Hozir bahor oyining boshi bo'lgani uchun mayda yomg'ir yog'ayabdi. Lobar mashina oynasidan mayda yog'ib mashinani silayotga yomg'irni tomosha qilardi. Lobar oq va tiniq yuzli, qalin qora qoshli uzun va dona dona bo'lib qayrilib turadigan uzun kiprikli juda chiroyli va tim qora kalta sochli qizaloq. U maktabdagi eng a'lochi o'quvchi bo'lmasada juda intiluvchan, orzulari ulkan qiz bo'lgan bir vaqtlar. Hozir butunlay cho'kib qolgan otasining o'limi va onasining tazyiqlari uni hayotdan sovutgan. Lobar yomg'irni va unda soyabon siz sayr qilishni yaxshi ko'rardi. Mashina to'xtadi Lobar mashinadan xursand chiqib qo'llarini ko'tardi, go'yo yomg'irni qo'llari bilan his qilishga harak qilayotgandek. Qarshisida kulrang va oq rangga bo'yalgan ulkan maktab binosi savlat to'kib turardi
- Tezroq bor kech qolasan. Birinchi kundan drektor honasiga kirgim yo'q-Qovogini solib, asabiy qiziga qaradi Sarvinoz.
Indamay Lobar qo'lini tushurib sumkasini olib maktab tomon yura boshladi.
Aytgancha Sarvinoz Lobarning onasi . Sarvinoz yagona qizini xech yoqtirmasdi. Doim uni qora qarg'a deya chaqirar va undan jirkanar edi.Huddi hozirgidek unga qo'pol gapirardi. Lobarning otasi o'n ikki yoshida avtohalokatda vafot etgan . Eri o'lganidan so'ng Sarvinozning ishlari orqaga keta boshladi, qo'lida rahmatli eridan qolgan deyarli barcha pullarini ishlatib bo'ldi. Puli yaqinda butunlay tugashini bildi va keyin u boshqa shahardan ish qidirishga tushdi . Ikki oy deganda yaxshi bir tikuv sehida ishlaydigan bo'ldi. Ular shaharga yaqinda kelishdi va Lobar yangi maktabga o'tadigan bo'ldi.
Sarvinoz unga hech qachon yaxshi gapirmagan, kayfiyati bo'lmasa kaltaklaydigan ayol . Doim Lobarning tarafini otasi olardi, lekin u ham o'lgach Lobar butunlay yolg'izlanib qoldi, maktabda ham uyda ham hamma uni ustidan kulib haqoratlardi. Lobar qattiq tushkunlikka tushib qoldi. Oila boquvchisini yo'qotgandan so'ng ancha qiynala boshladi. Sarvinoz qizini har kuni alamidan kaltaklar va ertalab quyosh chiqmasi ko'chaga chiqarib
- kechgacha pul topib kelmasang uyga kirishni o'ylama-deya baqirardi.
Lobar ba'zan ko'chada qolishiga to'g'ri kelsada maktabdagi o'qishini tashlab qo'ymasdi. Shunga qaramay Lobar juda yaxshi aktrisa va yaxshigina yolg'onchi bo'lib ulg'aya boshlagandi. Bunga afsuski uni onasining kaltaklari sababchi. Shuning uchun Lobar qayerdan bo'lsa ham pul topib kela olardi. Aks holda Sarvinoz uni o'lasi qilib urishini bilardi. U turli ishlarni qilar agar ish topa olmasa qobiliyatidan foydalanib odamlarni rahmini keltirardi. Hatto bir kuni Lobar o'zi ishlagan puliga oyoq kiyim olgani uchun ancha kaltak yedi va uydan alamzada qochib ketdi. Ularning uyi katta bir ko'prik yonida joylashgan va Lobar oldin bu yerga otasi bilan tez - tez kelardi. Ko'prik yoniga bordi hech zot ko'rinmaydi. U sovuq va biroz nam yerga o'tirib oldi. Aslida oyoqlari uning tanasini ko'tara olmaydigan darajada holsizlangan edi. Lobar baqirib-baqirib yig'lay boshladi
- Nega men, nega men bu taqdirga loyiq nima qildim. Mening nima aybim bor. Meni o'zingiz tuqqansiz-ku ona nega nega.-deya dod solardi.
O‘zgalar onasin quchganin ko‘rib,
Mening ham ko‘zimga yoshlar to‘ladi.
Sizning poyingizga borimni to‘kib,
"Qizim" deyishingiz eshitgim keladi.
