1 bob. Millerlarning shohona uyi.
Bu men Syuzanna Miller. Bugün men yigirma yoshga to'ldim. Eshitdingizmi yana qaytib aytaman men yigirma yoshga to'ldim. Qanday yaxshi. Endi menga o'zim orzu qilgan mashinani sovg'a qilishadi. Axir bu kunni ozmuncha kutdimmi? Endi menga ham
mashina olib berishadi. Shuning uchun ham uch
yildan beri avto maktabda o'qib kelaman. To'g'ri
oxirgi imtihonlarda sal muammo bo'ldi. Ammo bu
ruhiyatimga salbiy ta'sir ko'rsatgani yo'q. Doimgidek
quyoshdek charaqlab yuribman. Hatto bir oy qaytib
o'qish ham meni xafa qilgani ham yo'q. Bu esa menga
mashina olib berishlarini taqiqlay olmaydi. Albatta
kim ham menga yo'q deya oladi? Ayniqsa Miller
oilasini kenja qizi Syuzanna Millerga. Ha bu men.
Yoqimtoy chiroyli va aqlli qizga. Ammo bu bilan
o'zimni maqtamoqchi emas mankuya. Ammo
maqtash ga arzisa, ayb menda emasku. 😉😆😅
Ayniqsa kenja qiz maqomi menga keng yo'l
ochib bergan bo'lsa. Nima g'amim bor. Shunday
emasmi? Ha tanishing mening oila a'zolarim. Ularni
birma-bir tanishtira boshladim. Birinchi bo'lib
akamdan boshlayman. Devid Miller. Yoshi yigirma
to'rtda. Hozirda u shifokor bo'lish uchun tinmay
o'qiyabdi. Ammo ba'zida qizlar bilan ham gaplashib
turadi. (Nima ham qila olardim. Olmaning tagida
olma tushmay nok tushmasa kerak.). Keyin egizaklar.
Martin akam bilan Margarita opam, xudo ularni bir
kunda tug'ilishday baxtga sazovor qilgan. Ularni yoshi yigirma ikkida. Bir kunda birin ketin dunyo yuzini
ko'rishgan. Lekin ikkovlari ikki xil olam. Harakterlariga
esa uncha chidab bo'lmaydi. Martin akam san'at
kollejida o'qisa, Margarita opam esa dadamizning
ishlarini qo'lga olish uchun advokat bo'lish uchun
huquqshunoslik institutida o'qiyabdi. Nima emish,
kimdir oila ishini davom ettirishi kerak. Bo'lmasa
Miller oilasi sha'niga dog' tushar emish. Kulgili.
Genri Miller va Anna Miller haqida aytishim hmm
o'ylab ko'ring. Ular kim? Albatta ota onamiz. Yoshlari
orasida uch yosh farq borligini hisobga olsak, otam
qirq oltida, onam esa qirq uch yoshda. Menimcha
to'g'ri yozdim. Dadam oldin aytib o'tganimdek
advokat bo'lib ishlaydilar. Oyim esa mohir dizayner.
Meni o'zlari bilan ishga sudrab olib ketadigan. Va eng
qimmat va chiroyli liboslarni kiydirib, suratga olish
ishlarida band qilganlar. To'g'ri bu ish menga uncha
yoqmaydi. Ammo nailoj rozi bo'lmaslikni ilojisi yo'q.
Keyin kim ham model bo'lishni xoxlamaydi?
- Iltimos, dadajon bora qolaylik. Iltimos. Axir
yaqinda yoz fasli bo'lsa. O'qishni esa bitirgan bo'lsam.
Hatto qizil shahodatnoma olganman. Xo'p deng.
Boraylik.
- Yo'q. Syu meni ham tushun. Yaqinda eng
muhim ishni oldim. Undan oldingi ishim ham chala.
Ularni hal qilishim kerak. Bora olmaymizmi deb
qo'rqaman. Bu yilgi yozda ham qiladigan ishim ko'p
ekan. Kechir.
