Erta tong. Kunchiqar tarafdan kelayotgan quyoshning iliq nurlari o'rtacha o'lchamdagi derazadan xonaning burchagida yotgan qizaloqning yanoqlarini yengil qitiqlayotgan edi. Otasining vafotidan so'ng tushkunlikka tushib qolgan qizaloqni onasi missis Lids o'z vatani bo'lgan Virjiniyaga buvisining yoniga ko'chirib o'tqazdi. Qizi Klerisni Virjiniyaga olib kelganidan so'ng o'zi Flaridaga ish sababli ketdi. onasining bu ishidan Kleris hech ham ajablanmadi.
Ta'til tugagach, onasi missis Lids yana Virjiniyaga keldi va darhol qizi uchun yangi maktab topishga kirishdi. Kleris hali juda yosh bo'lib, endigina o'rta maktabga o'tgan edi.Vanihoyat buvisining uyiga yaqin bo'lgan joydan maktab topdi. Va yana missis Lids Flaridaga yo'l oldi.
Maktabning birinchi kuni bo'lishga qaramay qizda hech qanday hayajon yo'q edi. Sinf xonasiga sinf rahbari bilan kirar ekan, barcha o'quvchilar birma-bir joy-joyiga o'tira boshladi. O'qituvchi o'quvchilarga qarab:
- Bugun sinfimizga yangi o'quvchi keldi. Marhamat, o'zingizni tanishtiring, - deya Klerisga qaradi.
-Ismim Kleris. Flarida shtatidan kelganman, - deya gapini tugatdi.
Uzoq sukutdan so'ng o'qituvchi Klarisga orqa qatordagi stolda o'tirgan bolaning yoniga o'tirishini aytdi. U yerda Ryder ismli xushchaqchaq bola o'tirar edi. Kleris o'tirishi bilan bola gap boshladi:
-Ismim Ryder.
Kleris hech nima demadi va yana:
-Shunday qilib, Flaridadan keldingmi?
-Ha - dedi vazminlik bilan.
Oradan ancha vaqt o'tganidan so'ng yana Ryder gap boshladi:
- Kel do'st bo'lamiz!
-Nima uchun?
- Sababi... bilmayman.
Kleris dars tugagancha jim qoldi va Ryderga qarab:
- Roziman
Ryder hayron bo'ldi. Chunki u uzoq jim turganiga qaraganda norozi bo'lgan deb o'ylagan edi.
Izohlar
0