Lucas har xil baqir chaqirlar ovozidan uygʻonib ketdi. U darhol tashqariga chiqib baqir chaqir boʻlayotgan joyga bordi. U yerdagi odamlarning baʼzilari yigʻlagan, baʼzilari qurquv bosgan nigohi bilan Lucasga qarab turardi. Lucas nima boʻlganini bilish maqsadida shu yerdagi sotuvchilardan suradi. Ular aytishdiki: Bu safar ham dengizga chiqgan kema qaytib kelmagani, bundan shahar aholisi qoʻrquvdaligini aytishdi. Bu gaplardan soʻng Lucas qadirdon vatani boʻlmish Marselni bundan keyingi ahvoli haqida uyladi. Chunki Lucas "Kruiz gid-ekskursovodi" da(kemaga chiqgan sayyohlarga atrofni koʻrsatib beruvchi tanishtiruvchi) ishlardi va bu narsalar uni ishsiz qolib ketishiga sabab boʻlardi. U uyga qaytdi va kemadagi odamlar qayerga ketganligi haqida uylay boshladi. Shu payt eshik ochilib uyga qadirdon doʻsti Gabrielning onasi kirib keldi.
Lucas darhol oʻrnidan turib ayol tomon yura boshladi. Ayolning koʻzlari toʻla yosh, yigʻi aralash zoʻrgʻa Lucas dedi-yu yigʻlab yubordi. Lucas undan nega yigʻlayotganini soʻradi. Shunda bechora ayol:"Yoʻqolgan kemada mening oʻgʻlim Gabriel ham bor edi" deya tinmay yigʻladi. Bu gaplarni eshitgan Lucasni har xil savollar hayolidan ketmay qoldi. U oʻz jonidan ham ortiq koʻradigan, har qanday vaziyatda ham uni tashlab ketmagan, yoshlikdan birga katta boʻlgan qadirdon doʻsti Gabrielni osonlikcha yoʻqotishni istamas edi. Shu sababli u bir necha kishi bilan birgalikda yuqolgan kemani izlash kerak degan qarorga keldi. Ertasi kun ertalab bir necha kishi bilan birgalikda yuqolgan odamlarni izlash uchun dengizga chiqishdi. Kunning yarmiga kelib osmonni bulut qoplay boshladi bu kechga borib yomgʻir yogʻishidan darak edi. Kemadagilardan faqatgina Lucas yuqolganlarni topishga ishonardi qolganlar esa bunga unchalik ham ishonishmasdi. Kun kech buldi haliyam yuqolganlardan darak yoʻq. Ob havo esa borgan sari yomonlashib borayotgandi. Qattiq shamol esib tufon boshlandi, kemadagilar darhol ichkariga kirib tufon pasayishini kuta boshlashdi. Tufon yarim kechagacha tuxtamasdan davom etdi. Kemadagilar ancha toliqqan holatda uxlab qolishdi. Ertalab uygʻonib qarashsa kema qirgʻoqga chiqib qolgan ekan. Kemadagilar Lucas boshchiligada orolga tushib atrofni koʻzdan kechira boshlashdi. Ular uylashdiki yuqolganlar aynan mana shu orolda deb...
Muallif yangi bob qoʻshganda u shu kitob sahifasida paydo boʻladi. Muallifga obuna boʻling — oʻtkazib yubormaysiz.
Izohlar
0