BAXT YULDUZI
2-qism. TENG LAMA ORTIDAGI HAQIQAT
Auditoriyada hamon sukunat hukm surardi. Doska oldida turgan olimlar Myeraning yozuvlarini birma-bir tekshirishar, o‘zaro past ovozda nimanidir muhokama qilishardi.
Myera esa qo‘llarini ko‘ksiga chalishtirib, ularning gaplarini kutardi.
— Xo‘sh, men endi o‘tirsam bo‘ladimi? — dedi u nihoyat.
Professor unga qaradi.
— Shoshilmang, Shizava. Siz hozirgina bir necha o‘n yillik ilmiy muammoni o‘zgartirib yubordingiz.
— Men shunchaki xatoni tuzatdim-ku...
Olimlardan biri kulimsiradi.
— Siz buni juda oddiy ishdek aytyapsiz.
— Chunki men hali nonushtadan boshqa hech narsa qilganim yo‘q.
Auditoriyada yengil kulgi eshitildi.
Professor ham beixtiyor jilmaydi.
- Yaxshi. Unda nonushtadan keyingi ishingizni ham ko‘ramiz. Biz bilan laboratoriyaga borasiz.
Myera hayron bo‘lib qoldi.
— Hozirmi?
— Ha. Agar qarshi bo‘lmasangiz.
Myera soatiga qaradi. Keyin sumkasini oldi.
— Mayli. Lekin tushlik vaqtini o‘tkazib yubormaymiz, degan umiddaman.
Biroz vaqt o‘tgach, Myera professor va olimlar bilan auditoriyadan chiqdi. Professor telefoniga qo‘ng‘iroq kelgani sababli bir muddat to‘xtadi.
— Bir daqiqa kutib turing, Shizava. Men hozir qaytaman.
— Xo‘p.
Myera esa yo‘lak bo‘ylab yurishda davom etdi. U xayolida haligacha Iksient tenglamasining oxirgi qismini tahlil qilardi.
Shu payt qarshisidan kelayotgan yigit bilan qattiq to‘qnashib ketdi.
— Voy!
Yigitning qo‘lidagi qog‘ozlar yerga sochilib ketdi. Myera esa muvozanatini yo‘qotib, oldinga qoqildi.
Ammo yerga yiqilishiga ulgurmay, yigit uni belidan tutib qoldi.
Bir lahza ikkalasi ham qimirlamay qoldi.
Myera boshini ko‘tardi. Ularning ko‘zlari bir-biriga tutashdi.
Yigitning nigohi undan uzilmasdi.
Myera esa bir necha soniyadan so‘ng o‘zini tutib oldi va undan uzoqlashdi.
— Ey, jinnimisan?! Yo‘lingga qarasang bo‘lmaydimi?! — dedi u jahli chiqib.
Yigit qo‘lini tushirdi.
— Kechirasan.
Myera yerga sochilib ketgan qog‘ozlarni ko‘rib, ularni yig‘ishtirishga tushdi.
— Mana, bular ham seniki.
— Rahmat.
Yigit qog‘ozlarni uning qo‘lidan oldi. Keyin Myeraga bir muddat tikilib turdi.
— Aytgancha, sen juda chiroyli qiz ekansan.
Myera qo‘lidagi oxirgi qog‘ozni ham uzatmoqchi bo‘lib turgan joyida to‘xtadi.
— Nima?!
— Men shunchaki rostini aytdim, — dedi yigit xotirjamlik bilan.
Myera qoshlarini chimirib, unga jahl bilan qaradi.
— Ahmoqmisan? Avval menga turtilib ketding, endi esa asabimga tegyapsan!
Yigit uning gapidan kulimsirab qo‘ydi.
— Men shunchaki rostini aytdim.
— Rosting o‘zingga buyursin!
Myera ortiga o‘girilib ketmoqchi bo‘ldi.
— Isming nima o‘zi? — deb so‘radi yigit.
Myera yurishdan to‘xtamadi.
— Senga nima?
U yo‘lida davom etdi.
Yigit esa uning ortidan qarab qoldi.
— Qiziq qiz ekan...
Shu payt qo‘lidagi qog‘ozlardan biri yerga tushib ketdi. U egilib, qog‘ozni oldi. Qog‘ozning yuqori qismida katta harflar bilan yozilgan jumla uning diqqatini tortdi.
IKSIENT TENGLAMASI — MAXFIY TADQIQOT.
Yigitning yuzidagi tabassum asta-sekin yo‘qoldi.
—Bu qanday qilib uning qo‘liga tushdi?..
Ayni paytda Myera professorning yoniga qaytib kelgandi.
— Kechirasiz, professor, kutib qoldingizmi?
— Yo‘q. Aytgancha, sizga bir narsani tanishtirishim kerak. Bugundan boshlab laboratoriyamizda siz bilan birga ishlaydigan yangi tadqiqotchi bor.
— Kim ekan?
Professor orqasiga qaradi.
— Mana, o‘zi ham keldi.
Myera ortiga o‘girildi.
Qarshisida haligi yigit turardi.
— Yana sen?! — dedi Myera hayrat bilan.
Aoi esa kulimsiradi.
— Yana uchrashdik, chiroyli qiz.
Myera ko‘zlarini yumib, chuqur nafas oldi.
Bugun kunim juda ajoyib boshlangandi...
Muallif yangi bob qoʻshganda u shu kitob sahifasida paydo boʻladi. Muallifga obuna boʻling — oʻtkazib yubormaysiz.
Izohlar
0