Seul Politsiya boʻlimi hovlisida odatdagidan boshqacha harakatlanish kuzatilardi. Barcha xodimlar hovli markaziga yigʻilgan, havoda qandaydir jiddiy va hayajonli muhit hukmron edi. Yoongi nafasini rostlagancha yugurib kelib, safga qoʻshildi.
Bosh tergovchi bir necha qadam oldinga chiqib, yigʻilganlarga yuzlandi.
— Diqqat qiling Bugun bizda oʻzgacha mashgʻulot. Bu tajriba portlovchi qurilmalarni tezroq zararsizlantirish va voqea joyidan dalillarni benuqson yigʻish koʻnikmalarini oshirishga yordam beradi. Havo floti sapyorlari koʻmagida bugun terrorchilik harakati sahnalashtiriladi. Bunday amaliyotlar xorijda tez-tez oʻtkaziladi va oʻzining yuqori samarasini bergan.
Tergovchi biroz toʻxtab, yonida turgan qizga ishora qildi.
— Bugun biz bilan terrorizmga qarshi kurash boʻyicha xalqaro ekspert, Federal qidiruv agenti Seung Fernandez birga boʻladi. U bizga jarayonni tushuntirib beradi.
Hovli qarsaklar sadosi ostida qoldi. Seung Fernandez bosiqlik bilan oldinga chiqdi. Uning nigohlari oʻtkir, har bir gapi professional darajadaligi sezilib turardi.
— Qoʻlbola bombalar... — deb gap boshladi Seung, Kimyoviy moddalardan tayyorlangan portlovchi qurilmalarni bugungi kunda deyarli istalgan odam qoʻlga kirita oladi. Afsuski, bunday vositalar yordamida terrorchilik sodir etish holatlari dunyo miqyosida ortib bormoqda.
Seung hovli chetida turgan, ichiga manekenlar oʻtqazilgan avtobusga chiqdi. U manekenlarga birma-bir qarab chiqdi. Manekenlar ustiga goʻsht va qon tekkan maxsus xaltalar oʻrnatilgan edi. Bu portlash vaqtida inson aʼzolari qanday ahvolga kelishini vizual tarzda koʻrsatish uchun tayyorlangan manzara edi. Politsiya xodimlaridan biri har bir detalni kameraga muhrlab borardi.
Seung avtobusda turgan toʻrtburchak qutiga ishora qildi.
— Biz bugun AYSDTdan foydalanamiz. Bu — ammiak selitrasining dizel yoqilgʻisi bilan qorishmasidir. Odatdagi qoʻlbola bombaning asosi shundan iborat. Bunday qurilma ishga tushganda, jinoyat joyida turli shakldagi poʻlat zarralari va sharchalar qoladi.
U yigʻilganlarga sinovchan boqdi — 2013-yildagi Boston marafonini yaxshi eslaysiz. Oʻshanda koʻpchilik aynan bomba ichiga joylashtirilgan poʻlat sharchalar sababli ogʻir jarohat olgan yoki qurbon boʻlgan edi. Bugungi mashgʻulotimizning maqsadi — ana shunday daxshatli oqibatlarning oldini olishni oʻrganishdir.
Seung avtobusdan tushib, politsiya xodimlariga sinovchan boqdi. Uning nigohida o‘ziga xos sovuqqonlik va qat’iyat bor edi.
— Xo‘sh, Koreyadachi? — dedi u kutilmaganda. — Terrorchilar faqat xorijda bor deb o‘ylaysizmi?
Bu savol havoda muallaq qoldi. Seung javob kutib o‘tirmay, cho‘ntagidan himoya ko‘zoynagini chiqarib taqdi. Buni ko‘rgan boshqa xodimlar ham shoshilinch ravishda o‘z ko‘zoynaklarini taqa boshlashdi. Tergovchi biroz nariroqda, maxsus pult yonida turgan xodimga qisqa ishora qildi.
Xodim ratsiyani qo‘liga olib, baland ovozda buyruq berdi — Hamma tayyorlansin Xavfsiz masofaga.
Hamma bir zumda yaqin atrofdagi beton devorlar ortiga yashirindi. Mas’ul xodim teskari sanoqni boshladi.
Uch... ikki... bir.
Soniya o‘tmay, hovli markazida turgan avtobus dahshatli gumburlash bilan portlab ketdi. Olovli shar havoga ko‘tarilib, temir parchalari har tomonga uchdi.
Yoongi ko‘z oldidagi manzaradan karaxt bo‘lib qolgandi. Uning quloqlari ostida hamon portlash sadosi jaranglar, yuragi urishi tezlashgan edi.
— Haqiqatan ham portlab ketdimi? — pichirladi u hayratini yashirolmay. — Bunchalik kuchli...
Seung hamon tutab yotgan avtobus qoldiqlariga ishora qildi.
— Bir kun kelib, shunga o‘xshash portlash Seul markazida ham sodir bo‘lishi mumkin. Shuning bilan, qo‘lbola bomba bo‘yicha tajribamizni yakunlaymiz.
Atrofni qarsaklar sadosi tutdi, ammo bu qarsaklar shunchaki olqish emas, ko‘proq hurmat ifodasi edi. Politsiyachilar darhol ishga kirishdilar. portlash sodir bo‘lgan joyni sariq lentalar bilan oʻrab olishdi.
Yoongi tergovchining yoniga kelib, yerga chizilgan chiziqlarga hayron bo‘lib qaradi.
— Janob, nega hamma joy xuddi shaxmat doskasiga o‘xshatib o‘ralgan? — deb so‘radi u.
Tergovchi yerni sinchiklab ko‘zdan kechirarkan, javob berdi.
— Bu Federal qidiruv byurosining uslubi. Ular voqea joyini aniq metrli kvadratlarga bo‘lib chiqishadi. Shunda birorta ham mayda dalil e’tibordan chetda qolmaydi. Amerikaliklarning ish uslubi shunaqa.
Yoongi nariroqda xodimlar bilan gaplashayotgan Seungga qarab qoldi.
— Demak, u haqiqiy agent ekan-da? Ko‘rinishidan sof koreysga o‘xshaydi. Bolaligida ko‘chib ketganmi?
Tergovchi Yoongiga qarab jilmaydi — Juda qiziquvchan ekansiz, Yoongi Nima, jinoyat qidiruv bo‘limiga o‘tmoqchimisiz? Bizning og‘ir jinoyatlar bo‘limi zerikarli tuyulyaptimi?
— Yo‘q, — dedi Yoongi qat’iyat bilan. — Eng qizig‘i bizning ish.
Tergovchining nigohi lentalar ichida noto‘g‘ri harakat qilayotgan xodimlarga tushdi va u birdan baqirib yubordi — To‘xtang Birinchi bo‘lim, bas qiling Dalillarni oyoqosti qilyapsizlar.

Min Yoongi
Tun yarmiga ogʻgan boʻlsa-da, kazino chiroqlari ostida hayot qizgʻin davom etardi. Toʻsatdan bu gʻala-gʻovurni Son Vangining gʻazabli baqirigʻi va agʻdarilgan stolning daxshatli ovozi buzib yubordi.
Ifloslar — Vangi oʻrnidan sapchib turib, qarshisida oʻtirganlarga nafrat bilan tikildi. — Meni ahmoq deb oʻylayapsizlarmi? Hammasi uyushtirilganini bilmaydi, deb oʻyladinglarmi? Pulni qaytaring Hoziroq pulimni bering.
Atrofdagi oʻyinchilar va tomoshabinlar bir-biriga qarab masxarali kulib yubordilar. Kazino zali pichir-pichir va istehzoli kulgiga toʻldi.
Bu chol oʻzini kim deb oʻylayapti? — dedi kimdir pichirlab. — Gʻirrom qilib boʻlarkanmi bu yerda?
Vangi esa toʻxtashni xohlamasdi, u gʻazabdan qaltirardi.
Firibgarlar Hammangga koʻrsatib qoʻyaman Senlar birinchi boʻlib aldading.
U polga sochilib yotgan pullarni shoshib-pishib yigʻib oldi.
— Kimligimni bilmas ekansiz, ahmoqlar — deb toʻngʻilladi-da, eshik tomon yurdi.
Ammo ostonada qadamlari toʻxtadi. Kazinoga baquvvat, nigohi sovuq bir kishi kirib keldi. Vangi uni koʻrishi bilan joyida qotib qoldi. Erkak unga qarab, nafrat bilan bosh chayqadi.
— Yana senmi? — dedi u ovozini koʻtarmay, lekin tahdidli tarzda. — Senga bu yerga qadamingni bosma, haydab yuboraman degandim-ku.
U bir hamla bilan Vangining yoqasidan mahkam tutdi. — Meni qoʻyib yuboring — deb baqirdi Vangi boʻgʻilib. — Anavi koʻzoynak taqqan yaramas qartalarni yashirdi Ishonmasangiz, kameradan tekshiring Boshqa bunday qilmayman, qoʻyib yuboring.
Erkak uning gaplariga quloq ham solmadi. Uni goʻyoki bir uyum axlatni sudragandek, bino tashqarisiga olib chiqib otdi.