- Yo'q. Nega doim yo'q deysiz? - birdan yerga
o'tirib yig'lay boshladim. Ammo bu safar hech kim
ovutmadi. Ko'z qirimni oyimga olib o'tdim. Yo'q
bemalol nonushta qilib, planshet tintib o'tiribdilar. -
Oyiii.
- Ha qizalog'im. Gapir. O'zi shu kunlarda yozgi
kalleksiya haqida bosh qotiratotgan edim. Senga
chiroyli libos tayyorlab qo'yilgan. Uni kiyib rasmga
tushishing kerak. Menimcha bu yoz zerikmay
o'tkizasan. Xo'sh qalay?
- Aaaaaa. O'zi meni eshitdizmi? Bu uyda meni
kimdir eshitdimi? Hech kim menga e'tibor ham
bergani yo'q.
- Ertalabdan nima to'palon? Syu yerda nega
o'tiribsan? O'rningdan turib stol boshiga kelib o'tir.
- Akaaa. Siz hech bo'lmasa meni eshiting.
- Kechagi masala bo'lsa buni iloji yo'q. Meni o'qishim bor. Shu kunlar amaliyotga chiqamiz.
Shifokor bo'lish oson emas. Bilasanku. Shuning uchun
tinmay o'qish va mehnat qilishim kerak.
- Siz hammi? Maylida o'zi Syuzanna kimga kerak?
Uni fikri yo'q. Qo'lidan qaysi tomonga yetaklashsa
ketaveradigan "qo'y" bo'lsa. - alam bilan labimni
shishirdim.
- Salom. Nonusgtaga nimalar bor. Ovv bizning
Syu nimaga xafa?
- Martin aka endi siz boshlamang. Kayfiyatim
rasvo.
- Dengiz yoniga borish masalasi yana qayta
yigirma beshinchi sudda ko'rib chiqildimi? Kecha sud
majlisi tugagan edi shekilli.
- Tugamagan Marti. Bu sud jarayoni dengizga
bormaguncha tugamaydi. Hatto hurmatli sudya
janoblari ham buni inkor qilsalar ham, bolg'achalari
bilan qancha stolga urmasinlar ish tugamaydi. -
Margarita opam kelib yonimda joy olgach. Hamma bir
lahza menga qaradi. Qovog'im uyilgan, ancha
vaqtdan beri shu mavzu ochilganidan beri
kulmagandim. Menimcha bu mavzu qaytib ko'rilsa
kerak? Men xursand bo'lmaguncha, bu uyda shunday motam bo'lishini bilishgani uchun ham hozir.
- Syu qizim. Rosttan ham bu yil bora olmaymiz.
Kel shuni keyingi yilga qoldiraylik. Nima deysan?
- Axir o'tgan yili menga va'da bergan ediz. Bu yil
albatta boramiz deb. O'sha yili sizni lavozimizni
ko'tarishgan, oyimni katta liboslar namoyishi bor edi.
Hatto Devid akamni ham muhim ishi chiqqandi.
Menga esa doimgidek oyimni liboslarni kiyib, suratga
tushish qolgan. Margarita opam bilan Martin
akamgina ta'tilni dam olib o'tkazishgandi. Nima endi
men odam emasda. Meni o'zi fikrimga kim qiziqqan?
Endi qiziqsa. - ko'zimga yosh yig'ilib tepa qavatga
chiqib ketdim. Yotog'imga sekin yotib, shiftda osilib
nur ta'sirida yiltirlab turgan yulduzlarni tomosha
qildim. Ammo ko'p o'tmay yig'lab yubordim.
Aldoqchilar. Doim shunday bu yil boramiz. Shu yil
sabr qil deb. Har yil ish bilan band bo'lishadi. O'sha
ish mendan ustunmi? Axir bir marta borsak nima
qilibdi? Har yili boraman deyayotganim yo'q ediku.
Ammo ular meni tushunishmadi. Tushunmaydilar
ham. Axir dugonalarimga so'z berganman. Dengizga
borsam rasm tushaman va dengiz bormagansan deb
mazahlagan qizlarga isbot uchun ko'rsataman. Meni
qanday rasm olishimni. U yer menga juda qiziq. Axir biron marta uydan yiroqqa ketmagan bo'lsam.
