Odatdagi tinch kunlarning birida bosh qahramon do‘stlari James, Benjamin va Harper davrasida o‘rmon chetidagi tashlandiq va la’natlangan deb nom qozongan sirli kulba haqida mish-mishlarni eshitadi. Do‘stlarining ogohlantirishlariga qaramay, qo‘rquv va noma’lumlikka bo‘lgan kuchli qiziqish uning ichidagi olovni yoqadi. Quyosh botishi arafasida o‘sha mash’um kulbaga yo‘l olgan qahramon uning ichidagi chirigan eshiklar, chang bosgan ashyolar va sirli muhitga duch keladi. Kulbaning ortidagi yerosti yo‘lidan o‘tishi bilan esa u o‘zi tug‘ilib o‘sgan tanish olamdan butunlay o‘zgacha, g‘aroyib va xavfli bir dunyoga qadam qo‘yganini sezmay qoladi. Noma'lum o'rmon, g'alati qushlar o'xshash dahshatli maxluq bilan to'qnashuv va kutilmagan sirli insonning paydo bo‘lishi – barchasi bosh qahramodni ulkan sarguzashtlar sari boshlaydi. "Bu dunyo sen ko'rganingdek bir hil emas..." — xo'sh, bu sirli olam qahramonni yana qanday sinovlar kutmoqda?