Vangi yiqilib-turib oʻz mashinasiga yetib oldi. Haydovchi oʻrindigʻiga oʻtirishi bilan oʻrindiq ostiga qo'lini tiqib, yashirib qoʻyilgan pul boylamini oldi. Uning yuziga zaharxanda tabassum yugurdi.
— Ahmoqlar... Meni sodda chol deb oʻylashadi. Bir paytlar bir qoʻl siltashim bilan kim yashashi yoki oʻlishini hal qilardim. Ular hali haqiqiy aqlli odamni uchratishmagan, shuning uchun aldanib oʻtirishibdi.
U pulni yonidagi oʻrindiqqa tashladi-da, mashinani yurgizdi. Koʻzi vites qutisi yonida turgan notanish yondirgichga tushdi.
— Bu nima? — deb pichirladi u hayron boʻlib. Uni qoʻliga olib koʻrdi-da, ahamiyat bermay joyiga qaytarib qoʻydi.
Biroz yurgach, yoʻlda tirbandlikka duch keldi.
— Yoʻlni tezroq ochmaydimi bular — deb asabiy signal berdi. Zerikkanidan koʻzi yana oʻsha yondirgichga tushdi. Uni qoʻliga olib, barmogʻi bilan tugmasini bosdi.
Shu soniyada tun qorongʻuligini yoritib yuborgan daxshatli portlash yuz berdi. Mashina olovli sharga aylandi.
Tonggi g‘ira-shira yorug‘likda yonib kul bo‘lgan mashina qoldiqlari yanada ayanchli ko‘rinardi. Kapitan Min Minseok har bir detalga sinchkovlik bilan tikilar, havoda hamon kuyindi hidi anqirdi. U mashina yukxonasini ochib ko‘rdi — u yer bo‘sh, faqat qoraygan temir parchalari yotardi.
Minseok yukxonani yopgan ham ediki, detektiv Jin Seojun unga yaqinlashdi.
— Bu nimasi, kapitan? Hammasi butunlay yonib ketibdi-ku, hatto temiri ham pachoq bo‘lgan, — dedi Seojun voqea joyiga hayron bo‘lib qarab.
Minseok javob o‘rniga haydovchi o‘rindig‘iga qaradi. Kul va qoramtir qoldiqlar orasidan qandaydir yaltiroq narsa — yondirgichning yarmi chiqib turardi. U ehtiyotkorlik bilan yondirgichni oldi-da, ustidagi qora dog‘larni artib tozaladi. Unda aks etgan ximera tasvirini ko‘rishi bilan Minseokning vujudi muzlab ketdi, nigohida daxshat qotdi.
— Dada, bu yondirgichmi? — kutilmaganda eshitilgan Yoongining ovozi Minseokni cho‘chitib yubordi.
— Qo‘rqitib yubording-ku, Yoongi — dedi Minseok shoshilinch ravishda qo‘lidagi yondirgichni ortiga yashirib.
— Nimadir topdingizmi? — Yoongi shubha bilan otasiga qaradi.
— Hech narsa yo‘q. Hamma narsaga qo‘l tekkizaverma, dedim-ku senga Qo‘lqoping qani? — dedi Minseok ohangini biroz ko‘tarib.
Seojun kelib, Yoongining qo‘llariga qo‘lqop kiygizib qo‘ydi. Yoongi mashina qoldiqlariga yaqinlashib, tahlil qila boshladi.
— Mashina nosoz bo‘lganmi? Shunchalik kuchli portlash bo‘lishi uchun sabab kerak, — so‘radi u.
— O‘ylashimcha, haydovchi o‘z joniga qasd qilgan, — dedi Minseok voqeani tezroq yopishga urinib.
Yoongi mashina atrofini aylanar ekan, bosh chayqadi.
— Nega unda yong‘inga olib keluvchi aniq izlar yo‘q?
— Balki qizib ketib, o‘z-o‘zidan yonib ketgandir? — deb taxmin qildi Seojun.
— Bo‘lishi mumkin emas, — dedi Yoongi — Oddiy yong‘inda ko‘mir dumaloq va bir tekis iz qoldiradi. Bu yerda esa manzara boshqacha.
Minseok o‘g‘lining shubhalarini tarqatishga urindi — Demak, gaz baloni portlagan. Qara, u o‘z mashinasida yashagani ko‘rinib turibdi. Mashina ichi shaxsiy buyumlarga to‘la bo‘lgan.
— Uyi yo‘q ekanmi bechoraning? — ajablandi Seojun.
— Shunday davom etsak, u haqida hech narsa bila olmaymiz, — Yoongi burnini jiyirib, havodan nimanidir qidirdi. — G‘alati... Hech qanday hidni sezmayapman.
— Hid? Qanaqa hid bo‘lishi kerak edi? — so‘radi Seojun hayron bo‘lib.
— Mashinada yonuvchan modda bo‘lgani aniq. Agar bu qasddan qilingan bo‘lsa, benzin yoki spirt hidi qolishi kerak edi.
— Bu kuchli yonish jarayonida uchib ketmaydimi?
— Barbir benzin yoki gazning o‘ziga xos hidi qoladi. Jinoyat joyida har doim, hatto eng kuchli yong‘inda ham biror dalil yoki hid qolishi shart, — dedi Yoongi o‘ychan holda.
Minseok asabiylasha boshladi. U bu ishning chuqurlashishini xohlamayotgandek edi.
— Bu shunchaki baxtsiz hodisa, tasodif — dedi u keskin ohangda. — Tezroq ishingizni tugatib, mashinani bu yerdan olib ketishga tayyorgarlik ko‘ring.
Yoongi baribir tinchimadi. U yonib kul bo‘lgan temir uyumiga qarab, pichirladi — G‘alati... judayam g‘alati. Bu yong‘in aslida qayerdan chiqqan?

Yong‘in ekspertizasi xonasi Ekspert mashina qoldiqlari ustida soatlab ishlab, oxirgi xulosalarni tayyorlayotgan bir paytda, Seojun zerikkancha devorga suyanib turardi.
— Boshqa ishlar tiqilib yotibdi o‘g‘irlik, zo‘rlash... Bu yerda esa biror jiddiy narsa yo‘qligi ko‘rinib turibdi-ku, — dedi Seojun uf tortib.
Yoongi uning yonidan o‘tayotib, Seojunning boshiga qattiq urib qo‘ydi.
— Sening muammoying ham aynan shunda Har doim ishga yengil qaraysan. Shunday davom etsang, hayotingda hech qachon jiddiy natijaga erisha olmaysan,
— Axir kapitan gaz baloni portlagan dedi-ku, — deb javradi Seojun boshini silab.
— Xo‘sh, nima bo‘pti? Baribir tekshiramiz,
Ekspert o‘rnidan turib, qo‘lqoplarini yechdi. Uning yuzi o‘ychan edi.
— Bu gaz baloni emas, — dedi u keskin. — Ko‘mir ham, benzin ham emas. Mashina ichida hech qanday eruvchan yoki tez yonuvchan modda izlari topilmadi.
Yoongi hayron bo‘lib ekspertga tikildi — Unda nima? Nima bu qadar kuchli yong‘inni keltirib chiqargan?
Oradan ko‘p o‘tmay, Yoongi tayyorlangan hisobotni Minseokning stoliga qo‘ydi.
— Hech qanday manba yo‘q, — dedi u qisqa qilib.
— Nima? — Minseok boshini ko‘tardi.
— Yong‘in manbasi yo‘q, dada.
Minseok hayrat bilan hisobotni ochib ko‘zdan kechira boshladi.
— Qanaqasiga topishmagan? Shunday portlash bo‘lsa-yu, manbasi bo‘lmasa?
— Ehtimol, sigaret qoldiqlari issiz yonib ketgandir, — deb taxmin bildirdi Yoongi, garchi o‘zi ham bunga to‘liq ishonmasa-da.
Minseok o‘g‘liga sinovchan boqdi — Sigaret qoldiqlari shunday dahshatli yong‘inga sabab bo‘la oladimi? Bunga chindan ishonasanmi?
— Olov tarqalishi uchun ba’zida birgina uchqun yetarli bo‘ladi.
— Butun mashinagami? — Seojun gapga aralashdi.
— Ha, avval o‘rindiq, keyin tom qismi... Sintetika juda tez yonadi, — tushuntirdi Yoongi.
Minseok hisobotni yopib, chuqur o‘yga toldi.
— Yong‘inga sigaret sababchi bo‘lsa, demak, u mashinasi yonib ketayotganini sezmay qolganmi?
— Ehtimol, uxlab qolgan yoki qattiq mast bo‘lgan, — dedi Yoongi.
— Men bu taxminga ishonmayman, — dedi Seojun kutilmaganda.
— Nega? — Chunki uxlab yotib mashina boshqarib bo‘lmaydi. Mashina esa o‘sha vaqtda harakatda edi, — dedi Seojun mantiqiy nuqtani topib.
Minseok tasdiqlab bosh silkidi— To‘g‘ri, mashina to‘xtab turmagan.
Shifoxona o‘likxonasi. Havoda dori va sovuq temir hidi anqib turardi. Yoongi stolda yotgan, tanib bo‘lmas darajada kuygan jasadga achinish va dahshat bilan tikilib qoldi.
