2 - Bob. Ajoyib dam olish kuni.
Mashina salonida uxlab qolganim yodimda,
ammo ertalab yumshoq yotoqda uyg'onib bir past
tush ko'rdim deb o'ylab qoldim. Ammo bu hech qanday tush emas. Chunki men Xonamda emas,
notanish chiroyli xonada uxlab yotardim. To'g'rirog'i
opam ikkimiz bir xonada tunabmiz. Ikkita kichik
yotoq ikki devor yoniga qarama qarshi qo'yilgan ekan.
Bitta katta deraza va ikkita kiyim javoni. Oddiy ammo
dars stoli bitta bor ekan.. Demak anavi ko'zgusi bor
shkaf opamga. Yuvinish xonasi afsuski bu yerda yo'q.
Sekin Eshikdan chiqdim. Yo'lakka chiqibman. Ikki
uchta eshik yonma yon qurilgan. Kamida yo'lak
oxirida katta zal borga o'xshadi. Yuvinish xonasi
eshigi tagida esa meni hayron qoldirgan narsa. Devid
akam telefon kavlab tik yoqda turgani bo'ldi.
Allaqachon u yer bo'sh. Yoki hali hech kim kirmagan.
Bu qanaqasi bo'ldi? Yo'q mana esladim. Meni Devid
akam uyg'otdi. Kelganimiz uchun sekin tushib ichkari
kirdik. Chayqalib yurganim uchun, Devid akamni
ushlab kirdim. Keyin kalit olguncha tik oyoqda besh
daqiqa kutdik. Navbat uncha uzoq emas ekan. Ammo
kutish cho'zilib ketgandek bo'ldi. Keyin xonaga kimdir
kuzatib qo'ydi. Uyog'i esimda yo'q.
Ammo ba'zi ma'lumotlar esimda qolibdi. Biz
mehmonxonadan luyks xona band qildik. Uni ichida
uchta alohida yotoqxona, bitta oshxona, bitta zal va
bitta yuvinish xonasi borligi aytilgan edi. Sport zal esa mehmonxona ma'muriyati tomonidan alohida qurilib,
ishlatishga topshirilgan ekan. Xullas bu yer menga
yoqdi.
Soatimga qarab erta tong ekanini bilib oldim.
Shuning uchun sekin yuvinish xonasiga kirib ketgim
keldi. Ammo qitmirligim tutib ketdi.
- Devid aka bu yerda nima qilib turibsiz?
- Hech narsa. - qo'llaridagi telefondan ko'z uzmay
bir menga qarab qo'ydilar. - Boya Margarita kirgan
ekan. Navbat kutib turibman. Bilasanku bu qizni, suv
toshsa o'rdakka ne g'am degandek. Bemalol xo'ja
bo'lib harakat qiladi.
- Ha shunday deng? Unda Margarita opamni
ko'rib qolsayiz salom ayting. - dedimda, o'zimni hech
narsa bilmagan odamdek tutib sekin ichkariga kirib
ketdim.
- Xo'p. - dedilar hali ham telefon kovlab. Hatto
sezmadilar ham. Ha maylida. Ammo bopladim.
Miriqib kulib, yuz qo'limni yuvdim. Gaplarini eslasam
hali ham kulgim keladi. Margarita opam qachon erta
turgan ki, bugun tursa. U hali hamon uyquda edilar.
Ammo man bu kishim buni bilmaydilar. Chiqish oldi
oynaga birrov qarab oldim. Hayriyat aytmay birinchi o'zim kirganim. Bo'lmasa eshik tagida naq yarim soat
Devid akamni chiqishlarini poylagan bo'lar edim.
Margarita opamni ovozlarini eshitib bir pas to'xtadim.
Eshikni ushlagan qo'lim, dastaga yopishib qoldi.
- Salom Devid. Syu qani? Bu yerda nega bunday
turibsiz?
- A Mari? Sen bu yerda? Syu hozir shu yerda edi.
Ammo qayerga ketdi? Ko'rganim yo'q.
Labimni kulgudan tishlab sekin chiqdim.
- Sen ichkariga qachon kirganding?
- Boya. Menga e'tibor bermay, telefon ko'rib
o'tirgan paytiz. Ammo sizga besh kettim. Sira oldin
bu hunaringizni ko'rmagan edim. Ammo poplabsiz.
Tik oyoqda turib SMS yozish. Hammaga ham emas.
Ichkariga kirib yozmaganiz uchun rahmat. Bo'lmasa
eshik tagida ancha vaqt kutib qolgan bo'lardim. Ha
yana yangamga salom deng. - dedimu, bu yerdan
qochib qoldim. Devid akam jahldanmi yoki uyalib
qizarib ketdi.
- Yaramas qiz. Mahmadonalik qilmay ishingni qil.
Zana sen boya ataylab qildingmi?
- Yo'q. O'libmanmi? - dedim bir Devid akamga bir hozirgina uyg'onib kelgan Margarita opamga
qarab. - Mayli, navbat bilan kirarsiz. Meni ishim bitdi.