Nahotki men sizga begona bo‘lsam?
Nahot yuragingiz muz kabi sovuq?
Bir bora quchoqlab, erkalab ayting:
Qizim jonim-sizdan bo‘lak hech kimim yo‘q...
Bir shirin so‘zingiz darmondir menga,
Mehrli boqishingiz orzumdir, ona.
Sizni yaxshi ko‘rgan shu g‘arib qizga,
Bir marta bag‘ringiz oching, ona...
- Ota otajon yagona suyangan va ishonganim siz edingiz-ku. Buni bilardingiz, sizni ham onam o'ldirdi o'sha kuni apilsin topib keling deb turib olmaganida, siz..... Siz o'lmasdingiz. Men undan nafratlanaman - degancha yoshlarini artardi - Men uni hech qachon kechirmayman. Men undan siz uchun qasos olaman - dedida g'azab bilan boshi oqqan tomonga ketdi. Sarvinoz uni bir necha kun izladi. Topgach yana kaltakladi.
O'shandan buyon onasiga umuman gapirmaydi. Bu Sarvinozga ham ma'qul keladi boshi og'rimaydi har holda.
Yangi maktab ancha katta va o'quvchilari ham ko'p ekan. Hamma Lobarga bir bir qarab pichirlashgancha binoga kirishardi. Lobar bunga o'rganib ketgan bo'lsada bu unga biroz noqulay. Avvalgi maktabida Lobarni ko'p ustidan kulishardi. Uni doim ajratib yakkalatib qo'yishadi. Lobar bu maktabda hammasi o'zgarishiga umid qilib kirdi. Biroz o'tgach kirish uchun qo'ng'iroq chalindi Lobar yangi sinfini topishda biroz qiynaldi, maktabning kattaligidan adashib qola yozdi. Vanihoyat biroz kechikdiyu lekin topdi. Xona eshigini sekin taqillatdi.
- Kiring - viqor bilan turgan o'qituvchi Lobarga qaradi
O'qituvchining ismi Matluba Sadiyevna bo'lib . U tizzadan biroz baland tor va tekis yubka kiyib olgan, sochlari biroz yoyilgan tekis va uzun edi. Uning shoch turmagiga va kiyimiga mos tushgan poshnali tuflisi va sumkasi juda chiroyli ekan, Matluba xonim ko'zni himoya qiladigan shaffof kozoynak taqqan ekan, uni biroz pastga tushirgandek bo'lib Lobarga qaradi . Lobar tushundiki ustozi Matluba xonim o'ta didli ayol va doim o'ziga qarab, o'zini sevadiganlar toifasiga kirar ekan.
- Uzur sinfni topolmay qoldim shunga biroz kech qoldim: deya Lobar sinfga kirdi
- Sen Azizova Lobar bo'lsang kerak yangi o'quvchi. Qayerdan kelgan eding
Butun sinf nigohi Lobarga qaratildi. Hamma bir biri bilan pichirlashgancha yangi qizga tikilishar. Ba'zi qizlarning yuzi burishib ensasini qotirib qarashsa, yigitlar undan ko'z uzolmay qolishgandi. Lobar maktabga kirishdan oldin hech nima oldingidek bo'lmasligiga o'ziga o'zi va'da bergani uchun bunga e'tibor bermadi. Hech nima bo'lmagandek u o'zini tanishtira boshladi
- Salom mening ismim Lobar , Azizova Lobar . Katta qo'rg'onning kichik mahallalarining biridan keldim. San'at ga juda qiziqaman yoqtirgan rangim ko'k. Sizlar bilan chiqishib ketamiz degan umiddaman
Lobar yangi maktabga o'tganidan juda hursand va u yangi sinfdoshlariga kulib qarab turar edi. Lobarning kelganidan hamma ham hursand emasligi yuzlaridan bilinar lekin negadir . Ikki kishi Lobarning e'tiborini tortdi Ali va Nozima. Ular oldinma ketin otirishardi. Ikkisi ham Lobarga qarsak chaldi. Lobar yanada hursand bo'ldi
