Lobarning ustidan muzday suv quyib yuborishgandek bo'ldi u gaplarni ichida takrorladi " Lobar endi kelgan kuni unga rahming kelib unga yaqinlashganing, ko'ngliga qarab dost tutinganing bu insoniylikning oliy darajasidek edi.
Rahm u... u menga achinib qo'l uzatganmi. Nega... u nega bunday qildi nega menga achindi barchasi yolgonmidi. U... Uylanaman dedimi" ko'zlari yoshlana boshladi uni eshitib qolmasliklari uchun og'zini qo'li bilan bekitdi. Suhbat davom etardi.
- Ali men.. men ham seni sevaman lekin Lobarchi u ham seni qanchalar yaxshi ko'rishini bilasan. U bilan dugona bo'lib unga yordam berganimga kelsak, u ham yaxshi va oq ko'ngil qiz shuning uchun biz dugonamiz. Iltimos bu gaplarni u eshitmasin. - dedi Nozima biroz g'alati ovozda
Lobar butunlay muzladi. Koz oldi qorong'ulashib hech nimaga tushunmay qoldi. Suhbatning qolgani qulog'iga kirmasdi. Nafas olishi qiyinlashib kiyimdagi tugmalarni amallab yechgandi-ki, boshida tushunib bo'lmaydigan qattiq ogʻriq tufayli yerga yiqildi. Suhbat buzildi, ikkisi ham eshik yoniga yugurishdi. Sovuq va biroz chala artilgan polda Lobar hushsiz yotganini ko'rib . Nozima baqirib yubordi.
- Lobar... , azizam nima bo'ldi senga. Iltimos uyg'on nima bo'ldi. Ali tez shifokor chaqir. Lobar azizam - deya Lobarni quchoqlab baqirardi
Ali shoshib qoldi ilk bor qo'llari huddi tok urgandek qaltirar. Qo'llari shunchalar qaltiraganidan telefonini ham tushirib yubordi tez egilib telefonni oldi
- A.. Alo tezyordammi tez odam hushidan ketganga o'xshaydi iltimos tezroq keling - derdi Ali arang chiqayotgan ovozida
Baqir chaqirni eshitib boshqa xonadagilar ham chiqishdi. Hech kim nima bo'lganini tushunmasdan faqat rasmga olib pichirlashgancha qarab turishardi. Bilol ismli yigit birinchi suv olib keldi va Lobarning yuziga huddi mayda yomg'irdek sepa boshladi. Bo'lmadi o'ziga kelmasdi. Ali toshdek qotib qolgan bo'lsa Nozima tinmay yig'lar, boshqalar esa tinmay rasmga olib tomosha qilishardi. Tez g'azablanadigan Bilolning asablari buzilib Lobarni Nozimaning qo'lidan yulqib oldi Ali endi qarshilik qilmoqchi edi-ki Bilol uni turtib o'tib ketdi. Lobar Bilolning tomirlari bo'rtib chiqqan va baquvvat qo'llarida hushsiz yotardi. Bilol esa qizni kotargancha binodan chiqib to'g'ri mashinasi tomon yurib borar. Tezda taksi to'xtatdi-da orqa eshikni ochib qizni avaylab yotqizdi.
- Tez va ohista hayda hohlagan pulingni beraman eng yaqin shifoxonaga - degancha xaydovchiga ham qaramasdan. Lobarning sochlarini silay boshladi.
Qiz Alini yaxshi ko'rishini bilsa da uni doim himoya qilib ko'ngliga qarab avaylab pinhona sevgan bir yigit edi Bilol . Bilolning ko'zlaridan mayda dur kabi dona - dona yosh oqa boshladi . U boya bo'lib o'tgan barchasini bir chetdan turib ko'rgandi va Lobarning maktab binosidagi holati ko'z oldidan ketmayotgandi. Lobar nafas olishi qiynalib koftasining bir ikki tugmasini yechib, birdan qattiq ogʻriq paydo bo'lgandek boshini changallagancha hushidan ketgandi. Shifoxona darvozasidan mashina katta tezlikda kirib keldi . Ichkariga Bilol Lobarni yana ko'tarib olib kirdi. Doktorlar Lobarning yonida hozir bo'lishdi. Tashqarida u yoqdan bu yoqqa borib kelib intizor bo'lib Bilol biror yangilik kutardi. Yugurgilagancha eshikdan Nozima va Ali kirib keldi.