Xayr.
U yerdan uzoqlashganim uchun kim birinchi kirdi
ko'rganim yo'q. Ammo Margarita opamni ovozlarini
eshitdim.
Nonushtani bu yerda emas, pastda katta kafeda
qilish uchun tushdim. Bizdan oldin uyg'ongan Dadam
bilan oyim pastga tushib ketibdilar. Martin akam esa
bizga shuni aytish uchun kutib turibdilar ekan. Qiziq.
Nega?
- Hayrli tong.
- Hayrli tong aka. Yaxshi dam oldingizmi?
- Oyim bilan dadam qanilar?
- Pastda. Nonushtani mehmonxona kafesida qilar
ekanmiz. Shunga buyurtma berish uchun tushib
ketdilar. Men sizlarni kutib turgandim.
- Ha. Kettik unda.
Bu yer chindan ajoyib ekan. Turli xil kiyinish
uslubi va turli millat vakillari. Bu yerda hamma borga o'xshaydi. Kafe ham shinam va ozoda. Stul stollar
tartib bilan terilgan. Uncha gavjum ham emas. Ammo
odam degan narsa bu yerda ancha ko'p. Uyda kam
odam ko'rib o'rganib. Endi ko'zimga ko'p ko'rinyabdi
shekilli. Stolimizga yaqinlashib ota onamni bezovta
suxbatlashib turishganini ko'rdim. Bizni ko'rishlari
bilan tabassum qilib yonlari ga chaqirishdi.
- Hayrli tong bolalar.
- Hayrli tong dada, oyi.
- Hayrli tong oyi jonim. Hayrli tong dada.
Hamma joyiga o'tirgach, nonushta keldi. Meni
nima yeyishimni bilishgani uchun juda xursand
bo'ldim. Ochig'i bu yerni taomlari juda mazali ekan.
- Ha bolalar. Tushishlaring qiyin bo'ldi. Bu
deyman Devid sen allaqachon uyg'oq eding. Qolib
ketding. Nima bo'ldi?
- deb qoldilar birdan dadam savol nazarida akamga
qarab. Birdan kulgim keldi. Nima deb javob berar
ekanlar deb. Ammo akam..
- Hech narsa bo'lmadi. Shunchaki muhim ishni
ko'rib chiqdim. Shu xolos.
- Muhim ish emas dada. Akamni sevgan qizi bor. Boya o'sha qiz bilan qizg'in smslashayotgan joylarida
ko'rgandim. Yuvinish xonasini eshigi tagida.
- Nima? Hali ham o'sha yerda turuvmiding? Axa
xa xa xa xa xa xa. Men senga aytgandim Devid tezroq
bo'l deb. Mana endi kulgiga qolding.
- Dadaaa bas qiling.
- Chindan ham. Meni o'g'limni mazah qilmang. -
oyim tarafkashlik qilishni boshladilar. - Syu sen ham
dadangga o'xshabsan. Undan ko'ra jimgina nonushta
qiling. Hali qiladigan ishimiz ko'p.
- Oyi. Biz hazllashamiz xolos. Akam lekin chindan
ham o'sha yerda turgandilar lekin. Agar Margarita
opam kelmaganlar Ida bormi? Naq kechgacha turgan
bo'lar midilar?
- Hah shayton qiz. Qo'limga hali tushasanku,
o'shanda seni...
- Devid singlingni tinch qo'y.
- Ha. Qaytib bu ishni qilma. Yaxshisi xonandani
chiqmay yozish. Shunda kamroq gap eshitasan.
- Dada. Siz hammi yana.
Nonushta quvnoq o'tdi desam mubolag'a bo'lmaydi. Qiziq voqealar eslandi. Hatto bolalik davri
ham. Meni kichkina qizcha paytim Devid akamni
ortidan qolmagan ekanman. Bilmasam nega akam
shunday dedi. Lekin meni esimda yo'q ekan. Shunday
bo'lsada, doim shu akam bilan chiqishib ketishim rost
gap.
- Mahmadona eding. Bitta gap gapirib ortga
qaramay qochish kerak bo'lar edi seni oldingdan.
- To'g'ri. Bechora Devid akam seni qo'lingdan
ushlab olib yetaklab yurardi. Hatto seni deb do'stlarini
yoniga ham bora olmasdilar.
- Nima qilibdi? O'shanda kichik bo'lganman.
Keyin sizdan ko'ra Devid akamni yaxshi ko'rgan
bo'lsam, ayb menda emas.
- Sen rosttan ham mahmadonasan. Ismingni ham
topib qo'yganman.
- Bugun kimda qanday reja bor? Bugungi kunni
o'sha insonni rejasi asosida o'tkazamiz. Aytmadi
demang yana. - Dadam bir biriga olayib qarayotgan
ikki akamni o'ziga qaratib. - Kim bo'lsa ham o'z
rejasini aytsin. Imkoniyat bugun beriladi. Keyin atang
deb peshonasiga urib qolmasin tag'in?
