1-BOB. MEN BILGAN DUNYO
Har bir kun o‘ziga xos boshlanadi. Kimdir yangi umidlar bilan uyg‘onadi, kimdir esa kechagi kunning tashvishlarini hali ham xayolidan chiqara olmaydi.
Maryam uchun bugun ham oddiy maktab kunlaridan biri edi.
Tong saharda budilnik ovozi eshitildi. Maryam ko‘zlarini ochib, bir muddat shiftga qarab yotdi. So‘ng o‘rnidan turib, deraza pardasini ochdi. Tashqarida quyosh asta-sekin ko‘tarilayotgan, ko‘chalar esa endigina uyg‘onayotgan edi.
— Maryam, qizim, nonushta tayyor! — dedi onasi oshxonadan.
— Hozir, oyijon!
Maryam yuz-qo‘lini yuvib, maktab formasini kiydi. Oq ro‘molini chiroyli qilib o‘radi va oynaga qaradi. U o‘ziga qarab jilmaydi.

Maryam o‘n besh yoshda edi. U oilasining yagona farzandi bo‘lib, ota-onasining mehrini olib ulg‘ayayotgan qiz edi. U a’lo baholarga o‘qirdi, maktab tadbirlarida faol qatnashardi va maktab sardori edi. O‘qituvchilar unga ishonishar, sinfdoshlari esa ko‘pincha undan maslahat so‘rashardi.
Ammo Maryamning bir odati bor edi: u o‘z fikridan osonlikcha qaytmasdi. Kimdir uning fikriga qarshi chiqsa, albatta, o‘z qarashini himoya qilardi.
— Bugun yana maktabda ishlaring ko‘pmi? — deb so‘radi otasi nonushta paytida.
— Ha, dada. Bugun sinfimiz bilan yig‘ilishimiz bor.
— Faqat o‘qish bilan cheklanib qolma, qizim. Hayotda odamlarni tushunish ham muhim.
Maryam otasining gapiga kulimsiradi.
— Men odamlarni yaxshi tushunaman-ku!
Otasi unga mehr bilan qaradi.
— Hali ko‘p narsani o‘rganasan.
Maryam bu gapga unchalik e’tibor bermadi. U o‘zini hamma narsani tushunadigandek his qilardi.
Maktabga yetib kelganida, yo‘lakda uni bir nechta sinfdoshlari kutib oldi.
— Maryam, bugungi yig‘ilish esingdami? — dedi ulardan biri.
— Albatta, esimda. Tanaffusda gaplashamiz.
Shu payt orqadan tanish ovoz eshitildi:
— Maryam!

Bu Muslima edi. U ham oq ro‘mol o‘ragan, doimo sokin gapiradigan qiz edi. Ular bir sinfda o‘qishardi. Tanishganlariga ko‘p bo‘lmagan bo‘lsa-da, qisqa vaqt ichida juda yaqin dugonalarga aylanishgandi.
— Qalaysan? — deb so‘radi Muslima.
— Yaxshi. O‘zing-chi?
— Alhamdulillah, yaxshiman-dedi Maryam
Ular birga sinfxonaga kirishdi.
Maryam hali bu kun uning hayotidagi oddiy kunlardan biri bo‘lib qolmasligini bilmasdi. U hali odamlar haqida bilmagan narsalari, o‘zi kutmagan voqealar va kutilmagan tanishuvlar oldinda ekanini tasavvur ham qilmasdi.
Chunki inson ba’zan o‘z dunyosini juda yaxshi bilaman deb o‘ylaydi...
Maryam sinfga kirarkan yana oʻsha qiz-Diana.Diana tashqaridan samimiy va odobli koʻringani bilan,ichidan Maryamga hasad qilardi,u bilan bellashardi.

Diana Maryamga qarab dedi:
-Salom,Maryam yaxshimisan?Bugun tadbir bor esingdami?
-Vaalaykum assalom va rohmatulloh va barokatuh, Alhamdulillah, yaxshiman.Oʻzing yaxshimisan?Ha,esimda.
-Yaxshiman.Hop,unda tadbirni men birinchi boʻlib boshlab beraman,hopmi?Yoki xohlamaysanmi?
-Nega, xohlamayman?Axir,bir sinfda oʻqiymiz.Birga sinfimiz uchun kurashishimiz kerak.
-Haa...Mayli.
Deya gapni tugatdi,Diana.
TADBIR BOSHLANDI:
Maryam doimgidek,mikrofonda tadbir boshlanganini eʼlon qildi.Diana esa birinchi boshlab berdi.Diana raqs tushishga usta edi,shuning uchun raqsga tushishni tanlagan.U raqsni tugatib boʻldi va Maryamga qarab qoʻydi,keyin joyiga borib oʻtirdi.Qolgan oʻquvchilar ham birin-ketin oʻz mahoratlarini koʻrsata boshlashdi.Maryam ham tillarni bilishda usta edi va kitob oʻqishni ham yoqtirardi.U tadbirda har xil tillarda gapira boshladi va hasadgoʻy Diana yuzini burishtirib turaverdi.Maryam gapirishni tugatdi va hamma qarsak chaldi.
Direktor:
-Maryam,senga ishonaman.
Tadbir tugadi,natijalar eʼlon qilina boshladi.
Direktor:
-Men natijalarni ayta boshlayman.
1-oʻrin:...Maryam!
2-oʻrin:Sofiya
3-oʻrin:...Diana
Maryam yuzida kulgu bilan sahnaga chiqib raxmat aytdi,lekin Diananing yuzi yorishmasdi.Maryam unga eʼtibor ham bermadi.Chunki bunga oʻrganib qolgan edi.
Darslar tugadi,Maryam va Muslima sumkalarini yigʻishtirib, biroz sayr qilishni xohlashdi.
-Muslima,biroz sayr qilaylik.
-Hop, kettik goʻzalim.
-Raxmat
Ular birinchi boʻlib kitob doʻkonga borishdi.Maryam kitoblarni koʻra boshladi va oʻzi xohlagan kitobni sotib oldi.

-Boʻldimi?Endi bogʻga boraylik,Maryam.
-Hop, kettik.
Ular birozdan soʻng chiroyli manzarga yetib kelishdi,u yer juda chiroyli edi.

Maryam u yerdagi chiroyli gullarni koʻrib,uza boshladi va ularni Muslimaga berdi:
-Oling,xonim.
-Vooy, raxmat.
Ular shunday qilib hazillar qilishdi,birga kulishdi.Ular bir-biri bilan vaqt oʻtkazishni yaxshi koʻrishardi.Har kuni bir-birlari bilan koʻrishardi.Yoʻlda borisharkan,Maryam hayol surib qoldi.Maryam "nega men tashqi muhitdan koʻp jabr koʻryapman?" Deb oʻziga-oʻzi savol berardi.Uyiga yetib keldi,Muslima bilan xayrlashib,uyiga kirib ketdi.
Onasi koʻrib:
-Goʻzal qizim, yaxshimisan?
-Alhamdulillah, yaxshiman, oʻzingiz yaxshimisiz?Charchab qolmadingizmi?Men tadbirda yana birinchi oʻrinni oldim,oyijon.
-Mashaallah,qizim.Tabriklayman.Borib kiyimlarni alishtirib ol,men senga yaxshi koʻrgan taomingni tayyorlab qoʻydim.
-Vooy, raxmat
Maryam xonasiga kirib ketdi.
Muallif yangi bob qoʻshganda u shu kitob sahifasida paydo boʻladi. Muallifga obuna boʻling — oʻtkazib yubormaysiz.
Izohlar
0