Albatta uy bilan ateleni o'rtasidagi masofani aytmasa.
Men deyarli shaharchadan tashqari chiqmaganman.
Eshigim bir necha bor taqillab, sekin ochildi.
Ko'zimni yumib uxlab qolganga soldim. Kim bo'lsa
ham u bilan gaplashmayman. Hammalari dan hafa
bo'lganman. Kim kelgan bo'lsa ham, u sekin ichkari
kirdi.
- Zana, uxlamadingmi? - Devid akam? U nega
keldi? Ammo men indamadim. Uxlab qolgan deb
o'ylashini istab jim yotdim. - Zana bilaman uyg'oqsan.
Axir allaqachon tong otgan. Bu vaqtda uxlab
bo'lmaydi. Zana. Meni kechir. Bilaman seni hafa
qildim. Ammo ularni ham tushun. Sen uchun harakat
q qilishyabdi. To'g'ri dengizga olib borishgani yo'q.
Ammo ta'til olishlari uchun hozir tinmay ishlayabdi.
Erta indin ikki hafta dam olish kuni olishadi. Shunda
birga dengizga borar ekanmiz.
- Rostanmi? - o'rnimdan sakrab turib ketdim. -
Aldamayabsizmi?
- Yo'q. Aldashni menga nima keragi bor? Faqat
shu ketayotgan payt bu haqida aytmoqchi edik.
Shunga sabr qil dedimda. Ammo sen bu ahvolda yurganingni ko'rib, dadam borib ayt dedilar. Xullas
tayyorlan qizaloq erta emas indin ketamiz.
- Urre. Sizlarni juda qattiq yaxshi ko'raman. Hatto
uyimiz qorovulini ham.
- Uni nimaga?
- Bilmasam. - o'zimni jinnilikka solib tirjaydim.
Hozir nimadir desam, boshqa sirlar ochilib ketadi. Bu
esa yaxshi emas. Keyin kechasi kim ko'chaga
beruxsat chiqqanimni berkitadi? To'g'rirog'i uxlab
yotgan paytlari chiqib kirishimni bilib qolishadi. Huh.
- Mayli qani yur endi nonushta qilamiz.
- Yo'q. Meni qornim to'q. O'zingiz tushing. Men
biroz uxlayman. Boya erta turgandim.
- Yo'q bunaqasi ketmaydi. Nonushta qilishga
tushmasang, senga quymoq qolmaydi. Ayniqsa
kremli quymoq.
- Kremli quymoq. Meniki. - Devid akam ortidan
yugurib pastga tushib ketdim. Hali hech kim quymoq
yemabdi. Ammo kremli quymoq yoqku. Qani? Dadam
bilan oyim ishga ketishgan ekan. Kamiga Martin
akam ham yo'q. Margarita opam esa sharbat ichib,
salat yeb o'tiribdi. Kokatchi. Doim ko'katli salat yeydi.Nima emish qomatni narmal saqlar ekan. Men bo'lsa,
o'zi ozg'in bo'lsam menga kerak emas deganman.
Rosttan ham shunday. Menga undan ko'ra ko'proq ye
deb biqinibga niqtab turishadi. Hih hi hi hi. Koshki
men shu narsaga amal qilsam.
- Ha aytgancha kremli quymoq qilishgani yo'q
edi. Kechirasan Zana. Endi boshqa narsa yeb
turishing ga to'g'ri keladi.
- Hali shunaqa deng? Ko'ramiz meni aldaganiz
uchun men nima qilishim mumkin ekanini. Ko'rsatib
qo'yaman sizga. Meni kimsan Syuzanna Miller deb
qo'yishibdi.
Kechgacha kayfiyatim a'lo darajada yurdim.
