Bir kuni biz juda qattiq tortishib qoldik. U uydan jaxl bilan chiqib ketti. 3 kun yo'q bo'lib ketdi. Shu orada meni mazam bo'lmay banisaga bordik. Va shifokorlar meni xomlador ekanligimni aytishdi. Men juda xursand bo'ldim. Oyijon xam eshitib quvonib ketti. Bu xabarni tez erizga aytamiz dedi. Men ularga o'zim aytmoqchiman dedim. Va shxardagi uyga boishga tayorlandim va yo'lda xar xil turli shirin orzular bilan bordim. Buni eshitsa turmush o'rtog'im xursand bo'ladi deb oylagan edim. Uyga borib eshikni ochishimni bilan uyimizdan bir ayol chiqib keldi. Kozlarimga ishonmasdan avvaliga kvartiran qoygan ekan shekili deb endi qaytayotgan edimki ichkaridan kim ekan deb erim chiqib keldi! Nima qilishni bilmay qoldim va erimni bir tarsaki urdim va tashqariga chiqib kettim. Shundaxam xayollarimda u xozir ortimdan keldi uzur so'raydi uyga olob ketadi deb kutardim ammo xatto bir ogiz xam gapirmadi. Men o'zim bilmagan xolda chetka bir joyga borib o'tirib yiglaganimcha 5 6 soat qolib ketibman xattoki telefonnixam eshitmabman. Kechi soat 10larda katta opamni eri pochcham meni topib uylariga olib bordi. Nima bolgani xechkim tushunmagan. Uyimdagilar xammasi xavotirda o'tirishgan ekan. Oyijon o'g'lini tabriklab tel qilgandan keyin bilib erim xam izlagan ekan. Shu bilan farzandim 4 oylik bo'lgincha o'zimni uyimda yashadim. Erim kelib olib ketishga xarakat qilardi oyisi xam xar kuni kelar edi. Bir kuni oyijon kelib menga xamma xaqiqatlarni aytdi. Erimni sevgan qizi bo'lgan ekan. Lekin erimni uyidagilari uqizni olib berishmagan ekan erim xammani kondirguncha u qiz erga tegib ketgan ekan. 4 yil yashab 3 yoshli o'g'li bilan uyiga qaytib kelibdi. Va yana ular topishib olishgan ekan. Lekin oyisi men faqat sizni tan olaman o'g'lim ham uyga qaytdi deb tinmay uzur so'radi. Erimxam uzur so'radi buni boshqa qaytarmaslikka vada berdi. Men uni shunchalar sever edimki ko'zim va yuragim faqat uni ko'rdi va men u bilan kettim. Akalarim juda qarshi bo'lishdi. Lekin men kettim. Xammasi yaxshi edi ammo xomladorlikdanmi bilmadim erimga qarasam osha kun ko'z oldimga kelardi. Juda ko'p janjallashardik. May oyi kichkintoy 6 oylik boldi qizaloq ekan. Shu oyda meni xam tugilgan kunim edi osha kuni xam juda qattiq janjallashdik. U uydan chib ketti va kechga mast xolatda keldi. U umuman ichmasdi ishgan xolatini 1marta ko'rdim. Keldida birdaniga menga jaxl qilib ketti menxam tilim qursin gap qaytardim. Birdaniga bir urib ketti seni bolang qiz ekan menga qiz kerak emas menga o'g'il kerak, ayniqsa sendan bola kerak emas deb urib ketti men nima qilishimni bilmay baqirdim u esa eshikni qattiq yopib ko'chaga chiqib ketti. Oyijon va dadajon yugurib kelishdi eshini ochishmoqchidi eshik ochilmdi. Qattiq yopkanida qulflanib qolibdi, eshikni buzib kirishdi lekin mendan qon ketishni boshlagan edi. Shifoxonaga bordik bolani tushirib olishibdi bola nobut bolgan ekan.
Davomi bor....
Izohlar
0