— Tiriklayin yonib ketish qanday ekanligini bilasizmi? Bu dunyodagi eng dahshatli va azobli o‘lim deyishadi.
Doktor qo‘lqoplarini to‘g‘rilab, jasadning bosh qismiga yaqinlashdi.
— Bundan ham dahshatli o‘lim usullari bor, Yoongi, — dedi u bosiqlik bilan.
— Axir o‘t qo‘yish terrorchilik hisoblanadi-ku Kimdir buni qasddan qilgan bo‘lsa-chi? — Yoongi shubhalaridan qutula olmayotgan edi.
— Ba’zida odamlar o‘z gunohlaridan xalos bo‘lish, ruhini tozalash uchun o‘zlarini olovga tashlashadi, — Doktor bosh suyagidagi jarohatga ishora qildi. — Mana bu yerga qara yuvinel gematomasi. Inson bosh suyagi haddan tashqari qizib ketganda, tomirlardan qon oqa boshlaydi. Miya to‘qimalarida qon quyilishi yo‘q va suyak tashqi tomondan jarohat olmagan. Demak, bu o‘limdan so‘ng, yuqori harorat ta’sirida sodir bo‘lgan.
U aynan nimadan o‘lgan? — deb so‘radi Yoongi.
— Nafas olish yo‘llari butunlay kuygan, — Doktor jasadning tomog‘ini ko‘rsatdi. — U olov ichida nafas olgan. Ya’ni olov uning ichiga kirgan.
Yo Xudoyim... — Yoongi ko‘zlarini yumib oldi. Ko‘z oldiga dahshatli manzara keldi.
Odatda yong‘in qurbonlarida termik bosim natijasida yuzaga kelgan sinishlar bo‘ladi, — davom etdi Doktor professional ohangda. — Tana shiddatli yonayotganda mushaklar qisqarib, suyaklarni sindirib yuboradi.
— Suyaklar sinadi? — Lekin bu vaziyatda suyaklar o‘limdan oldin singanmi yoki yong‘in paytidami, aniqlash qiyin. Biroq, mana buni ko‘r... — Doktor rentgen qog‘ozini yorug‘likka tutdi. Bu nima?
Suyak singan va g‘alati tarzda yana yopishgan. Bu juda tez sodir bo‘lganga o‘xshaydi.
Yoongi doktorga yaqinroq keldi. — Doktor, bu o‘z joniga qasd qilish emasmi? Umuman, inson hech bir sababsiz shunchaki o‘z-o‘zidan yonib ketishi mumkinmi?
Buni o‘z-o‘zidan yonish hodisasi deyishadi, — dedi Doktor o‘ychan. — Tibbiyot tarixida inson kutilmaganda, hech qanday tashqi manbasiz yonib vafot etishi kuzatilgan.
Yoongi bosh chayqadi — Lekin bu asosan Amerikada va boshqa g‘arb davlatlarida qayd etilgan-ku?
Koreyada bo‘lishi mumkin emas deb o‘ylaysanmi? — Doktor unga ma’noli qaradi.
Axir o‘z-o‘zidan yonishning aniq sababi hali ham noma’lum. Bu shunchaki nazariya.
To‘g‘ri, — Doktor yengil istehzo bilan qo‘shib qo‘ydi. — Bu hodisa Amerikada ko‘p o‘rganilgan. Yaxshisi, o‘sha yerdan kelgan mutaxassislardan so‘rab ko‘r Ular buni yaxshiroq tushuntirib berishsa kerak.

Seung Fernandez
Markaziy politsiya boshqarmasi
Seung stol ustiga yongan mashina va mudhish voqea joyi suratlarini bitta-bitta terib chiqdi. Yoongi uning yoniga kelib, planshet ekranidagi tasvirga tikildi unda bir ayolning tanasi g‘alati tarzda, go‘yo ichidan yonib ketayotgandek tasvirlangan edi.
Yoongi burnini jiyirib, nigohini chetga oldi. — Demak, bu chindan ham hayotda bo‘lgan voqeadan olinganmi? — so‘radi u.
Kutilmaganda o‘z-o‘zidan yonish hodisasi, — dedi Seung xotirjamlik bilan. — Bu ayol hech qanday tashqi omilsiz yonib ketgan. Bu biz uchun hamon katta topishmoq bo‘lib qolmoqda.
Demak, sababi hali ham aniqlanmagan ekan-da?
Seung boshini chayqadi va Yoongi olib kelgan suratlarga ishora qildi.
Siz olib kelgan bu ish esa butunlay boshqacha ko‘rinadi. Bu o‘z-o‘zidan yonishdan ko‘ra ko‘proq portlashga o‘xshaydi.
Portlash? — Yoongi hayron qoldi.
Yordam bera olmaganim uchun kechiring, — dedi Seung suratlarni yig‘ishtirib.
Yoongi unga yaqinroq keldi, — Biror marta shunga o‘xshash ishga duch kelganmisiz? Ehtimol, Amerikada shunday holatlar bo‘lgandir?
— Eslay olmayman, — dedi Seung — Mashinadan hech narsa topilmadi, — davom etdi Yoongi. — Birorta yonuvchi modda izi ham, benzin yoki gaz hidi ham yo‘q.
Qanaqasiga shunday bo‘lishi mumkin? — Seung endi chindan ham qiziqib qolgandek edi.
Ekspertizada yong‘in manbasi aniqlanmadi. Bunday ishga hech qachon duch kelmaganmiz, nima qilishni ham bilmay turibmiz.
— Juda g‘alati... — Seung o‘ylanib qoldi. — Faqat suratlarga qarab hech narsa deya olmayman.
Mashinani o‘z ko‘zim bilan ko‘rsam bo‘ladimi? — so‘radi Seung kutilmaganda.
Ko‘p o‘tmay, Yoongi va Seung politsiya boshqarmasining uzun koridori bo‘ylab ketishardi. Yoongining qiziquvchanligi yana ustun keldi.
— Sizni bu yerga maxsus jo‘natishdimi? Uzoq qolasizmi?
Taxminan bir yil, — javob berdi Seung qadamini sekinlatmay.
Koreys tilida juda yaxshi gapirar ekansiz. Koreys do‘stlarim ko‘p edi. Hatto ular sababli koreys dramalarini ko‘ra boshladim,
Odamlar sizni haqiqiy koreyalik deb o‘ylashlari ham mumkin, lekin familiyangiz Fernandez. Dadangiz amerikalikmi? Ha, oyim ham amerikalik. Ular mashinaga o‘tirib, ekspertiza markazi tomon yo‘l oldilar. Yoongi savol berishdan to‘xtamasdi.
Federal qidiruv byurosiga qanday ishga kirgansiz? — Men ijtimoiy psixologiyani o‘qiganman, — dedi Seung Ma’ruzalar va tadqiqotlar davomida qotillar haqida ba’zi qiziq narsalarni sezib qolganman.
Masalan, nima ekan? Seung biroz jim qoldi, so‘ng vazminlik bilan gap boshladi.
Bir qotil bor edi. U o‘n to‘rt kishini vahshiylarcha o‘ldirgandi. Tergov davomida uning yashash joyi, xonasi ko‘zdan kechirilgan. Xo‘sh, uning xonasida qanday o‘ziga xoslik bor ekan? — Yoongi qiziqib so‘radi.
Seung Yoongiga qarab, sirli ohangda pichirladi — Uning xonasi... aynan mening xonamga o‘xshardi
Yoongi va Seung portlagan mashina saqlanayotgan joyga yetib kelishdi. Seung ehtiyotkorlik bilan mashinaga yaqinlashdi, uning har bir harakatida professional detektivlarga xoslik bor edi.
— Oynalar portlash oqibatida ichkaridan tashqariga qarab sochilgan, — dedi Seung singan bo‘laklarga ishora qilib.
Yoongi uning yonida turib, o‘z taxminlarini ayta boshladi — Agar muammo mashinaning o‘zida bo‘lganida, dvigatel portlar va olov asta-sekin butun salonga tarqalgan bo‘lardi. Lekin bu yerda manzara boshqacha. Muammo dvigatelda emas.
Ichidan haqiqatan ham hech narsa topilmadimi? — Seung mashina saloniga bosh suqdi — Yo‘q, hech narsa.
— G‘alati... — Yong‘in oddiy uchqundan boshlanishi mumkin, lekin portlash — bu butunlay boshqa masala. Mashinada nimadir bo‘lgani aniq.
Yoongi qoshlarini chimirdi — Portlovchi modda o‘rnatilgan, deb o‘ylaysizmi? Bo‘lishi mumkin.
— Yo‘q, oddiy odamni o‘ldirish uchun kim bunchalik katta tavakkal qiladi? — e’tiroz bildirdi Yoongi.
— Jinoyatchi yong‘in chiqargan ekan, demak, uning aniq maqsadi bor. Bu yerda ikkita ehtimol bor birinchisi — barcha dalillarni yo‘q qilish, ikkinchisi — politsiya e’tiborini tortish.
Yoongi hayron bo‘lib unga qaradi — Birinchisini tushunaman, lekin e’tiborni tortish nega kerak? — Chunki u jasadni topishlarini xohlagan, — Nega?