-Xo'p.
Hamma meni istagim bilan pinnikka chiqadigan
bo'ldi. Reja tuzishga ulgurmay qolgan ikki akam
shumshayib qolib ketdilar. Margarita opam esa norozi
bo'lib turgan edilar, Martin akam shunday qaradilarki,
- Margarita hozir emas.
- Mana gapirmadim. Davom etishiz shart emas.
Kelishib xonaga qaytdik. Hamma o'zi bilan
narsalarini oldi. Bir kiyib olgan kiyimimiz borasida
urush chiqmagan bo'lsa, hamma tayyor holda pastga
tushdi. Opam g'irt olifta. Mana hozir ham kalta oq
ko'ylak kiyib olgan. Hech kim indamagan bo'lsa ham,
yuzlaridan norozi ekanliklarini ko'rish mumkin.
- Marta bu nima ahvol?
- Anna azizam qo'ysangchi, havo bu yerda issiq.
Mayli kiysa kiyar. E'tibor berma.
- Axir...
- Iltimos shu bugun shunaqa qilma.
- Xo'p. - ko'zimni pirpiratib ustimdagi o'zimga mos
uzun moviy yengi yo'q kiyimimni ko'zdan kechirib labimni qimtib oldim. Qarasam Devid akam menga
qarab tirjayib turibdi.
- Nima?
- O'zingcha sipo kiyinib olgansanda?
- Bu bilan nima demoqchisiz?
- Hech narsa. - Devid akam g'alati kulib bizdan
uzoqlashdi. Voy uyatsiz hayoli buzuq. Ko'ramiz hali
kim sipo, kim ahloqsiz ekanini.
Mashina ichida boshqa narsalar ham bor edi.
Shuning uchun mashinada ketadigan bo'ldik.
Dengizdan 50 km tashqarida mehmonxona
joylashgani uchun ham ichkariga kirib bordik. Tinch
hech kim yo'q joyni topgach, o'sha joyga joylashdik.
Uzoqdan bolalar suvga cho'milayotganini ko'rish
mumkin. Ammo yonimizdagi bizdan boshqa hech kim
yo'qligi yaxshi edi.
Sohilda yurganimda ko'ylagim shamolda hilpirab
uchar. Sochlarim yuziga tushib har zamon olib
qo'ysam. Qaytib tushib jig'imga tegardi. Uzoqlarga
termilib, ko'zlarim bilan dengizni muhrladim. Mendan
narida dadam bilan Devid akam bir narsalar tayyorlash bilan band. Qarab turganimni ko'rib
qo'llarini silkib qo'yishdi. Shuning uchun zo'r ishtiyoq
bilan bekorchilik qilayotganim uchun ham. Kamerani
yoqib ularni videoga olishni boshladim. Devid akam
keyin dadam. Sal narida katta soyabon tagida
dasturxon yozayotgan oyim bilan Margarita. Martin
esa u atrofda ko'rinmaydi. Yo'q ko'rindi. Mana u
qumda yotibdi. Uzoqdan nima qilayotganini bilib ham
bo'lmaydi. Keyin dengiz to'lqinlari. Uzoqdagi uchib
yurgan chag'alay qushlarini suratga oldim. Miyamga
kelgan bemani fikr tufayli uzoq masafaga yurib
oyog'imni qumda yurishini videoga oldim. Yarim
yo'lda o'zimni yuzimni oldim. Xullas to ular ortga
chaqirmaguncha, aylanib videoga olib chiqdim. Har
bir qum zarrasini oyog'imda his qilish uchun oyoq
yalang bo'lib oldim. Suvga to'lqin hosil qilib uriladigan
joyga borib, oyog'imga muzdek suvni his qilguncha
turdim. Dengiz suvi muzdek ammo birozdan so'ng iliq
ekanini bilish mumkin. Nazarimda suv bilan qum
o'rtasida farq yo'qdek edi. Qo'limdagi kamera hali
hamon oyoq ostidagi suv bilan chiqib qolgan
chig'anoqchalarni olish bilan band edi.
- Syuzanna.
- Syu qizaloq kel. Seni kutyabmiz.
- Hozir ketyabman.
-Syu, qizalog'im kel. Birga ovqatlanamiz.
Oyim ham birga chaqirdi. Kulib qo'ydim. Video
olib itlardan uzoqqa ketib qolganimni ular chaqirgach,
boshimni urgan zahotim bilib qoldim. Uzoqda ular
menga qarab turishardi. Ilk bor labimda samimiy
kulgi yugurdi. Bu jilmayish ayni damda bir necha oy
davomida ilk marotaba paydo bo'lishi edi. Baland
ovozda qichqirib ular tomonga qarab yugurib ketdim.
Zero qumlar ortimdan oyoq izlarimni qoldirib ketardi.
- Mana ketyabman.
Izohlar
0