Ali Lobarning holini so'ragan edi yam-ki Bilol jaxlini tiyib turolmadi. Bilol tabiatan tez jaxil qiladigan va o'ta rashkchi inson bo'lganligi uchun
- Seni u qiziqtirmasin uni ko'rishga loyiq emas san - derdi Alining yoqasidan mahkam ushlab olgan Bilol
- Nimalar deyabsan, u mening do'stim. Unga qayg'urishim tabiiy. Sen kimsan mega bunday ohangda gapiradigan - dedi da Bilolning qo'llarini siltab tashladi
Bilol uni urmoqchi bo'ldi-yu Lobar keyin hafa bo'lishini o'ylab zo'rg'a o'zini bosdi. Tomirlari bo'rtib chiqqan qo'llarining mushtini sekin bo'shatib asabiy holda stulga o'tirdi. Shifokor chiqdi hamma uning yoniga yugurib kelib og'zini poylay boshlashdi.
- Unchalik jiddiy emas bemor qattiq charchagan va deyarli to'yib ovqatlanmagan. Hozir o'ziga keldi, lekin, hozir u dam olishi kerak bo'lganligi uchun yoniga kirishingiz mumkin emas. Bilol chuqur va yengil nafas oldi. Oradan uch soatcha vaqt o'tdi kun tunga yaqinlasha boshladi Ali va Nozima uylariga ketishdi. Ular ketishi bilan Bilol shifokorning yoniga yugurdi. Shifokorning xonasi tor va hozirgina poli artilgan yo'lak oxirida joylashgan bo'lib. Bilol o'sha xonaga oshiqardi. Shifokor butunlay sukutga cho'lg'angan, devorlari kulrang ga bo'yalgan va o'ta tartibli jihozlangan honada bemorlarning hujjatlarini ko'rib o'tirardi. "Taq taq" sukut buzildi.
- Kiring - biroz baland ovozda gapirdi doktor
Bilol xonaga kirdi, stol yonidagi o'rindiqqa cho'kdi.
- Doktor iltimos haqiqatni menga ayting. Azizova Lobarga nima bo'ldi. Men.... Men usiz hayotimni tasavvur qila olmayman. O'tinaman doktor, men... men uni qanday yiqilganini ko'rdim. U boshini qattiq ushlab olgandi. Bu oddiy charchoq emas bilaman iltimos ayting - derdi Bilol shifokorga yalinchoq va biroz yig'i aralashgan ovozda.
- Yaxshi tinchlaning men sizga aytaman, balkim siz uni ko'ndira o'ylarsiz - deya chuqur nafas olib shifokor davom etdi - Unda orqa miya saratoni ikkinchi bosqichi hozirdan davolansa bir necha yildan so'ng sog'ayadi. Lekin u davolanishni hohlamayabdi. U "barcha ma'suliyatni o'z bo'ynimga olaman, davolanishni hohlamayman "deb qaysarlik qilyabdi. Shuning uchun ham boshida buni sizlarga aytmasligimni tayinlandi. Lekin o'z bemorimni sog'ayib ketish ehtimoli bo'lishiga qaramay, uni o'lishiga yo'l qo'y olmayman..
Gapni oxirigacha arang eshitgan Bilol toshdek qotgan, muz kabi butun vujudi muzlab qolgandi . Uning ko'zlaridan yosh yumalab tusha boshladi. Bilol shu yoshigacha ikkinchi marotaba yigʻlashi bo'lib . Saymn ilk bor sakkiz yoshida onasi og'ir kasallik tufayli o'lganda yiglagan . Ilk muhabati, shuncha o'tgan bahorlarining ilk guli, birinchi qor kabi go'zal sevgisi. U ham huddi onasi kabi o'lishi mumkinligidan qo'rqdi, titray boshladi. Doktor Bahrom Siddiqovich oraga chokkan bir necha daqiqalik sukutdan so'ng yana davom etdi.
- Azizova Lobarni qanday bo'lmasin ko'ndirib ko'ring iltimos. Agar uni ko'ndira olmasangiz, u.... u tahminan ikki yarim uzog'i uch yil yashay oladi. Siz Lobarni qattiq sevishingiz va unga qayg'urishingiz bilinib turibdi. - Doktor Bahrom Siddiqovich chuqur nafas olib davom etdi - Emma ertaga shifoxonadan chiqadi. Unga g'amxo'rlik qiling. Unga mumkin bo'lmagan narsalarni yozib beraman. Eng muhimi dorilarni vaqtida davomiy ichishi va asabiylashmasligi. Buni unutmaysiz degan umiddaman.