— Masalan, sug‘urta pulini olish uchun. Politsiya o‘limni rasman tasdiqlashi kerak, shundagina sherigi yoki merosxo‘ri pulni oladi. Yoki yong‘inni shunday qulay vaqt va joyda uyishtirganki, maqsadi tushunarli — u o‘zining borligini sezishlarini xohlagan.
— U nimadir demoqchimi? — Yoongining ichidan sovuq bir titroq o‘tdi. — Ha, bu o‘ziga xos murojaat.
Yoongining telefoniga xabar keldi. U shoshilib ekranga qaradi qurbonning shaxsi aniqlandi — Ismi Son Vangi. 65 yoshda. Mast holda mashina boshqarish va zo‘ravonlik bilan bog‘liq jinoyatlar tufayli bir necha bor qamalgan ekan,

Serin
Oradan ko‘p o‘tmay, Yoongi va Seojun eski, tor mahallalardan biriga kirib kelishdi. Ular hujjatlarda ko‘rsatilgan eshikni taqillatishdi. Eshikni bir ayol ochdi.
— Sizga kim kerak? — so‘radi u sovuqqonlik bilan — Bu Son Vangining uyimi? — so‘radi Yoongi.
U bu yerda yashamaydi Necha marotaba aytishim kerak? — ayol zarda bilan eshikni yopmoqchi bo‘ldi.
Seojun chaqqonlik bilan guvohnomasini ko‘rsatdi — Jin Seojun, politsiya boshqarmasi.
Ayolning chehrasi biroz yumshadi, lekin xavotiri yo‘qolmadi — U ancha oldin ko‘chib ketgan. O‘zi nima gap?
Yoongi va Seojun u yerdan uzoqlashib, ko‘chaga chiqishdi. — O‘z uyi emas, ma'shuqasining manzilini bergan ko‘rinadi, — dedi Yoongi o‘ychan.
Ayolga ishonsa bo‘ladimi? — so‘radi Seojun — Bu yerga tez-tez kelgani aniq. Shunchaki ayol muammodan qo‘rqyapti.
Bu atrofda kuzatuv kameralari bormikan? — Kel, aylanib ko‘ramiz. Men o‘ngga yuraman, sen chapdan boshla, — buyruq berdi Yoongi.
Seojun atrofga qarab uf tortdi bu tomonda uylar juda ko‘p, kameralarni topish qiyin bo‘ladi Yoongi unga qaradi Seojun
Seojun nima deb soʻradi
Oxirgi paytlarda hayoting ancha yengillashib qoldi, shekilli. Dangasalik qilyapsan.
Seojun kulib yubordi — Bilasanmi, sen borgan sari kapitanni eslatyapsan. Shoshma, hatto tashqi ko‘rinishingiz ham bir-biriga o‘xshab ketyapti.
Yoongining ortidan ikki nafar shubhali yigit ergashib kela boshladi. Yoongi buni darrov sezdi va qadamini sekinlatib, ortiga oʻgirilib qaradi. Yigitlar goʻyoki osmonga yoki doʻkon peshtaxtalariga qarayotgandek oʻzlarini chetga olishdi. Yoongi tor koʻchaga burildi, ular ham soyadek uning izidan qolishmadi.
U bir uyning burchagiga burilib, koʻzdan yoʻqoldi. Yigitlar chopib borib oʻsha tomonga qarashdi, lekin koʻcha boʻm-boʻsh edi.
— Toʻxta, qayerga gʻoyib boʻldi? — dedi biri sherigiga hayron boʻlib. — Bu yoqqa yur Yoongi tepadan, ularning roʻparasiga sakrab tushdi. Yigitlar kutilmagan zarbadan joylarida qotib qolishdi.
Tentak — deb yubordi biri qoʻrqqanidan. — Haddan tashqari sezdirib kuzatyapsizlar, — dedi Yoongi kiyimlarini qoqib. — Yashirinish shunchalik qiyinmi? Son Vangini qidiryapsizlarmi?
Ular bir-biriga maʼnoli qarab olishdi. — Sen kimsan oʻzi? Bu yerda nima qilyapsan? — Bu manzilni topish juda qiyin boʻldi, — davom etdi Yoongi ularga yaqinlashib. — Uni zudlik bilan topishim kerak. U qayerda ekanligini bilasizmi?
Yigitlar istehzo bilan jilmayishdi — Bizmi? Sen bilmasang, biz qayerdan bilamiz? — Demak, Son Vangini taniysizlar, — Yoongi choʻntagidan kishanni chiqardi. — Yangilikni eshitmadingizlarmi? Son Vangi oʻldi. Nahotki bilmasangiz?
Yigitlarning rangi oʻchib, darhol ortga qochmoqchi boʻlishdi. Ammo Yoongi chaqqonlik bilan ularning yoʻlini toʻsdi.
Qochishga shoshilmanglar. Uning qanday dahshatli tarzda oʻlganini bilishni xohlamaysizlarmi?
Politsiya boʻlimi.
Yoongi kompyuter qarshisida oʻtirar, ekranda Hon Yonsi degan yozuv va uzoq sudlanganlik tarixi porlab turardi 2010, 2022, 2023-yillar. U yigitlarga sovuq nigoh bilan boqdi.
Yuqori foizlar, firibgarlik va xizmat vazifasini bajarayotgan xodimga hujum qilganlik uchun sizlarni hibsga olyapman, — dedi Yoongi — Biz qonuniy ish qilamiz, jinoyatchi emasmiz — deb baqirdi Yonsi norozi boʻlib.
Jasadni yorib koʻrishganda, uning qovurgʻasi singani aniqlandi. Sizlar unga yordam bergan koʻrinasizlar, — Yoongi stolda turgan konvertga qaradi. Unda Honsi kapital deb yozilgan edi. — Demak, Hon Yonsi va Choy Hodon.
Oʻsha ablah...— deb toʻngʻilladi Yonsi — Marhumni hurmat qiling, — dedi Yoongi keskin — Xullas, oʻsha erkak puli boʻlganda baʼzan oʻsha ayolning uyiga kelib turardi, — dedi Yonsi vaziyat jiddiyligini tushunib.
Rostdanmi? Qarzlarini toʻlamaganmi? — Unday emas, — gapga aralashdi Hodon. — U foizlarni uch oyligini oldindan toʻlab qoʻyardi. Har doim naqd berardi. Ishonmasangiz, hisobotni koʻrsataymi?
Yoongining qoshlari chimirildi — Pulni qayerdan olgan? Yangi bukmaker topganini aytgandi, — javob berdi Hodon — Bukmaker? — Ha, u kazinodagi bir yigitning xizmatidan foydalangan. Oʻsha orqali katta pul yutayotganini maqtagandi — U qayerda? kazino?
Kazinoning VIP xonasi tashqaridagi shovqin-surondan farqli o‘laroq, sukunatga burkangan edi. Yoongi ehtiyotkorlik bilan ichkariga qadam qo‘ydi. Xona markazidagi qimmatbaho kresloda bir qiz Serin o‘tirar, uning nigohlari sovuq va sinchkov edi.
Bu yerga avval kelmagansiz, — dedi Serin past ovozda, Yoongini boshdan-oyoq ko‘zdan kechirar ekan. — Kimnidir qidiryapsizmi? Tirik odamnimi yoki o‘likni? Yoongi uning qarshisiga o‘tirdi.
— Son Vangi. U bu yerga ko‘p kelgan ekan — Son Vangi? — Serinning lablarida g‘alati bir jilmayish paydo bo‘ldi. Jurnalist Son... U avval jurnalist bo‘lib ishlaganini eshitganman. Juda aqlli odam edi, lekin unchalik jasur emas. Va juda, juda ko‘p mag‘lub bo‘lardi.
Bu yerda kim bilan yaqin edi? — Yoongi mavzuga ko‘chdi. — Ehtimol, kim bilandir tortishib qolgandir?
Serin istehzo bilan kuldi — Nimalar deyapsiz? U bechora pashshani ham xafa qila olmaydigan odam edi.
— Uning bukmakeri bo‘lganini aytishdi. Siz uni taniysizmi?
Serin bir muddat o‘ylanib qoldi, so‘ng sekingina pichirladi — Ha... Doktor.
Birdan Serinning qo‘llari qaltiray boshladi. U titroq barmoqlarini Yoongiga ko‘rsatib, g‘alati savol berdi — Nima deb o‘ylaysiz, nega qo‘lim qaltirayapti?
U buni bir qarashda tushungandi Yoongi vaziyatni jiddiy qabul qilib, so‘radi. — O‘sha Doktorning ismini bilasizmi? U qayerda ishlaydi — Bilmayman, — Serin qat’iy ohangda javob berdi.
Yoongi devordagi kameralarga ishora qildi — Zalga kameralar o‘rnatilganmi? Son Vangi tushgan videolarni olib ketmoqchi edim.
Uni nima qilmoqchisiz? — so‘radi Serin sovuqqonlik bilan. — Baribir u allaqachon o‘lgan-ku.
Yoongining nigohi o‘tkirlashdi — Men uni o‘lgan deb aytmadim.