- Lobar uchinchi qatordagi Alining yonidagi joy bo'sh, o'sha yerga o'tirishning mumkin : dedi Matluba xonim jiddiy ohangda
- Salom mening ismim Murodov Ali. Shunchaki Ali deb chaqiraver. Sen bilan tanishganimdan xursandman:Ali shunday deya do'stona qo'l uzatdi
- Salom men Lobar man, sen bilan tanishganimdan juda xursand bo'ldim. :deya arang gapirdi Lobar
U juda xursand va qattiq hayajonda qo'llari bilinar bilinmas titrab - titrab olardi. Orqaga ogirilib Nozim ham qo'lini uzatdi
- Salom mening ismim Xudoynazarova Nozim. Shunchaki ismim bilan chaqir. Familiyam uncha yoqmaydi, qandaydir g'alati. Tanishganimdan xursandman, dugona bo'lib ketamiz degan umiddaman :deya tabassum qildi Nozima
- Salom mening ismim Lobar , men ham tanishganimdan xursandman. :dedi xursand Lobar
Lobar odatda eski maktabida kam gapirar iloji boricha ko'zga tashlanmaslikga harakat qilardi. U kam kular bazan umuman kulmasdi. O'quvchilarning pichirlashib o'tirishganini ko'rgan Matluba
- Hoziroq jim bo'ling. Keyin tanaffusda tanishasiz :dedi o'zining jiddiy ohangida
Bolalar jim bo'lishdi dars boshlandi Matluba matematikadan dars berar va juda ma'suliyatli ustoz ekanligi bolalarga kuyub pishib tushuntirishidan ma'lum edi. Dars tugab qo'ng'iroq chalindi. Matematikadan so'ng yana ingliz tili va musiqa darslari bo'ldi. Katta tanaffus boshlandi. Hamma o'zini eshikga urar, oshxonaga oshiqardi.
- Lobar sen ham tushlik ga borasanmi: so'radi Nozima.
-biz oshxonaga ketyapmiz hohlasang biz bilan bor - jiddiy ammo samimiy garirardi Ali. Lobar rozi bo'ldi. Ular birga ovqatlangach Ali va Nozima Lobarga maktabni ko'rsatdi, ulkan va salobatli maktab Lobarning ko'ziga viqorli maktab yuragigacha kirib bordi. Ammo oddiy his bolib emas qandaydir g'alati va tushunib bo'lmaydigan his bo'lib tuyulardi. Lobarning ko'zlari kulib xursand va qandaydir zavq bilan gapirayotgan Nozimaga tushdi, Yonidagi qiz juda chiroyli va boy qizlarga hos biroz kibri borligi biroz sezilib turardi. Uning moviy ko'zlari, uzun kipriklari, tiniq va oq yuzi, uzun tilla rangli yorqin sochlari odamni o'ziga mahliyo qilishi aniq, hatto Lobarni ham o'ziga mahliyo qila olgandi. Nozimaning onasi go'zal doimo o'zini sevadigan va tajribali mashhur shifokor. Asilaxonni butun Samarqand eng yaxshi va boy shifokor ayol sifatida taniydi. Otasi esa katta tadbirkor juda obro'li va boy inson bo'lishiga qaramay o'ta samimiy, ochiq chehrali kishi ro'lini hamma uni hurmat qilishi uchun maromiga yetqazib o'ynaydigan inson bo'lib . Aslida oilasining yonida butunlay boshqaga aylanadi. Sovuqqon, e'tiborsiz, qo'pol, o'ta tez jahl qiladigan erkak. Oilasidagi ayollarga huddi buyumdek qarar ularga e'tibor va mehr bermasdi. Lekin yosh va go'zal qizlarni ko'rsa o'zini hech qachon bosolmagan. Qisqasi ayollarga suyagi yo'q roq. Raxmatboy Fotimaga ham ko'p marotaba hiyonat qilgan. Fotima erining qachondir insofga kirishini kutib shu vaqtgacha sabr qilib keldi. Ayol o'z erini qattiq sevar va shu sevganligi tufayli Raxmatboy uni oyoq osti qilardi.
