IBLISLAR
2—qism — Soyaning Ismi
"Har bir insonning soyasi bo'ladi. Ammo ba'zida soya ham o'z egasidan qo'rqadi..."
Elian qotib qoldi. Yerda turgan soyasi unga qarab jilmayardi.
Lekin u o'zi qimirlamagandi.
Soya esa boshini asta egib pichirladi: "Nihoyat... meni eshitadigan vaqt keldi."
Elian dahshat bilan bir necha qadam ortga chekindi.
Ammo soya joyidan siljimadi. U yerda qolganicha kulardi.
Birdan ibodatxona ichidan qo'ng’iroq ovozi eshitildi.
Dong...
Dong...
Atrofni qalin tuman qopladi.
Shamol yana esa boshladi. Lekin bu shamol sovuq emasdi.
Undan kuygan yog'och va eski kitoblarning hidi kelardi.
Elian o'zini ishontirishga urindi.
— Bu tush... Shunchaki tush...
Shu payt soya kulib yubordi.
"Yo'q..."
"Tushlar uyg'onganda tugaydi."
"Sen esa endi uyg'oqsan."
lbodatxona ichidagi qorong'ilik asta—sekin harakatlana boshladi.
Undan oq sochli, uzun qora kiyim kiygan bir chol chiqdi.
Qo'lida eski fonus. Bo'ynida yog'och tasbeh.
Ko'zlari esa juda g'amgin edi.
U Elianga yaqinlashib, past ovozda dedi:
Nega bu eshikni ochding, bolam? Elian hayron bo'ldi. Men... uni ochmadim.
Chol boshini chayqadi.
Yo'q.
Hech bir eshik o’z—o’zidan ochilmaydi.
Elian ichkariga qaradi.
Bu joy nima o'zi? Chol chuqur xo'rsindi.
lblislar ibodatxonasi.
Bu yerda tanalar emas, insonlarning gunohlari qamalgan. Elian kulib yubordi. Gunoh qamaladimi?
Chol unga jiddiy tikildi.
Gunoh hech qachon yo'qolmaydi. U faqat egasini kutadi.
Shu onda ibodatxona ichidan qora tutun chiqdi.
Tutun asta odam qiyofasiga kirdi. Ammo uning yuzi yo'q edi.
Faqat ikkita oppoq ko'z.
U Elianga tikilib turdi.
Va birdan, uning ovozi bilan gapirdi.
"Men sendan nafratlanaman..."
Elian dahshat bilan qotib qoldi. Bu gapni, u bir necha yil oldin o'ziga aytgandi. Hech kim eshitmagan edi.
Cholning yuzi oqarib ketdi.
Yo'q...Juda erta... Elian titrab so'radi:
Bu nima?
Chol javob berdi:
Bu oddiy iblis emas.
Bu sening ichingda yashagan birinchi qorong'ulik.
Shu payt tutun ichidan yana to'rtta soya chiqdi.
Har biri boshqa ovozda pichirlardi. "Hasad..."
"Qo'rquv..."
"Yolg'on..."
"Kibr..."
Chol ko'zlarini yumdi.
Ular uyg'onyapti. Yetti lblisning birinchisi seni tanladi. Elian hayrat bilan so'radi:
Nega aynan meni?
Chol javob bermoqchi edi.
Ammo birdan ibodatxona devorida qonli rang harflar paydo bo'ldi.
"U — Oxirgi Kalit."
Shu zahoti barcha soyalar bir vaqtning o'zida Elianga qarab tiz cho'kdi.
Va bir ovozda dedilar:
"Xush kelibsan..."
"...lblislar Shohi."
Elian ko'zlarini katta ochdi.
Nima?!
Izohlar
0