Serin yana o‘sha sirli jilmayishini qaytardi — Detektiv, tirik odam haqida shunchalik ko‘p ma’lumot izlab yuradimi?
Yoongi indamay o‘rnidan turdi. Ketishga chog‘lanarkan, Serinning keyingi savoli uni to‘xtashga majbur qildi — Ayting-chi, u aynan nimadan o‘ldi?
— Sog‘lig‘iga e’tiborsiz bo‘lgan. Stress... — dedi Yoongi haqiqatni yashirishga urinib.
O‘sha yaramaslar — Uni tiriklayin yeb bitirishdi. Nima?
Odamlarning ichida maxluq yashaydi, — Serin Yoongining ko‘zlariga qarab, davom etdi. — U odamni ich-ichidan kemiradi. Ba’zida o‘sha dahshatli mavjudotlar insonning o‘zidan ham kattalashib ketishi mumkin. Ehtiyot bo‘ling, detektiv... Shunda uzoq yashaysiz.

Seojun
Politsiya boʻlimining nimqorongʻi xonasida faqat kompyuter ekranlarining nuri yonib turardi. Yoongi va Seojun kazinodan keltirilgan kuzatuv kamerasi yozuvlarini sinchiklab tekshirishardi. Tasvirlar xira, harakatlar uzuq-yuluq edi.
— Yoongi, menimcha mana shu, — dedi Seojun ekrandagi bir nuqtaga ishora qilib.
Yoongi monitorga yaqinroq keldi. Tasvirdagi kishi shubhasiz Son Vangi edi.
— Sifatliroq kadr bormi? Yuzini aniqroq ko‘rishimiz kerak.
Seojun bosh chayqadi — Afsuski, yo‘q. Menimcha, u kamera qayerga o‘rnatilganini aniq bilgan. Har safar yuzini chetga burib olyapti. Bu qo‘limizdagi eng yaxshi tasvir.
Yoongi ekranga tikilib qoldi. Videoda Vangining yonida qora kepka kiygan, yuzi soyada qolgan bir yigit o‘tirardi. Ular juda yaqin va sirdoshdek ko‘rinardi.
— Doktor va Jurnalist... — pichirladi Yoongi. To‘satdan Uning xayoliga bir fikr keldi va o‘rnidan sapchib turdi. o‘z ish stoliga o‘tib, kompyuterni yoqdi. qidiruv tizimiga Jurnalist Son Vangi deb yozdi.
Bir necha soniyadan so‘ng ekran eski, sarg‘aygan gazeta sahifalarining elektron nusxalari bilan to‘ldi. Yoongi eng birinchi chiqqan maqolani ochdi.
1996-yil, iyul.
Gumondor Kim Jihunning o‘t qo‘yishi — O‘t o‘chirish blogi.
Machxondagi mudhish yong‘inda ayblangan shaxs qo‘lga olindi.
Muallif: Jurnalist Son Vangi, Yon Hwa yangiliklari. Maqola ostida sifati past, lekin eski surat bor edi uchta politsiya xodimi bir erkakni — olib ketishmoqda. Erkakning nigohida tushunarsiz bir ifoda qotib qolgan. Seojun Yoongining ortidan kelib, ekranga qaradi — Nima topding? Bu o‘sha Yon Hwa yangiliklari jurnalistimi? — so‘radi u hayratlanib.
Yoongining nigohlari o‘tmishning bu qora sahifasiga mixlanib qolgandi.
— U Machxondagi yong‘in haqida maqola yozgan... Hammasi o‘sha yerdan boshlangan ko‘rinadi. Son Vangining o‘limi tasodif emas,
Politsiya boshqarmasi
Seung planshetini yoqdi. Ekranda Koreya Ochilmagan ishlar deb nomlangan maxfiy fayl paydo bo‘ldi. papkalar ichidan bittasini tanladi, unda faqat birgina so‘z yozilgan edi XIMERA. 1996-YIL.
Seung planshetni stol ustidan sirg‘altirib, Yoongiga uzatdi — Mana, qidirgan narsangizni topdim.
Yoongi qurilmani qo‘liga olib, ekranga tikildi.
— 1996-yilda Machxonda ketma-ket bir necha marta o‘t qo‘yish holatlari kuzatilgan. O‘sha paytda bu jinoyatlar seriyasini Ximera deb nomlashgan, — tushuntira boshladi Seung. — G‘alati va tushunarsiz portlashlar oqibatida uch kishi halok bo‘lgan.
Yoongi va Seojun planshetdagi suratlarga baravar egilishdi. Sifati past, sarg‘aygan suratlardan birida butunlay yonib ketgan mashina tasvirlangan edi. Yoongi unga diqqat bilan tikilib, Son Vangining yonib ketgan mashinasi bilan xayolan solishtirdi.
— Bu bizning hozirgi ishimizga juda o‘xshar ekan, — dedi u.
— Ha, to‘g‘ri, — Seojun peshonasini tirishtirdi. — Men bu haqda maktabda o‘qib yurgan paytlarimda eshitgan edim. 96-yillarda butun shaharni vahimaga solgan kuchli portlash bo‘lgan, lekin ish ochilmay yopilib ketgan. Ba’zilar buni maxfiy harbiylar, boshqalar esa kommunistlar uyushtirgan deyishardi.
— Portlashning aniq sababichi? — so‘radi Yoongi ko‘zini ekrandan uzmay.
— Bilmayman. Politsiya o‘sha paytda buni shunchaki qasddan o‘t qo‘yish deb tasniflagan, — javob berdi Seojun.
Yoongi boshini ko‘tarib, Seungga savol nazari bilan boqdi — Sizda bu ishga aloqador boshqa ma’lumot bormi? Masalan, dalillar yoki gumondorlar ro‘yxati?
Afsuski, ko‘p ma’lumotlar saqlanib qolmagan. Politsiya ma’lumotlar bazasida faqat o‘sha davrdagi umumiy hisobotlar va mana shu bir necha suratlar qolgan. Boshqa hech narsa yo‘q. Hamma narsa g‘oyib bo‘lgan yoki yo‘q qilingan. dedi Seung.
— Jinoyat sodir etilish uslubi, joyi... hammasi bir xil, — deb o‘yladi Yoongi. — Balki bu o‘xshash jinoyatdir yoki eski qotil qaytib kelgan?
— Eski ishning bizga nima aloqasi bor, Yoongi? Axir oradan o‘ttiz yil o‘tgan, — dedi Seojun ikkilanib.
— Buni rahbariyatdan so‘rab ko‘ramiz, — dedi Yoongi keskin ohangda.
— Rahbariyatdan? Ha, kapitan nimadir bilishi aniq, — Seojunning yuzida umid uchquni ko‘rindi.
— Agar u nimadir bilganda, bizga allaqachon aytgan bo‘lardi, — Yoongining ko‘z oldidan otasining yondirgichni yashirayotgan holati o‘tdi.
Yoongi o‘rnidan turib, Seungning yoniga keldi. Seojun ham qiziqish bilan ularga yaqinlashdi — Demak, u o‘sha paytdayoq hamma narsadan shubhalangan ekan-da? — dedi Yoongi ekranga tikilib.
— Shunday ko‘rinadi, — tasdiqladi Seung. Yoongi maqoladagi bir jumlaga diqqat qildi O‘t o‘chirish blogi — Bu qanday blog o‘zi Ma’lumotlarni qayerdan olgan ekan? — so‘radi u hayron bo‘lib.
— Buni o‘zidan so‘raymiz, — dedi Seung xotirjamlik bilan.
— U bilan uchrashmoqchimisiz? Hozircha shunchaki telefon raqamimni qoldiraman.
Yoongi istehzo bilan jilmaydi.
— Sizningcha, u qo‘ng‘iroq qilarmikan?
— Federal qidiruv agenti ekanligingizni yozib qo‘ying, — dedi Seojun gapga aralashib. — Shunda darhol aloqaga chiqadi.
Yoongi Seojunning boshiga urdi — Federal qidiruvni sen o‘yinchoq deb o‘ylayapsanmi?
Seojun burnini ishqalab, pichirladi — O‘n dollarga bahslashaman, u baribir qo‘ng‘iroq qiladi.
— Shunaqami? Unda 20 dollar bo‘ladi, — dedi Yoongi pul tikib.
— Kelishdik Yoongi yana planshetdagi yongan mashina suratiga qaytdi. Undagi yozuvlarga ko‘z yugurtirdi Ximera qolganlari esa Paradoks deb nomlangan edi.
— Nega aynan bu ishni Ximera deb nomlashgan? — deb so‘radi u Seungdan.
Seojun birdan jilmayib, bilimdonlik qila boshladi.
— Agent Fernandez, axir bu afsonaviy maxluq-ku, to‘g‘rimi?
Yoongi Seojunning qulog‘idan qattiq cho‘zdi, Seung jiddiy qiyofada tushuntirish berdi.
— Boshi sher, tanasi echki, dumi esa ilonniki... Olovli nafasi bilan o‘ldiradigan daxshatli hayvon Ximera.
— Xorijiy afsonadagi maxluqning bizning ishimizga nima aloqasi bor? — Yoongining shubhalari ortdi.
