Har bir insonning boshqalarga ko‘rinmaydigan o‘z dunyosi, yashirin hislari va aytilmagan sirlari bor. Biz ba’zan insonlarni faqat tashqi ko‘rinishi va xatti-harakatlariga qarab baholaymiz. Ammo ularning qalbida nimalar kechayotganini bilmaymiz. 15 yoshli Maryam — maktabning faol, a’lochi va hurmatga sazovor qizlaridan biri. Uning hayotida do‘stlik, yangi tanishuvlar, kutilmagan voqealar, tushunmovchiliklar va turli sinovlar yuz beradi. Muslima bilan do‘stligi, Diana bilan munosabatlari va oilasidagi voqealar Maryamga hayot haqida ko‘p narsalarni anglatadi. Bu asar o‘smirlik, do‘stlik, mehr, ishonch, rashk va insonlarni tushunish haqida. Unda har bir qahramonning o‘z hikoyasi, har bir voqeaning esa o‘z sababi bor. Chunki ba’zan biz eng yaxshi bilaman deb o‘ylagan insonlarimiz haqida ham juda kam narsa bilamiz...