YIGITIM MAFIA
1-qism
Yu Na kompyuter qarshisida o‘tirib chuqur o‘ylanardi.
— “Yangi hikoya yozishim kerak… Qanday mavzuda yozsam ekan? Hikoyalarim doim sevgi haqida… lekin o‘zim hech kimni sevib qolmaganman. Balki… mafia haqida yozsamchi? Sevgi va biroz qo‘rquv qo‘shaman.”
Yu Na ilhom bilan yozishni boshladi. Tun soat 00:00 bo‘lganda u hikoyaning birinchi bobini internetga joyladi. Hikoyaning nomi:
“Yigitim Mafia”
— “Javobini ertalab bilarman… Juda ham charchadim,” dedi Yu Na va uxlab qoldi.
Ertalab uyg‘onib telefonini qo‘liga oldi. Bildirishnomalar juda ko‘p edi. Reaksiyalar portlab ketgan. Hammaning bitta savoli bor ediYu Na juda xursand bo‘ldi. Ilhom olish uchun u yaqin kafega bordi. Nonushta qilib o‘tirib, hikoyasiga yangi g‘oyalar o‘ylardi.
— “Qahvam tugab qolibdi… yana olib kelib olay,” dedi u.
Yu Na o‘rnidan turib ortiga burilgandi, birdan baland bo‘yli yigit bilan to‘qnashib ketdi. Yigitning qo‘lidagi issiq qahva Yu Na ning ustiga to‘kildi.
— “Ayy… juda ham issiq!” dedi Yu Na kiyimiga qarab.
Yigit darhol uzr so‘radi:
— “Kechirasiz, xonim. Men ko‘rmay qolibman.”
Yu Na jahli chiqib dedi:
— “Nima, kichkina odammidim ko‘rmay qolasan? Bo‘ying uzun bo‘lsa ham, ayb menda emas-ku!”
Yigit jiddiy ohangda:
— “Men afsusdaman…” dedi.
U ustidagi kostyumini yechib, Yu Na ning yelkasiga qo‘ydi. So‘ng hech narsa demay tashqariga chiqib ketdi.
Yu Na hayron qoldi:
— “Lanati… bu endi nimasi?”
U xafa bo‘lgancha narsalarini yig‘ishtirib, kafedan chiqdi. Tashqariga chiqsa, yo‘l chetida bir yigit mashinaga suyanib turardi. Qora ko‘ylak, qora shim, baland bo‘y… juda jiddiy ko‘rinardi.
Yu Na unga bir qarab, yo‘lida davom etdi. Biroz uzoqlashgach, ortiga qaradi.
— “Bu axir o‘sha yigit-ku…”
Haqiqatan ham, bu qahva to‘kib yuborgan yigit edi. Shu payt uning yoniga yana ikki kishi kelib, bosh egib salom berdi.
Yu Na hayratda qoldi:
— “Nima bu… rostdan ham mafia-mi?”
Shu onda yigit — Li Yoon — Yu Na ga qaradi va yengil jilmaydi. Yu Na ning yuragi tez urib ketdi. U ortiga qaramay, tezda uy tomon yurdi.
Muallif yangi bob qoʻshganda u shu kitob sahifasida paydo boʻladi. Muallifga obuna boʻling — oʻtkazib yubormaysiz.
Izohlar
0