— Gap shundaki, u doim jinoyat joyida paydo bo‘ladi, — dedi Seung.
— Kim? Maxluqmi? — Yoongi hayron bo‘ldi.
— Yondirgich. ximera tasviri tushirilgan
Seojun hayratini yashirolmadi.
— Voy, bu qotilning dastxati Buni qarang-a, o‘sha yillar uchun mukammal jinoyat, to‘g‘rimi?
Ximera tasviri tushirilgan yondirgich...
Bu so‘zlar Yoongining qulog‘i ostida go‘yo momaqaldiroqdek yangradi. Uning ko‘z oldiga birdan o‘sha tong — yonib ketgan mashina yonida otasining, g‘alati harakatlari keldi.
— Dada, bu yondirgichmi?
— Qo‘rqitib yubording-ku... Hech narsa yo‘q.

Chan Sen Gwan
Politsiya boshlig‘i Chan Sen Gwan koridorda ketardi Minseok darhol uning yoniga yetib oldi. — Dam olish kunlari norozilik namoyishlari rejalashtirilgan, — dedi Sen Gwan to‘xtamay. — Barcha xodimlar shay tursin. — Janob, buni og‘ir jinoyatlar bo‘limiga nima aloqasi bor? — so‘radi Minseok hayron bo‘lib.
Sen Gwan joyida to‘xtadi — Soliq bosh binosi yonida kimdir o‘ziga o‘t qo‘yganidan xabarim bor. Mahalliy politsiya boshlig‘i vazifasidan chetlatildi. Sen bunday voqealarning oldini olishing kerak.
U yana oldinga yurmoqchi edi, lekin Minseok uni to‘xtatdi. — Shoshmang... — Minseok uning yoniga yaqinroq kelib, ovozini pasaytirdi. — Son Vangini eslaysizmi? — Kimni deding? — Sen Gwan qoshlarini chimirdi. — Ximera ustida ishlaganimizda... O‘sha jurnalist. Kim Jihun ishini o‘rgangan odam. Kutilmaganda Sen Gwanning qo‘li qaltirab, ushlab turgan qahvasi polga to‘kilib ketdi. Uning yuzi bir zumda oqarib ketdi.
— O‘sha iflosmi? Unga nima bo‘libdi?
— Xullas, o‘sha portlagan mashinadagi qurbon — u ekan. Huddi 30 yil avvalgidek portlatishgan...
Sen Gwanning ko‘z oldidan o‘tmishdagi dahshatli alanga — portlagan mashina tasviri chaqnab o‘tdi. U chuqur nafas olib, o‘zini qo‘lga olishga urindi.
— Kapitan Min, — Tez orada nafaqaga chiqasan. Nahotki mana shu uzoq yillar oldingi voqeani eslashga arzisa? Qo‘ysang-chi bularni, tinchgina xizmatingni tugat.
Seung mashina portlagan hududda edi. U har bir tosh va kuygan detalni sinchiklab ko‘zdan kechirardi. Yoongi va Seojun ham unga ergashib, atrofni ko‘zdan kechirishardi. — Nega aynan bu yerda? — dedi Seung o‘ychan ohangda. — U shunchaki o‘ldirmaydi. Portlash, olov, shovqin... Unga tomoshabin kerak, e’tibor kerak. U uzoqdan kuzatadi, reja tuzadi va joyni tanlaydi. Lekin nega bu joy? — Bu yopiq hudud-ku, — dedi Yoongi atrofga ishora qilib. — To‘g‘ri, — davom etdi Seung. — Qurilish bo‘layotgani sababli bu yerda odamlar ko‘p emas. Politsiya sezishi oson, lekin eng muhimi — yong‘in oqibatida hech kim zarar ko‘rmaydi. Bizning jinoyatchimiz o‘ta ehtiyotkor.
Seojun hayrat bilan bosh chayqadi — O‘t qo‘yuvchilar kamdan-kam hollarda bunday ehtiyotkorlik bilan ishlashadi. Odatda ular tartibsiz va vahshiy bo‘lishadi. — Demak, bizning qotilimiz oddiy o‘t qo‘yuvchi emas, — dedi Yoongi atrofdagi boʻshliqqa tikilar ekan, xayolidagi qismlarni birlashtirishga urindi. — Ularning maqsadi shunchaki oʻldirish emas, — dedi u past ovozda. — Ular yongʻinni tomosha qilishni, olovni kuzatishni xohlashadi. Seung buni tasdiqlab bosh silkidi — Aynan shunday. U aniq bir burchakdan kuzatib turgan. Lekin qayerdan? Eng muhimi, u mashinani qanday qilib portlovchi qurilmaga aylantirgan? U ichkariga nimadir tashlamagan, u butun salonni gaz bilan toʻldirgan. Lekin qanday? Seojun peshonasini qashlab, taxmin bildirdi — Agar oynadan shlang qoʻygan boʻlsa-chi?
— Yoʻq, oqib ketardi, — deb rad etdi Yoongi. — Balki konditsioner tizimi orqali yuborgandir? — Buni yukxonadan qilgan qulayroq, — dedi Seojun jonlanib. — Shlangni yukxonadan to ichkarigacha olib borish mumkin. Ehtimol, u oʻz mashinasining qismlaridan foydalangandir. gaz balonini? katta aravachada sudrab kelganmi? — soʻradi Yoongi shubha bilan. — Balki u yuk mashinasi haydar? — Seojun atrofga qaradi. — Bu yerdan oʻtgan barcha yuk mashinalarini tekshiramizmi?
Yoongining nigohi uzoqlarga qadaldi — Balki oʻsha odam hali ham shu atrofdadir... Seungning choʻntagida telefon jiringladi. U darhol goʻshakni koʻtardi — Eshitaman... Ha, men xabar qoldirgan edim. Toʻgʻri. Bugun vaqtim bor, hoziroq yetib boraman.
Seung telefonni oʻchirib, hamkasblariga qaradi — Oʻt oʻchiruvchi qoʻngʻiroq qildi. Oʻsha blog egasi. Seojunning yuzida gʻolibona tabassum paydo boʻldi. U Yoongiga yaqinlashib, pichirladi.
— Baribir qoʻngʻiroq qildi Qanchaga bahslashgan edik? Yoongi norozi qiyofada choʻntagidan pul chiqarib, Seojunning qoʻliga tutqazdi. Seojun pullarni sanab koʻrib, koʻzlarini qisdi.
— Qolgani qani? Kelishuvimiz boʻyicha... Yoongi darhol uning ogʻzini mahkam yopdi va hayron boʻlib qarab turgan Seungga qarab jilmaydi — E’tibor bermang, hali yosh-da, ogʻziga kelgan ahmoqona gaplarni gapiraveradi.
Seung vaziyatni tushungandek jilmaydi — Mayli, men bora qolay. Uchrashuvga kechikmasligim kerak.
— Men sizni olib borib qoʻyaman, — taklif qildi Yoongi.
— Rahmat, oʻzim bora olaman Mayli unda, biror narsa aniqlasangiz, darhol qoʻngʻiroq qiling.
Seung oldinga yurdi, lekin bir necha qadamdan keyin toʻxtab, qayerga yurishni bilmay atrofga alangladi. Hudud notanish va chalkash edi.
Yoongi buni koʻrib, kulimsirab baqirdi— Chapga Chapga yuring,
Seung qoʻl silkitdi-da, yugurib ketdi. Yoongi uning ortidan qarab turarkan, yuzida samimiy tabassum paydo boʻldi. Bu sirli agent borgan sari unda qiziqish uygʻotayotgan edi.

Yoongi mashina portlagan joyning ro‘parasida qad ko‘targan eski, binoga tikildi. Binoning aksariyat derazalari singan yoki chang bosgan bo‘lsa-da, yuqori qavatdagi bitta deraza ajralib turardi u yangi va qalin qora plyonka bilan qoraytirilgan edi. Ichkarida xira chiroq nuri ostida kimdir devorga nimanidir chizayotgandi. — Qayerga bunchalik tikilib qolding? — so‘radi Seojun uning nigohini kuzatib. — Seojun, tasavvur qil, kimdir qo‘lida ulkan gaz baloni bilan ko‘chada yursa, uni hech kim sezmasligi mumkinmi? Jinoyatchining asosiy maqsadi nima edi? — Yong‘inni tomosha qilish, — deb javob berdi Seojun — To‘ppa-to‘g‘ri. Endi tasavvur qil, sen bomba qo‘yding. Uni qayerdan kuzatib turgan bo‘larding?
Seojun bino va mashina o‘rtasidagi masofani chamaladi — Portlash xavfli, shuning uchun juda yaqin turib bo‘lmaydi. Lekin butun manzarani ko‘rsatadigan qulay nuqta kerak. Yoongi o‘sha qoraytirilgan derazaga ishora qildi.
— Anavi bino tez orada buziladi. Hamma aholi allaqachon ko‘chib ketgan. Shunday ekan, buziladigan uydagi bitta xonaga yangi, oyna o‘rnatish kimga kerak bo‘lib qoldi? Kimdir hali ham u yerdan ketmagan.