- Hamma hammasi uchun katta rahmat. Men uni davolanishga kondiraman. U ko'rmagandek bo'lib ketadi. Uni onam kabi qiynalib o'lishiga jim qarab turolmayman. Men hozir uning yoniga boraman. Va'da beraman unga doim g'amxo'rlik qilaman. Dorilarni o'zim nazorat qilaman. - deb Bilol ko'z yoshlarini artib chuqur va biroz og'ir nafas oldi.
U kasalxona karidorida Lobarning oldiga shoshgancha yugurardi. Vanihoyat, u yetib keldi. Qo'llari o'ziga boysunmas dag'-dag' titrardi. Arang eshikni ochdi. Ichkarida kechki shabada uchun ochilgan derazadan esayotgan yengil shamol. Bemor kiyimidagi qor kabi yuzlari oq qizning, odamni o'ziga maftun qiladigan uzun qora sochlarini ohista silardi.
- Ooo.... Bilol salom, sen hali ham uyinga ketmadingmi, meni ko'rikdan o'tkazgan shifokor meni bu yerga sen olib kelganingni aytdi. Katta rahmat sendan minnatdorman. Aa.. Aytgancha Ali va Nozima qani. Ular ketishdimi -yoqimtoy malla ko'zlar Bilolga qadaldi.
- Sen nega yana ular haqida sorayabsan. Axir ular tufayli o'sha suhbat tufayli sen shu yerdasan. Ular tufayli kasalliging qo'zg'aldi. Yana ularni soraysanmi - Saymn biroz jahl va biroz yig'i aralashgan ovozda gapirdi-da qiz yotgan joyga yaqinlashdi.
- Demak sen barchasini bilasan.-birdan jiddiy tortdi Lobar -
- Maktabdagi suhbat va kasalligim haqida. O'sha ahmoq doktorga ishonib bolmasligini bilgandim - kulgu aralash alam bilan oxirgi so'zlarini gapirdi Lobar
- Buyog'iga nima qilmoqchisan
- Hozircha bilmadim lekin albatta qasos olaman va sening yordamning kerak bo'lishini his qilayabman. Hosh yordam berasan mi. - umid bilan bilolga qaradi
- Bitta shartim bor.
- Davom et - yengil tabassum qilib sokin gapirdi
- Davolanasan, hech qanday dorini qoldirmay ichasan. Sog'ayasan iltimos hech bo'lmasa men uchun.
- Men buni hohlamayman. Yetarlicha yashadim, qasos olishga ham vaqtim bor. Tushun men charchadim bu esa imkoniyat.
- Men seni huddi onam kabi vafot etishingni hohlamayman.
- Onang...Sening onang o'lganmi
- Ha. U sakkiz yoshimda oq qon kasaligidan vafot etgan. U juda ko'p azob chekdi. Sen ham azoblanishingni hohlamayman. Iltimos Lobar o'tinaman.
- Ochig'i men buni bilmasdim uzur. Lekin Bilol men tinch va hotirjam o'lishni hohlayman. Shifoxonada kimyoviy terapiyalar tufayli har kuni bir o'lib tirilishni xoxlamayman. Kamiga sochlarim ham to'kilib ketadi. Sen... Sen shifokorlarga ishonma, bu dardning da'vosi yo'q. Shifoxonada davolanishga qaror qilsam bu faqat bir oz umrimni uzaytiradi xolos. Lekin men o'sha qisqa bo'lsada umrimni shifoxonada emas o'zim xoxlagandek o'tqazishni xoxlayman. Bir narsani unutma, men davolanishni boshlasam... Meni kasallik emas, muolajalar va mana bu shifoxona o'ldiradi. Iltimos men qisqa va mazmunli yashamoqchiman.
Biroz oraga cho'kkan alamli va qandaydir mahzun sukutdan keyin yigit gapida davom etdi.
- Shifoxonada to'liq davolanmasang ham ogʻriq qodiruvchi dorilarni muntazam ichishga va'da ber. Men doim sening yoningdaman . Hech qachon seni yolg'iz tashlab ketmayman va'da beraman - Bilol o'zini qo'lga oldi, tinchlanishga urindi. Chunki u ham bilardi kimyoviy muolajalar qanchalik odamni charchatib holdan toydirishini. U onasida ko'rgan bu og'riqlarni.