Kerakli kiyimlarimni tez tayyor bo'ldi. Hatto oyim
yuborgan haydovchi bilan ishga bordim. Tixirlik
qilmay bergan kiyimlarida ming xil tovlanib suratga
tushdim. Suratga olayotgan yigit bugun zo'r ishtiyoq
bilan ishladi o'zi ham. Buni meni koyimay rasmga
olganidan bildim. Bugun hamma xursand. Men ham
albatta. Shuning uchun kechqurun uyga qaytgan payt,
olgudek charchaganimni his qildim. Oldin sira bunday
ishlamagan edim. Yoqar yoqmasa qilgandan keyin
yana nima bo'lishi mumkin?
Kechlik dasturxon tuzalgach, bazo'r pastga
tushdim. Keyingina ota onamni mendan ham
charchab kelishlarini tushundim. Hozir ham uxlab
qolay deb stol atrofida o'tirishgan ekan. Yugurib borib
dadamni quchoqlab oldim.
- Meni kechiring. Sizga nohaqlik qildim. Bitta
gapni aytib sizni ham zeriktirib yubordim.
- Sen meni kechir. Va'da berishga berib qo'yib,
bajarmaganim uchun.
- Demak bizni ham kechirding. Chunki bizni ham
bu yerda hissamiz bor.
- Albatta opa. Qaysi odam o'z oilasidan hafa
bo'lib kechirmaydi. Albatta Kechirasan. To'g'rirog'i
kechirganman.
- Ax shayton qizcha.
Ertalab uxlab yotgandim. Qulay va issiq o'rinda.
Hali hech kim turmagan. Bunga amin edim. Chunki
hali tong yorishmagan va soat 5°° da qo'ygan
budilnigim ham jiringlagani to'g'rirog'i kuy
taratmagan edi. Eshigim qachon ochildi bilmayman.
Ustidan ko'rpam uchib ketgach, o'rnimdan bazo'r turdim. Uyqum ham buzildi.
- Kim u? - dedim ko'zimni ochmay. - Ertalabdan
xonamga pishirib qoyibdimi? Bor ket kim bo'lsang
ham. Uyquni beliga tepmay.
- Zana tur. Tong otgani qachon edi.
- Aka yana bir oz uxlay. Kecha charchagan edim.
Uyqum kelyabdi.
- Bir senmi kecha charchagan? Hamma
uyg'ongan. Faqat sen uxlab yotibsan. O'rningdan
turmaysanmi? - boshimni ko'tarib zo'rg'a ko'zimni
ochib qaradim. - Unda uxlayver. Seni uyda yolg'iz
tashlab, o'zimiz dengiz sayohatiga ketamiz. Mayli
nima ham derdim? Yakka o'zim orqa o'rindiqda
yastanib yotib ketaman.
- Nima? Dengizga sayohat?
- Ha. Bugun ketamiz. Nima esingda chiqdimi?
- Yo'q yo'q. Esimda faqat hozir endi mana turdim.
- akam kulib yuborgach bor uyqum ham uchib ketdi.
- Turdingmi?
- Ha. Ammo siz bu yerda nima qilyabsiz?
- Seni uyg'otgani keldim. To'g'rirog'i chaqirgani.
Ammo sen hali ham turmabsan. Axir soat 6dan oshdi.
- Axir 5da budilnik chalinishi... - gapim tugamay
budilnik "kuylay" boshladi. Devid akamga burdalab
yuborgudek qarab, yostiqni qo'limga oldim.
- Zana hayolingga ham keltirma.
- Keltirib bo'ldim. - yostiqni otib yubordim.
Ammo Devid chaqqon eshikdan chiqib, yopib qo'ydi.
Yostiq borib eshikka tegib, pastga shilq etib tushgach.
Qayta eshik ochilib Devid akam yarim beli bilan kirib,
- Zana tezroq bo'l. Bo'lmasa seni tashlab ketamiz.
Keyin uch yillik dengizga borish orzuim amalga
oshmadi deb yig'lab yurma.
- Besh yillik ediku. - dedim norozi qosh chimirib. -
Ikki yili qayoqqa ketdi?
- Bizdan oldin dam olishga dengizga ketgan.