U biroz sukut saqlab, vaqtni hisoblay boshladi — Portlash tongda sodir bo‘lishi kerak edi. Erta tong — firibgarlar va qimorbozlar uchun eng qulay payt. Ular ketma-ket ikki kun davomida o‘ljasiga yutish imkonini beradi, uchinchi kuni esa harakatga o‘tadi. Son Vangi bor-yo‘g‘ini yutqazib, kazinodan chiqib ketganida tong otayotgan edi.
Yoongi quyoshning holatiga qarab, qo‘li bilan yo‘nalishni ko‘rsatdi.
— Quyosh ko‘tarilganda aynan o‘sha derazani yoritadi, chunki u sharq tomonda. Quyosh chiqib, ko‘zni qamashtirib turganda yong‘inni kuzatishning iloji yo‘q. Menimcha, tomoshabinga quyosh xalaqit bermasligi uchun oyna ataylab qoraytirgan.
Minseok mashina o‘rindig‘iga horg‘in suyanib o‘tirgan edi. To‘satdan telefonining qisqa signali sukunatni buzdi. Ekranda noma’lum raqamdan kelgan sirli xabar paydo bo‘ldi.
O‘sha kun Parvardigor tunda o‘g‘ri kabi keladi. Senil don 416-uy, 405-xona. Minseokning nigohi muzladi. Bu shunchaki xabar emas, balki ochiqchasiga qilingan chorlov edi.
Ayni shu daqiqalarda Yoongi va Seojun o‘sha aytilgan manzil — Senil don mavzesidagi yarim tashlandiq binoga kirib borishayotgan edi. Binoning ichi zax va mog‘or hidi bilan to‘lgan, har bir qadam tovushi bo‘sh koridorda aks sado berardi.
— 405-xonadon... Mana shu tomonda bo‘lishi kerak, — dedi Seojun to‘pponchasining g‘ilofini bo‘shatib. Ular ehtiyotkorlik bilan xona eshigiga yaqinlashganlarida, kutilmaganda eshik sharaqlab ochildi. Ichkaridan qora kiyimli bir kishi chiqib keldi-yu, qarshisida politsiyachilarni ko‘rib, toshdek qotib qoldi. — To‘xtang Menga qarang, — Yoongi bir qadam oldinga yurdi. — Siz... Gap tugamasidanoq, notanish kimsa chaqqonlik bilan burilib, yo‘lak bo‘ylab qochib ketdi. — To‘xta Politsiya — Yoongining hayqirig‘i binoni tutib ketdi. Ular shiddat bilan ta’qibga tushishdi. Qochqin zinapoyalardan pastga uchib tushar, Yoongi va Seojun esa uning qadam tovushlariga ergashib, bir necha qavatni bir zumda bosib o‘tishdi. Binodan ko‘chaga otilib chiqqanlarida, notanish kishi allaqachon tor ko‘chalar ichiga kirib borayotgan edi. — To‘xta, deyapman — Seojun bor kuchi bilan yugurardi, ammo qochqin hududni besh qo‘ldek bilishi ko‘rinib turardi.
U yon tomondagi berk ko‘chaga burilib, baland devordan bir hamla bilan oshib o‘tdi. Yoongi ham soniyalar ichida devor ustiga chiqib oldi. — Seojun, sen u tomondan aylanib o‘t Uni qurshab olamiz — deb buyruq berdi Yoongi va pastga sakradi.
Yoongi ko‘cha boshigacha tinimsiz yugurib bordi. Nafasi bo‘g‘ziga tiqilib, katta yo‘lga chiqdi va atrofga alangladi. O‘ngga qaradi — bo‘sh ko‘cha. Chapga qaradi — faqat shamolda uchayotgan axlat qog‘ozlari.
Qochqin go‘yo havoga singib ketgandek, g‘oyib bo‘lgan edi. Yoongi og‘ir nafas olarkan, ichidagi shubha yanada kuchaydi.
Seung shinam restoranda deraza yonidagi stolda o‘tirgancha, o‘sha o‘t oʻchiruvchini kutar edi. Ko‘p o‘tmay, eshikdan bir yigit kirib keldi va atrofga shubha bilan nazar tashladi. Seung qo‘lini ko‘tarib ishora qilgach, u Seungni yoniga kelib o‘tirdi. — Salom, menga xabar yuborgan sizmisiz? — so‘radi u Seungga sinovchan tikilib. — Ha, o‘sha O‘t o‘chirish blogi egasi sizmi? —
O‘t o‘chiruvchi hayron bo‘lib qoldi Mendan aynan nimani so‘ramoqchisiz? — Blogingizdagi postlar haqida gaplashmoqchi edim. Ayniqsa, eski ishlar haqida...
Shu vaqtda ko‘chada Yoongi va Seojun hansiragancha bir-birining qarshisidan chiqib kelishdi. Ikkalasi ham qochqinni butunlay qo‘ldan chiqarishgan edi. — Uni ko‘rdingmi? — Yoongi nafasini rostlashga urinib so‘radi. — Yo‘q, la’nati juda tez yugurar ekan, dedi Seojun jahli chiqib. — Seojun, tezda shu hududdagi barcha kuzatuv kameralari yozuvlarini yig‘ib ol. Men esa bu atrofni yana bir bor ko‘zdan kechiraman, u uzoqqa ketgan bo‘lishi mumkin emas Restoranda esa suhbat qiziqarli edi.— Qiziqqanim uchun bu ishni o‘rganishga qaror qildim, — davom etdi o‘t o‘chiruvchi. — Bu jinoyat bundan 30 yil avval, 1996-yilda sodir bo‘lgan. — Nimasi bilan sizni bunchalik o‘ziga tortdi? — so‘radi Seung. — Chunki yong‘in sababi rasman aniqlanmagan. Bu qo‘rqinchli, lekin o‘ta qiziqarli holat. Bu ishga hatto maxsus nom ham berishgan edi Ximera Seungning ichida hayajon uyg‘ondi — Ximera...
— Bu haqida eshitganmisiz? Jinoyat joyidan topilgan o‘sha sirli yondirgich... — Lekin bu detallar haqida hech qachon matbuotda e’lon qilinmagan-ku? — Seung hayratini yashirolmadi. — To‘g‘ri, lekin men buni maktabda o‘qib yurganimda ustozlarimdan eshitganman. O‘t o‘chiruvchilar o‘zaro yig‘ilib, yong‘in sababini muhokama qilishardi. — Xo‘sh, yong‘in sababini aniqlay oldingizmi?
— Ancha kech bildim, lekin hozirda buni isbotlashning imkoni yo‘q, — dedi o‘t o‘chiruvchi xo‘rsinib. — Sababi esa... Ayni shu daqiqalarda Yoongi 405-xonadon eshigini ehtiyotkorlik bilan ochib, ichkariga kirdi. U qadam bosishi bilan eshik ortidan o‘z-o‘zidan yopilib qoldi. Yoongi hushyor tortdi. Atrof zim-ziyo, faqat xira yorug‘lik tushib turardi. U chiroqni yoqdi.
Xona g‘alati manzarani eslatardi Yoongi oyna yoniga borib, uni ochmoqchi bo‘ldi, lekin deraza mahkam berkitilgan, hatto mixlangan edi. Xonaning burchagida ikkita ulkan gaz baloni turar, polda esa turli rangdagi bo‘yoqlar betartib sochilib yotardi. Birdan tepada chiroq o‘z-o‘zidan yonib-o‘cha boshladi,
Yoongi shoshilinch ravishda Seungga video qo‘ng‘iroq qildi. Seung go‘shakni ko‘tarishi bilan Yoongining hayajonli ovozi yangradi.
— Yoongi, aynan sizga qo‘ng‘iroq qilmoqchi edim — dedi Seung Seung, bunga qarang — Yoongi kamerani devorga qaratdi. Devorda chizilgan ulkan va vahshiy ximera surati bor edi. — Bu o‘sha ximera O‘sha afsonaviy maxluq Seungning ko‘zlari kengaydi. — Hozir qayerdasiz, Yoongi? — Menimcha, jinoyatchining uyidaman. — Uni qanday topdingiz? — O‘sha portlash bo‘lgan joy ro‘parasidagi binoni eslaysizmi? Men bu yerdagi shubhali shaxslarni tekshirayotgan edim va mana bu xonaga duch keldim. Bunga bir qarang, — Yoongi kamerani qoraytirilgan deraza tomonga burdi. — Bu yerdan jinoyat joyi ko‘rinadi. Lekin g‘alati, deraza umuman ochilmaydi. Seungning miyasi chaqmoqdek ishladi — Ochilmaydi deysizmi? Bunday bo‘lishi mumkin emas... Xonada yana nima bor? Tezroq ko‘rsating.
Yoongi kamerani xona bo‘ylab aylantirdi. Yerda sochilgan bo‘yoqlar, tartibsiz yotgan asboblar va burchakda turgan ikkita ulkan gaz baloni ko‘rindi. Seung ballonlarni ko‘rishi bilan rangi oqarib ketdi.
— To‘xtang — deb baqirdi Seung.
