Yoʻldoshaliyev Ahmadjon Elyor oʻgʻli — Markaziy Osiyo Tibbiyot Universiteti (CAMU) "Davolash ishi" yoʻnalishi talabasi va boʻlajak shifokor. Tibbiyot sohasidagi oʻqish bilan birga, tibbiy va maʼrifiy taʼlimni raqamlashtirish, ijodiy va intellektual loyihalarni rivojlantirish boʻyicha faoliyat olib boradi. Ulardan biri — tibbiy bilimlarni ommalashtirishga qaratilgan @dr_yuldashaliyev Telegram kanali hamda Instagram'dagi "Dr.Yoʻldoshaliyev ANATOMIYA KONSPEKTI" oʻquv-metodik sahifasi muallifidir. Tibbiyot va raqamli media bilan bir qatorda, sheʼriyat, poetik asarlar hamda maʼrifiy publitsistika bilan faol shugʻullanadi. Shuningdek, "Zakovat" intellektual oʻyinlari jamoa sardori sifatida maʼrifiy bellashuvlarda ishtirok etib keladi. Qiziqishlari sohasiga mumtoz va zamonaviy adabiyot, poetik sanʼat, intellektual oʻyinlar hamda tibbiy maʼlumotlarni vizuallashtirish va avtomatlashtirish kiradi.