- Akaaa.
Akam hazl qilib xonamdan uchib chiqib ketgach,
men tentak qiz bu xabarni miyamda qaytib tahrirlab
chiqdim. Keyingina bugun ketishimiz yetib keldi.
Uchib o'rnimdan turdim. Besh daqiqada shunday tez
qimirlab yuvinib tarandimki. Oldin sira bunchalik tez
kiyinganim yodimda yo'q. Oldimda hatto eng tezkor raketa ham immilagan bo'lar edi.
Kichik qora sumkada yozgi kiyimlarim va
cho'milish uchun qulay kiyim soldim. Yana mayda
chuyda narsalar bilan deyarli to'ldi. Shuning uchun
kichik ryukzakka kamera, planshet, telefonim va
quvvatlagichlarni soldim. Yana o'qish uchun kitob, bir
qancha bosh daftar va turli xil qalam ruchka soldim.
Nima u yerdagi sarguzashtlarni yozmasam bo'lmas.
Pastga tushganimda hamma chiqish eshigi
tagida to'planib turgan ekan. Nimadirni
muhokamasini berilib qilishardi ki, meni hatto pastga
tushib kelganimni ko'rmay qolishdi.
- Oo ana kichik smurfcha pastga tushdi. Endi biz
o'zimiz bir chelak hovuz suvidan olib, - Martin akamni
Margarita bir urdi. Gaplari shu yerda uzilib qoldi. -
Margarita nimaga urasan? Xullas o'sha suv bilan seni...
- Uyg'otishga chiqmoqchi edik. Shu gapni
chaynalmay tez aytish mumkin ku. Sen bo'lsa.
- Meni sizlab gapir. Yoqsa...
- Nima yoqsa? Urasanmi?
- Ikkingiz ham uyda qolasiz. Qani janjal qilmay
tashqariga chiqing. Bugun qora fordda ketamiz.
- Nima? - Devid akam tushunmay so'radi. -
Hamma bitta mashinada ketadimi?
- Albatta. Bo'lmasa sayohat nimaga kerak?
Alohida mashinaga hojat yo'q. Sizlardan kimdir ko'z
quloq bo'lib turishi kerak. Bo'lmasa bo'lmaydi.
- Xo'p oyi.
- Ammo meni Ferrari Black.
- Mashinang uyda qoladi. Har holda mashinanga
dengiz sayohatiga olib boraman deb va'da bermagan
chiqarsan? A Martin? Nima deding?
- Margarita, Devid bas qiling. Martin sen ham.
- Xo'p bo'ladi oyi.
- Xo'p oyijon.
Ha janjal ham tez tugadi. To'g'rirog'i hamma
furgong mingach tugadi. Men va Devid akam eng
oxirida o'tirdik. Bizdan oldin Martin akam va
Margarita opam o'tirdi. Old o'rindiq ikki kishiga
mo'ljallangan uchun kim o'tirganini aytishim shart
emas chiqar. Xullas kayfiyat ming. Va men shuncha
paytda beri aytilgan sayohatga ketyabman.
Ketyabmiz. Qoyil.
- Syuni doimgidek qulog'i og'zida. Meni yozgi
ta'tildagi barcha rejalarimni barbod qilganidan xabari
ham yo'q. - Meni gapim inobatga olingani va uyda
qolish aperatsiyasi amalga oshmagani uchun meni
gap bilan siylab keta boshladilar. Qulog'imga
quloqchin ulab olganimdan keyin gaplari eshitilmay
qoldi. Mashina shovqini bilan o'zim yoqtirgan
musiqalarni telefon quvvati 5%ga tushib
qolmaguncha eshitdim. To'g'rirog'i dengiz yonida
qurilgan mehmonxonaga borgunimizcha. Oynadan
mashinalarni kuzatib borib juda tez borgandek
bo'ldim. Yo'lda uxlab qolganimniku, aytmasam ham
bo'lar. Shuning uchun bo'lsa kerak. Tez yetib keldik
deb o'ylagan bo'lsam kerak.
Izohlar
0