— Nima bo‘ldi? — Yoongi hayron qoldi. — Yoongi, hoziroq u yerdan keting Eshityapsizmi, tezroq chiqing u yerdan — Seung restorandan otilib chiqib, yugura boshladi. — Nima, nega? Tushuntiring — Yoongi nima bo‘layotganini anglamay, yuqoriga qaradi. shiftda yonib-o‘chayotgan chiroqdan ko‘k rangli uchqunlar, elektr toki chiqa boshladi.
— Tushuntirishga vaqt yo‘q — deb baqirdi Seung telefon kamerasiga. — Chiroq uchquni gaz bilan reaksiyaga kirishadi Bu tuzoq Portlash bo‘ladi Yoongi shoshib eshikka yopishdi. U tutqichni bor kuchi bilan tortdi, yelkasi bilan urdi, lekin eshik qilt etmadi. — Chiqa olmayapman — deb hayqirdi Yoongi daxshat ichida. — Eshik tashqaridan qulflangan yoki ataylab buzilgan.
Yoongi, qimirlamang Har qanday harakat hozir o‘limga teng.
— Nega? Nima bo‘lyapti o‘zi? — Yoongi nafas olishi qiyinlashayotganini sezdi, xona havosi g‘alati darajada zich edi.
— Butun uy gaz bilan to‘ldirilgan — deb baqirdi Seung. Yoongi shiftga, o‘sha uchqun chiqarayotgan chiroqqa qaradi. — Rangi ham, hidi ham yo‘q... Bu nima? Nahotki bu kislorod bo‘lsa? — Yoongining rangi oqarib ketdi. — Gazlar orasida eng xavflisi... Seungning qulog‘i ostida o‘t o‘chiruvchining restoranda aytgan so‘zlari jarangladi Gazlar orasida eng xavflisi — biz har kuni nafas olayotgan kisloroddir. U havoning 21 foizini tashkil qiladi. Ammo yopiq xonada uning miqdori 30 foizga yetsa, har qanday narsa kiyimingiz, qog‘oz, hatto temir ham bir soniyada alangalanishi mumkin. Birgina mitti uchqun — va butun xona olovli do‘zaxga aylanadi. Seung yo‘l chetida to‘xtagan taksiga o‘zini urdi.
— Haydang Tezroq — Yoongi, Qimirlamang birgina harakat hammasini portlatib yuborishi mumkin — Demak... — Yoongi pichirladi, Shu sababli jinoyat joyida hech narsa topilmagan. Kislorod hamma narsani izsiz yoqib yuboradi. Na benzin, na gaz hidi qoladi... — Biroz kutib turing, men yetib boryapman — Seung... endi juda kech, — Yoongi yuqoridagi chiroqning oxirgi marta chirillab kuchli uchqun chiqarganini ko‘rdi.
— Yoongiii — Shu soniyalarda bino yonida Minseokning mashinasi to‘xtadi. Minseok mashinadan tushib, yuqoriga — qaradi. Uning ko‘zlari daxshatdan kengaydi.
To‘satdan binoning to‘rtinchi qavati dahshatli gumburlash bilan portladi. oyna minglab parchalarga bo‘linib, ko‘chaga otildi. Minseokning ko‘z oldida Yoongi binodan uchib chiqdi va daxshatli zarba bilan aynan uning mashinasi ustiga tushdi. Mashina signalizatsiyasi tinimsiz uvillay boshladi, oyna parchalari yomg‘irdek yog‘ildi. Minseok karaxt bo‘lib qoldi.
Tez yordam mashinasining sirena ovozi sukunatni teshib o‘tardi. Mashina ortidan Minseok o‘z mashinasida telbalarcha ergashib borar, ko‘z oldida faqat o‘g‘lining jonsizdek yotgan tanasi gavdalanardi. Shifoxonaga yetib kelishlari bilan tibbiyot xodimlari Yoongini zambilga yotqizib, shoshilinch bo‘limga olib kirib ketishdi.
— Yoongi Meni eshityapsanmi? O‘g‘lim — Minseok o‘g‘lining qo‘lidan tutishga urindi.
Yoongi koʻzlarini zo‘rg‘a ochdi. Qulog‘i ostida g‘alati bir g‘o‘ng‘illash, so‘ng esa tanish bir ovoz yangradi. Uning xira ko‘zlari qarshisida kutilmaganda Seungning qiyofasi paydo bo‘ldi.
— Seung... Seung... — deb pichirladi Yoongi hushini yo‘qotar darajada.
— Meni eshityapsizmi? Yoongi — Seungning xavotirli ovozi olisdan kelayotgandek tuyuldi. Yoongi yana ko‘zlarini yumdi,
Shifoxona darvozasi oldida Seojunning mashinasi keskin tormoz berib to‘xtadi. Undan Yoongining onasi Soo-ah va Seojun shoshib tushishdi.
Soo-ah rangi o‘chgan holda palataga otilib kirdi. Ichkarida boshini egib o‘tirgan Minseok ayolini ko‘rib, o‘rnidan turdi.
— Juda tez kelibsan, — dedi u bo‘g‘iq ovozda — Yoongi qayerda? Ahvoli qanaqa? Soo-ahning ko‘zlarida yosh qalqirdi.
Xuddi shu lahzada palata eshigi g‘iyqillab ochildi. Bir qo‘li qalin qilib bog‘langan, yuzi biroz shilingan, lekin yuzida o‘sha tanish nimtabassumi bilan Yoongi kirib keldi.
— Salom, oyi. Men bu yerdaman, — dedi u xotirjamlik bilan.
Seojun hayratdan qotib qoldi — Yoongi? Ahvoling yaxshimi? Senga o‘rningdan turish mumkinmi o‘zi? Axir to‘rtinchi qavatdan uchib tushding-ku.
Yoongi kulimsiradi, go‘yo hech narsa bo‘lmagandek.
— Bo‘lmagan gap. Hammasi joyida. Atiga uchinchi yoki to‘rtinchi qavat ekan. Havoda bir aylandim... bir, ikki, uch... va yelkam bilan mashina tomiga tushdim. Arzimagan narsa, qara, sog‘-omonman.
Hamshira shoshilib kelib, uning qo‘ltig‘idan tutdi — Janob Min Sizga yurish mumkin emas, dedim-ku Suyak dars ketishi ba'zan sinishdan ham xavfliroq bo‘ladi.
Soo-ah daxshat ichida o‘g‘liga tikildi — Dars ketgan? Qayering dars ketdi?
— Qovurg‘am, — dedi Yoongi gapni qisqa qilib. — Rostini ayt, Yoongi Soo-ah o‘g‘lining yuzlarini ushlab, jarohatlarini ko‘zdan kechirdi.
— Oyi, ishoning, shunchaki yengil jarohat. Ahvolim juda yaxshi, faqat biroz dam olsam bo‘ldi, — dedi Yoongi onasini tinchlantirishga urinib.
Soo-ah o‘g‘lining ahvolini ko‘rib, yuragi ezilganidan qat’iy ohangda gapirdi.
— Jarohat olgansan, Yoongi. Gapni ko‘paytirma-da, hoziroq joyingga yot.
— Oyi, ahvolim yaxshi dedim-ku. Havo shunchalik tozaki, biroz aylanib kelmoqchi edim... — Yoongi onasining ko‘nglini ko‘tarishga urindi.
— Men ketyapman, dedi Soo-ah qisqa qilib Ketmang, hali ovqatlanmadik-ku. Birga o‘tirib ovqatlanamiz,
— Men bu yerga ovqatlangani kelganim yo‘q. Qahvaxonani uzoq vaqt qarovsiz qoldira olmayman, Soo-ah shunday dedi-yu, ortiga qayrilib xonadan chiqdi.
Yoongi onasining ortidan qarab qoldi — Mayli oyi, xayr... Yaxshi boring.
Xonada qolgan Minseok o‘g‘liga yaqinlashib, uning yelkasiga sekingina urib qo‘ydi.
— Ah Dada, og‘ridi — Yoongi yuzini burishtirib yelkasini ushladi.
Minseok jilmaydi. — Men oyingni kuzatib qo‘yaman, sen esa yotib dam ol.
Soo-ah shifoxona yo‘lagi bo‘ylab tez-tez yurib borardi. To‘satdan uning ko‘z oldi qorong‘ulashib, boshi qattiq aylanib ketdi. U devorga suyanishga ulgurmay, muvozanatni yo‘qotdi. Shu lahzada Minseok yetib kelib, uni mahkam ushlab qoldi.
— Soo-ah Ahvoling yaxshimi? Ranging oqarib ketibdi, yur, seni uyga olib borib qo‘yaman.
— Men... men yaxshiman, dedi Soo-ah. Ular sekin-asta shifoxonadan chiqib ketayotganlarida, eshikdan baland bo‘yli, oq xalatli kishi kirib keldi. Bu shifoxonaning eng mahoratli jarrohi — Doktor Kim Namjoon edi. U to‘xtadi-da, Minseok va Soo-ahga sinchkovlik bilan tikilib qoldi. Uning nigohida nafaqat shifokorlarga xos e’tibor, balki nimanidir sezgan odamning shubhasi ham bor edi.
Namjoon o‘tib ketayotgan bu juftlikka uzoq qarab qoldi. Go‘yo u qidirayotgan sirlarining bir bo‘lagi hozirgina uning yonidan o‘tib ketgandek edi.
Izohlar
0