
IBLISLAR
1-qism — Taqiqlangan Eshik
"lblis hech qachon seni majburlamaydi. U faqat qulog\ngga pichirlaydi. Tanlov esa doimo seniki bo'ladi."
Qadim zamonlarda shunday afsona bo'lgan:
"Tog'lar orasidagi unutilgan vodiyda eshigi yo'q ibodatxona bor. Uni hech kim ocholmaydi. Chunki u tashqaridan emas... ichkaridan ochiladi."
Asrlar davomida bu afsonaga hech kim ishonmadi.
Uni bolalarni qo'rqitish uchun aytiladigan ertak deb o'ylashardi.
Ammo...
bir kecha hammasi o'zgardi.
Kuchli yomg'ir yog'ardi.
Shamol daraxtlarni ildizi bilan sug'urib tashlayotgandek uvillardi.
Elian eski yo'ldan yolg'iz qaytayotgandi.
Telefonida signal yo'q.
Mashinasi esa yo'lda buzilib qolgan edi.
Jin ursin...
U atrofga qaradi.
Tuman tobora quyuqlashardi. Shunda uzoqda xira chiroq ko'rindi.
Balki biror uy bordir...
U chiroq tomon yurdi.
Bir necha daqiqadan so'ng u ulkan, vayron bo'lgan ibodatxona oldida to'xtadi.
Devorlari mox bosgan. Ustunlari yorilgan.
Ammo g'alati tomoni...
unda eshik yo'q edi.
Faqat devorning o'rtasida qora toshdan ishlangan ulkan doira bor edi.
Doiraning markazida qadimiy yozuv o'yilgan edi:
"lchkariga kirishni istagan awal o'z qalbiga qarasin."
Elian kulimsiradi.
— Qanday g'alati joy...
U qo'lini toshga tekkizdi. GUMM!
Butun ibodatxona titradi.
Tosh doira ichidan qizil chiziqlar tarqala boshladi.
Shamol birdan to'xtadi.
Qushlarning ovozi ham eshitilmay qoldi. Go'yo tabiat nafasini ushlab turgandi.
Elian qo'lini tortib olmoqchi bo'ldi. Ammo kech edi.
Tosh ichidan juda past, ammo aniq ovoz
eshitildi.
"...Nihoyat..."
"...yana bir inson keldi."
Elian ortiga o'girildi. Hech kim yo'q.
Yana ovoz eshititdi. Bu safar...
uning ichidan.
"Qo'rqma..."
"Men sen emasman..."
"...lekin doim sen bilan yashaganman." Elian yuragi tez ura boshladi.
— Kim bor?!
Javob bo'lmadi.
Lekin tosh devorda ilgari bo'lmagan yoriq paydo bo'ldi.
Yoriq asta-sekin kengaydi... Va eshikka aylandi.
Asrlardan beri ochilmagan... Taqiqlangan Eshik.
Ichkaridan sovuq havo urildi.
Ammo eng qo'rqinchlisi bu emas edi.
odamlarning pichirlashi eshitilardi.
Minglab ovoz.
Ularning barchasi bir xil gapni takrorlardi:
"Biz seni kutgandik.. ''
Elian bir qadam ortga chekindi. Lekin birdan uning soyasi...
U esa qimirlamagandi.
Soya sekin boshini ko'tardi.
Elian soyasining ko'zlari ochildi.
"Endi ortga yo'l yo'q ''
Izohlar
6Yaxshi✨
Yoqqanidan xursandman 🩵
Yana yangilar chiqadimi
Ha tez orada
Toʻgʻrisi kitob oʻqimasdim lkn sizni kiyoblarizni chiqishini kutaman
🩵🩵🩵