Oradan to'rt yil 'otdi. Kleris o'rta maktabni tugtishiga ham atiga bir hafta qolgandi. Kleris va Ryder har kuni birga imtihonga tayyorlanardi. Lekin ular boshqa-boshqa yo'nalishdan ketayotgandi.
Barcha o'quvchilar bitiruv oqshomini tashkillashtirayotgan edi. Lekin Ryder nisbatan ko'proq harakat qilayotgandi. Chunki u sinf sardori etib saylangan edi. Unga yordam berish uchun Kleris ham qolardi. Ular shu bir oy har doim uylariga kech kelishardi.
Bazmga har bir kishi juft bo'lib kelishi kerak bo'lgani uchun Ryder anchadan beri Klerisga o'z taklifini berishni o'ylab yurgan edi.
Vanihoyat Ryder taklifini berish uchun oldida o'tirgan Klerisga gapira boshladi:
- Kleris, men bilan birga bazm borasanmi?
-Jon deb borardim lekin allaqachon Lukasga va'da berib qo'ydimda!
-Ha - dedi Ryder g'azablanganini bildirmaslik uchun kulimsirab.
Lukas ismli bola Klerisning sinfdoshi bo'lib, Klerisga nisbatan o'zgacha tuyg'ulari bor edi. Buni Kleris sezmasdi, lekin Ryder juda yaxshi sezardi. Shuning uchun ikkalasi gaplashganini ko'rsa tezda jahli chiqardi. Ryder o'zining bu hislarini do'stlik deb bilardi.
Kleris va Ryder uyga ketishar ekan, Kleris asta gap boshladi:
- Mendan hafa emasmisan?
-Yo'g'e, nega hafa bo'lar ekanman?- dedi g'azabini ichiga yutib
-Hursandman- dedi Kleris.
Qizning bu gapidan keyin Ryder hech nima demadi. Ular bir-biri bilan xayrlashib uy-uyiga kirib ketdi. Kleris va Ryder juda yaqin qo'shnilar edi. Klerisning uyining ro'parasida Ryder oilasi bilan turardi. Buvisi va Ryderning ota-onasi juda yaqin bo'lib, ular har yakshanba birga kechki ovqat qilishar edi.
Kleris uyiga kirar ekan yagona hayol uni qiynardi: nega Ryder mening javobimdan xafa bo'lganday bo'ldi? Kleris bunga hech ham javob topa olmasdi.
Izohlar
0