- Shunday deyishingni bilardim. Raxmat menga nisbatan haqiqatgo'y va samimiy bo'lganing uchun. Meni aldamaganing uchun.
Bilol quyosh tun quchog'idan chiqquncha mijja qoqmay Lobarga qarab chiqdi. Tong ham otdi, tahminan bir soatdan keyin kasalxonadan chiqishadigan bo'lishdi.
- Topdim ......!!! - degancha baqirdi Lobar
Ichish uchun suv quyayotgan Bilol cho'chib ketdi. Qo'lidagi suvning ozginasi yerga to'kildi
- Nima? Nimani topding tinchlikmi - savol nigohida qaradi Bilol
- Tez.... Tez bo'l hoziroq uyga borishim kerak - tipirchiladi Lobar
- Hey sekinroq. Yaxshi uyinga o'zim olib boraman
Birdan Lobarning telefoni jiringlay boshladi. Lobar biroz o'zini bosib telefonni oldi.
- Alo... salom Ali . Ha men yaxshiman hozir uyga ketyapmiz. Yo'q kelib ovora bo'lmang, biz hozir ketamiz. Yaxshi ko'rishguncha. Nozimaga ham aytib qo'y havotir olmasin.
Ali... Bilol bu isimni eshitib qotib qoldi.
- Nohotki shuncha ishdan keyin ham uni sevsang - Juda pas va zaif ovozda pichirladi Bilol.
U Alining ismidan ham qattiq nafratlanardi huddi egasidan nafratlanganidek. Lekin uning bu ishida Lobar hafa bo'lmasin deb buni undan yashiradi. Hozir ham bu ismni eshitgach qoni qaynagan bo'lishiga qaramay o'zini bosdi va Lobarga g'alati qaradi. Lobar esa goshakni qo'yib yonidagi ko'zlari g'azabdan qizargan va buni yashirishga urinayotgan yigitga boqdi
- Havotir olma men o'zimni hafa qildirib qo'ymayman. Shu vaqtgacha chidaganim yetar. Hammadan hammasi uchun qasos olaman. Men ulardan shafqat so'ramagan edim - Qat'iy ohangda gapirdi Lobar.
Ular birga eshik tomon yurishdi ketayotganlarida doktor Bahromni ko'rib salomlashishdi.
- Hayrli tong doktor.
- Hayrli tong Lobar
- Salom doktor
- Sizga ham salom
- Aytganlarimni o'ylab ko'rdingizmi Lobar . Siz sog'ayib ketishingiz mumkin.
- Men sizga ishonganimning o'zi axmoqlik edi. - labini biroz burib gapirdi Lobar
- Uzur ammo u mendan qancha yalinganini va yiglag'anini bilmaysizda - kulib gapirdi doktor
- Nima sen yig'ladingmi, nahotki - hayron Biloldan so'radi Lobar
- Yogʻe doktor oshirib yubordi. Ja unchalik emas.. - sir boy bermay gapirdi, biroz tabassum qilib.
Lobar kula boshladi, doktor ham qo'shilib kuldi. Doktor biroz o'zini qo'lga olib.
- Gapni burmaylik, ho'sh davolanishga rozimisiz. - so'radi birdan jiddiylashgan shifokor
-Meni kechiring ammo yo'q. Men buni hohlamayman. Iltimos mavzuni shu yerda yopaylik.
- Ha mayli nima ham derdik. Ammo ogʻriq qoldiruvchi dorilarni to'xtatib qo'ymang muntazam iching. Sal narsaga ham asabiylashmang.
- Yaxshi aytganlaringizni qilaman. Sog' bo'ling doktor xayr
-Mayli o'zingizni avaylang, qaroringiz o'zgarsa xonamni bilasiz - deya ilq hayrlashdi doktor. Bahromning kulib xayrlashganiga qaramay, ular ketgach
- eh qizima... Guldekgina qiz. Nima seni bunchalik hayotdan toydirdi ekan. Eh qizim tengi ekansan, shunchaki o'lib ketishingni hohlamayman-da. - og'ir horsinib past ovozda gapirgancha yana yo'lida davom etdi.
Muallif yangi bob qoʻshganda u shu kitob sahifasida paydo boʻladi. Muallifga obuna boʻling — oʻtkazib yubormaysiz.
Izohlar
0