali mashina-chi? Qora yoki to‘q rangli?
— Yo‘q, hech narsa ko‘rmadik.

Yoongi uzoqda, kimsasiz dalalar o‘rtasida turgan kichik kulbaga shubha bilan tikildi. Yuragi daxshatli bir falokatni sezgandek duk-duk urardi. U ehtiyotkorlik bilan uyga yaqinlashib, eshikni ochdi.
Ichkariga kirishi bilan qo‘lidagi detektorni yoqdi. Ekranda 20 raqami miltilladi.
— Dada Shu yerdamisiz? — Yoongining ovozi bo‘sh xonada aks sado berdi.
Hech kim javob bermadi. Yoongi qurolini chiqarib, har bir burchakni ko‘zdan kechira boshladi. Uyning tubidan kelayotgan g‘alati bir shivir-shivir uni pastki qavatga boshladi.
Zina poyalardan tushib, qorong‘u va zax xonaga kirdi. Xona o‘rtasida, xira chiroq ostida Minseok stulga mahkam bog‘langan holda o‘tirardi.
— Dada Dada, meni eshityapsizmi? — Yoongi hovliqib otasining yoniga yugurdi.
Minseok ko‘zlarini ochdi. O‘g‘lini ko‘rib, nigohida daxshat va iltijo qorishib ketdi.
— O‘g‘lim... bu senmisan?
— Ha, menman, dada Men keldim, xavotir olmang, hozir sizni qutqaraman — Yoongi oldinga qadam tashladi.
— Yo‘q Yaqinlashma Menga yaqinlashma — Minseok kutilmaganda bor ovozi bilan baqirib yubordi.
Yoongi to‘xtab, detektorga qaradi hamon 20. Kislorod me’yorida.
— Hammasi joyida, dada. Portlash xavfi yo‘q, kislorod me’yorida — Yoongi otasini tinchlantirishga urindi.
— Ket, Yoongi Iltimos, yaqinlashma... Suv... — Minseokning ovozi titrardi.
— Nima? Suv? — Yoongi hayron bo‘lib bir qadam bosdi.
Shu soniyada uning oyog‘i polda zo‘rg‘a ko‘rinib turgan ingichka simga tegdi. Burchakda qizil chiroq yondi.
Ayni shu daqiqalarda Namjoon o‘zining uyida devorga yangi bir suratni osib qo‘ydi. Suratda stulga bog‘langan odam tasvirlangan edi.
Minseokning tepasiga o‘rnatilgan maxsus krandan suv oqa boshladi. Yoongining ko‘z oldida, u biror nima qilishga ulgurmay, Minseok birdan alangaga burkandi. Yoongi daxshatdan qotib qoldi, uning baqirig‘i bo‘g‘zida qotdi.
Ertasi kuni. Yubes yangiliklar kanali.
Monitorda tashlandiq uydagi mudhish yong‘in asoratlari ko‘rsatilmoqda edi.
— Kecha shahar chetidagi kimsasiz uylarning birida sirli yong‘in chiqdi, — deb gapirardi jurnalist. — Yong‘in sababi hamon noma’lum. Jabrlangan shaxs Seul politsiyasi xodimi Min Minseok ekanligi aniqlandi. Hozirda yagona guvoh — detektiv Min Yoongining qayerdaligi noma’lum. Bu baxtsiz hodisami yoki rejalashtirilgan qotillik?
Heyon ekranga qarab, Yoongiga qo‘ng‘iroq qila boshladi, lekin u javob bermadi.
Politsiya bo‘limi binosi oldida esa katta janjal boshlangandi Sen Gwanning mashinasi yetib kelishi bilan jurnalistlar to‘dasi uni o‘rab oldi. Kameralar chiroqlari tinmay yarqirar, savollar yog‘ilardi. Sen Gwan esa hech kimga qaramay, indamay ichkariga kirib ketdi.
Shifoxonaning o‘likxonasi Shifokor Minseokning jonsiz tanasi qarshisida turib, uning yuziga achinish bilan tikildi.
— Uyqusizlikdan qiynalarding, oxiri shu yerga kelish uchunmi? — dedi u pichirlab. — Sen ahmoq, bu yerda shunchalik xotirjam yotibsan... Men esa do‘stimni oxirgi marta tekshirishim kerak.
Ayni shu vaqtda Yoongi otasining bo‘shab qolgan xonasida, yolg‘iz o‘tirardi. Yoongi stol ustida turgan Minseokning hamyonini qo‘liga oldi. Ichini ochganida, oilaviy surat chiqdi. Unda u, otasi va onasi baxtli jilmayib turishardi. Yoongi bardosh berolmay, yuzini kaftlari bilan yopgancha yig‘lab yubordi.
Uning xotirasida bir necha kun avvalgi sho‘xliklari jonlandi...
— Dada, zalga chiqib biroz shug‘ullanmasangiz bo‘lmaydi, — degandi Yoongi otasiga qarab. — Qorningiz chiqib, kinodagi qahramonlarni eslatyapsiz.
— Qaysi birini? Cho‘qintirgan otanimi?
— Yo‘q, Okcha degan filmni ko‘rganmisiz? Yoongi kulib yubordi.
Minseok birdan o‘rnidan turib, Yoongining qulog‘idan mahkam tutdi.
— Okcha? Yaramas bola Kattalar ko‘radigan filmmi?
— Dada, u yerda behayo sahnalar yo‘q — Yoongi qulog‘ini qutqarishga urinardi. — Shunchaki ba’zi joylari bor... Okcha yalang‘och yuguradi.
Minseok uning qulog‘ini yanada qattiqroq tortdi.
— Ah Dada, hozir qulog‘im uzilib tushadi Qo‘yib yuboring — Yoongi baqirib yubordi.
— Otangni ustidan kulyapsanmi hali? — Minseok jahl qilgan bo‘lsa-da, ko‘zlarida mehr bor edi.
Yoongi qulog‘ini uqalab turib, burchakda turgan yangi politsiya formasiga qaradi.
— Buni nega oldingiz? Axir nafaqaga chiqishingizga yana ikki hafta qoldi-ku?
— Shunchaki... uni kimyoviy tozalashga bermoqchiman. Nafaqaga chiroyli bo‘lib ketay deyman-da.
— Oyimga aytaman Shart emas, uni qiynashni xohlamayman,
— Ishingiz yurishmaganda oyim sizni qulga aylantirib olganini eslang, — Yoongi yana hazilga burdi.
— E-eh, bola... Nima bo‘lganda ham biz bir oilamiz-ku.
Hozirgi vaqt.
Yoongi otasining portlashdan omon qolgan, ammo shishasi darz ketgan qo‘l soatini kaftlari orasiga oldi. Soat millari to‘xtab qolgan edi — xuddi otasining hayoti kabi. Yoongi soatni mahkam bag‘riga bosgancha, yig‘ladi — Dada... Meni kechiring... Sizni qutqara olmadim.
Izohlar
0