Lobar birdan Nozima dan ko'zlarini uzmay qarab turgan Aliga ko'zi tushdi. Nozimaning kulganligini ko'rib Ali ham yengil tabassum qilayotganligini sezdi. Ali ham juda chiroyli va o'ta aqlli bo'lib . Qoshlari qalin, bo'ylari baland, Tim qora ko'zli qalin va uzun kiprikli yigit. . Uning tabassumi betakror bo'lishiga qaramay boshqalarga nisbatan kam kulardi. Biroz uzun shochlarini oldiga tushirib yurishni yoqtiradigan va Matluba kabi jiddiy va og'ir bosiq, o'ta tarbiali yigit . Ali odam ajratmasligi uning o'ta yaxshi madaniyat va odob egasi ekanligini aytib turardi. Onasi mashhur advakat va uning otasi katta tadbirkor huddi Nozimaning otasi kabi. Nozima va Alining otalari eski do'stlar va hamkorlar bo'lganligi uchun Ali va Nozima yoshlikdan birga katta bo'lishgan Lobar boshida "ularning oldida noqulay bolmasmikanman, negadir bu yerda ham ortiqchadekman" degan o'y ichidan o'tgan. Baxtga qarshi yo'q uchalasi yaqin bo'lib ketishdi doim birga yuradigan bo'ldilar. Lobar ilk bor kim bilandir do'stlasha olgan , o'z bo'lsada bu tuyg'ularni his eta boshlagandi. Lobarni shu yoshgacha otasidan boshqa hech kim yaxshi ko'rmagan doim uni husni uchun yomon ko'z bilan qarashgan, shirin so'zlarga zor bo'lgan bir orzulari osmon qizaloq edi. Lobar bir yoki ikki oyning o'zidayoq tushkunlikdan ancha chiqib olgan va kulib hazillar qiladigan quvnoq qizga aylandi. Hayotga qiziqishi qaytdi.
Oradan besh yil o'tdi o'n uch yoshli bolalar o'n sakkiz yoshga kirishgandi. Bitiruvchi sinfga o'tishgan bo'lib . Uchalasi ham bitta sinfda o'qishar hech kim boshqa maktabga yoki boshqa sinfga o'tmagandi. Biri advokat, biri prakror va yana biri mashhur dizayner bo'lishni orzu qilib bunga iltilayotgan orzulari va maqsadlari osmon o'smirlar edi.
Lobar Alini sevib qolgan va uni ilk tanishgan kunidan buyon yoqtirardi. Lobar Ali tufayli hayotga qayta kelgandek bo'ldi. Unda umid uyg'ondi. Bolaligi bo'lmagan onasidan doim kaltak yeb qo'rqib uxlaydigan qizning hayotga qiziqishi qolmagan kulib tursada o'z kelajagidan butkul umidini uzgan , o'z hayotini faqat oq qora rangda ko'rayotgan bir qizning hayotiga Ali rang va yangi umid bo'lib kirib keldi . Lobar u uchun dunyolardan vos kechishga tayyor uni qattiq sevadigan qizga aylanib ulgurgandi. Uni har bir yoqtirgan narsalari va aytgan har bir gaplari, Ali bilan bog'liq barcha narsani eslab qolardi. Vaqt o'tgani sayin Lobar yanada go'zal qizga aylana boshlardi. Sochlarini ancha vaqt parvarish qilib o'stirdi endi unda ham uzun tekis va tim qora sochlar bor . Shu vaqt ichida ko'z nuri pasayib ko'z oynaklar taqa boshladi, ko'z oynaklarni taqish bazan unga noqulay bo'lsa ham Lobarga juda yarashdi. Yuzlari yanada kundan kunga go'zallashardi. Maktabda hammaning qalbini zabt etgan ikki qiz bor va ular Nozima hamda Lobar bo'lib ulgurgan edi. Ikkisining ham oshiqlari juda ko'p, deyarli butun maktab yigitlari edi. Lobar onasi bilan munosabatlarini butunlay uzdi o'z o'tmishini orqaga tashlashga qaror qildi. Sarvinoz hozirda tikuv sehining derektori bo'lib ishlay boshlagan Lobar bilan ishi ham yo'q o'zi bilan o'zi ovora edi.
Hozir 9 mart jismoniy tarbiya darsi. Ali va Nozima hech qayerda korinmayotganligi uchun Lobar ularni qidira boshladi. Lobar sinf xonalariga yaqinlashgan da behos bir suhbatni eshitib qoladi va eshik yonida toshdek qotadi.
- Nozima men seni yoshligimizdan beri yaxshi ko'raman. Sening samiymiliging, hammaga mehribonliging va tabassuming meni maftun qildi.
Lobar Alining ovozini darrov tanidi-yu muzladi. - Adashgan bo'lay bu u bo'lmasin - deya ichida takrorlay boshlaydi.
- Nechadir yil deganda vanihoyat yurak yutib buni senga aytyapman. Lobar endi kelgan kuni unga rahming kelib unga yaqinlashganing, ko'ngliga qarab dost tutinganing bu insoniylikning oliy darajasidek edi. Iltimos meni rad etma Nozima. Men senga albatta uylanaman.
Izohlar
1👏