Besh tilak siri
Safiya gulni otasiga ko‘rsatish uchun shoshilib ketayotgan edi. U qo‘lidagi noyob gulga qayta-qayta qarab, uning naqadar go‘zal ekanidan hayratlanardi.
Ammo birdan uning boshi aylana boshladi. Atrofidagi narsalar ko‘ziga xira ko‘rina boshladi. Safiya bir oz chayqalib yurdi-yu, ko‘z oldi qorong‘ilashib, hushini yo‘qotdi...
Ko‘zlarini ochganida esa o‘zini notanish bir xonaning ichida ko‘rdi.
Safiya hayratdan qotib qoldi. U devorlarga, shiftga va atrofidagi buyumlarga alanglab qaradi. Bu joy unga mutlaqo begona edi.
«Men qayerdaman? Bu yerga qanday kelib qoldim?» — deb o‘yladi u.
Shu payt xonada baland va jarangdor ovoz yangradi:
— Seni bu yerga men olib keldim!
Safiya ovoz kelgan tomonga qaradi. Qarshisida turgan narsani ko‘rib, ko‘zlari chaqmoqdek chaqnab ketdi.
Bu — daladan uzib olgan haligi noyob gul edi!
— S-sen... haligi gulmisan?! — dedi u hayrat bilan.
— Ha! Men sen daladan uzib olgan noyob gulman! — javob berdi gul.
Safiya hali ham ko‘zlariga ishonmasdi.
— Demak, men boshqalardan farq qilamanmi? — so‘radi Safiya.
— Balki. — dedi gul sirli ohangda. — Men oxirgi marta bundan yigirma yil avval aynan shu dalada bir insonni uchratgan edim. O‘shandan beri hech kim meni ko‘rmagan.
Gul bir zum jim qoldi. So‘ng yana gap boshladi:
— Xo‘sh, Safiya, qani
— A-a-a! Qanday qilib hayratlandi. — Sen mening ismimni qayerdan bilasan?!
— hozir buning ahamiyati yo‘q. Senga ajoyib imkoniyat beriladi: beshta tilak tilashing mumkin!
— Nima?! Beshta tilak?! — Safiya quvonchdan nima deyishini bilmay qoldi.
— Ha, to‘g‘ri eshitding. Xo‘sh, birinchi tilaging nima?
Safiya bir oz o‘ylanib turdi-da, birdan dedi:
— Men katta, hashamatli va juda chiroyli uyga ega bo‘lishni xohlayman!
— Tilaging qabul qilindi! — dedi gul.
Shu zahoti xona devorlaridan birida g‘alati yorug‘lik paydo bo‘ldi. Yorug‘lik tobora kuchayib, uning ortida ulkan bir uy namoyon bo‘ldi. Uyning baland ustunlari, keng ayvonlari va chiroyli bog‘i bor edi.
Safiya hayratdan qotib qoldi.
— Bu... bu mening uyimmi?!
— Ha, endi bu sening uying, — dedi gul.
Qizaloqning ko‘zlari quvonchdan chaqnab ketdi. U bunday go‘zal uyni ilgari faqat xayolida tasavvur qilgan edi.
— Voy, qanday chiroyli! — dedi u sevinch bilan.
Birozdan so‘ng Safiya gulga yana yuzlandi.
— Demak, mening boshqa tilaklarim ham bormi?
— Albatta! Senda yana to‘rtta tilak mavjud, — javob berdi gul.
Safiya gulga diqqat bilan qarab turganida, birdan uning bir bargi yo‘qligini payqab qoldi.
— To‘xta... senga nima bo‘ldi? Bitta barging qayerga ketdi? — deb so‘radi u xavotir bilan.
Gul bir zum jim qoldi.
— Hech narsa bo‘lgani yo‘q. Sen yaxshisi keyingi tilagingni aytaver. Otang ham seni kutib qolgandir.
Safiya otasini eslashi bilan jiddiy tortdi.
— To‘g‘ri! Otam dalada tinmay ishlaydi. U har kuni charchab qoladi. Men otamga yordam beradigan ishchilar bo‘lishini xohlayman. Shunda u yolg‘iz o‘zi bunchalik qiynalmaydi!
Gul bosh irg‘adi.
— Juda yaxshi tilak. Qani, unda bu tilaging ham amalga oshsin!
Shu zahoti uzoqdan dalaga tomon yo‘l olayotgan bir guruh ishchilar ko‘rindi.
Safiyaning quvonchi ichiga sig‘masdi.
— Rahmat! Katta rahmat! — dedi u.
Endi otasi kamroq charchaydi, oilasi esa farovonroq hayot kechirishi mumkin edi.
Safiya yana gulga qaradi. Uning xayolida hali ko‘plab tilaklar bor edi. Ammo qay birini aytishni bilmas imkoniyatni yuqotish uni biroz o‘ylantirib qo‘ygandi.
Safiya hali bilmasdi: oldinda uni yana qancha sirli voqealar kutayotganini nomalum edi...
Chunki bu hikoyaning boshlanishi edi.
Muallif yangi bob qoʻshganda u shu kitob sahifasida paydo boʻladi. Muallifga obuna boʻling — oʻtkazib yubormaysiz.
Izohlar
0