Go'zal bolalikni tugashi.
Men 16 yoshda edim. Endigina maktabdi tamomlagan xali xech narsani bilmaydigan oddiy sodda qizaloq edim. Meni otan onam ajrashgan men esa buvim va bobom bilan ulg'ayganman. Men oilada yagana farzan emasman meni 2 opam 2 akam bor. Oyim boshqa tushmush qilgan, dadam xam xuddi shunday. Katta akam oldin oyim bilan ketgan edi, keyin uylangandan so'ng aloxida uy olib chiqib ketgan. Katta opam esa buvim bilan qolgan(dadamni oyisi). Kichik akam va kichik opam dadam bilan ketishgan. Kichik ooam xam turmushga chiqib ketgan. Akam xam uylangan. Biz xammamiz aloxida muxitda katta bo'ldik. Men maktabni tamomlab kollejga kirmoqchi edim ammo bir kuni uyimizga sovchilar keldi! Bola mendan 7 yosh katta ekan. O'qimishli ishlari tayin organ xodimi ekan. Ota onasi xam juda yaxshi ziyoli oila ekan. Avvaliga men rozi bo'lmadim. Xammasi tinchib ketti ularxam jim. Bir kuni ko'chada o'sha menga aytishgan yigitni korib qoldim. U juda kelishgan boylari baland gavdali formalri o'ziga rashib turar edi. Bir kordimku yuragim jimirlab ketti, va sokin indamasdan oldidan o'tib ketdim, u xam jimgina bir ogʻiz xam so'z aytmasdan uyimga kuzatib qo'ydi. Men bundan juda xursand edim. Bir necha kundan so'ng oyisi yana keldi va non sindirishdi. Toy juda tez bolib ketti meni yoshim xali turmush qurish yoshiga yetmagani uchun zaks olmadik. Toyimiz juda chiroyli bo'ldi xammani xavasi keldi. Meni oilam juda yaxshi qaynonam xali yoshsiz bemalol uxlab dam oling ishlar qolib ketmaydi derdi xamma narsani o'rgatadi. Biz 3oy juda yaxshi yashadik. Keyin turmush o'rtog'im uyga kam kelishni boshladi. Bizni shaxardaxam uyimiz bor edi. Ishdan kech kiqgan kuni o'sha yerga qolar edi. Borgan rasi uyga xaftada 2 yiki 3 marta keladigan bo'ldi. Bir kuni tasodifan telefoniga kelgan esemesni korib qoldim. U begona qizdan ekan. U buni sezdida seni bunday meni telefonimni kavlash odating yo'q edi ku deb qoldi. Men uzur so'rab telefonni qoyib chiqb kettim. Keyin u mendan uzur so'radi xato qilganini aytdi. Xammasi yana o'z o'rniga tushdi, deb o'ylagan edim lekin bunday bo'lmadi.
Davomi bor.....
Izohlar
0