0«To’kilgan Marjon”
1916-yil 17-iyul. Jizzax.Turkiston.
Ma’rifat uyga kirarkan eski shahardagi
qattiq to’p tovushlaridan larzaga kelib o’zini bosdi. Paranjisini to’g’irlab yechdi. Kelinoyisini bolasi beshikda arillab yig’lab yotardi. Marifat beshikni ohista tebratib yoqimli alla aytardi:
-Alla bolam allayo alla. Uxlaydigan pallayo alla.
Yangasi do’konga chiqib ketgan bu yosh qiz yaqinda boshlangan qo’zg’olonga ahamiyat bermay tor va g’arib uyda hirgoyi qilardi. Akasi Bahrom yaqinda mardikorlikka deb olib ketilgan. Butun oila uni kutishardi. Ma’rifat beshikni tebratarkan kichkina yog’och darvozaning g’iyq etib ochilishini eshitdi. Chaqaloq uxlab qolgandi. Ma’rifat xonadan chiqib kelinoyisiga ro’baro bo’ldi. Ynagasining rangi o’chgan. Ko’zlaridan yoshlar shashqator oqardi.
-Kelinoyi-Ma’rifat yangasining yelkasiga qo’lini qo’yib-sizga nima bo’ldi?Nega yig’layapsiz?
-Ma’rifatxon o’zingizni qo’lga oling-yangasi ko’z yoshini to’xtata olmay- endi otamiz ham, sizning akangiz ham, mening erim ham yo’q.
Ma’rifatga bu gap qahraton qish sovuqidanda qattiq zarba berdi. Ko’z oldi aynidi. Atrofda Mirzacho’l muhitidagi shamolda uchib yurgan ajriqlar,juda yaqindan kelayotgan tutun, uzoqdan eshitilayotgan qichqiriqlar qurol ovozlari qo’shilib ketardi.
Ma’rifat yig’idan o’zini tutib tura olmadi. Yagona suyangani akasi ham, birodari akasi ham endi boshqa ko’ra olmaydi. Kaftlarini yuziga olib borib ohista yig’lashga harakat qilardi. Lekin dardini yashira olmadi. Yangasiga qo’shilib qattiq yig’ladi. Ikkisi bir birini quchoqladi. Ma’rifat ko’ziga otasi va akasi bilan birga o’tkazgan damlari esiga tushdi. Nazarida endi bular faqat xotirada qolardi.
Ma’rifat ko’z yoshini artdi.
-Kelinoyi ko’z yoshdan foyda yo’q. Ularga o’zini usuli bilan javob berish kerak.
-Nima damoqchisiz Ma’rifatxon?
-Kurashish kerak yangajon qanday qilib bo’lsa ham.
-Ma’rifatxon unday qilmang ular ayollarni ham ayamayapti.
Ma’rifat yangasining qarshiliklariga qaramay o’g’ilxonaga bordi. U yerda somonga qistirilgan payshaxa yotardi. Ma’rifat uni somondan sug’urib oldi. Yenglarini biroz shimarib tashqariga chiqdi.
Ko’chada uylar yongan, ayollar a’za tutar, o’liklar qator-qator yotar, ayrim erkaklar murdalarni olib taxlardi. Uzoqdan xabar keldi. Aytishlaricha Abdurahmon Jevachi temiyo’lni buzganmish. Ma’rifat o’yladi. Ular qila olgan demak men ham qila olaman deb. Mahallada izg’ib yurgan bir shopmo’ylovli o’ris oq podhosh askarini ko’rib qoldi. Xaloyiqni bir qismi uni sezib buzilgan uyiga kirib ketdi. Bir qismi yuzini o’girib g’azabini bosib turardi. Bu askar hech narsa bo’lmagandek ko’chani kezdi. Ma’rifat uni yolg’iz ko’rib nafrati toshdi. Askar uni qo’lida turgan payshaxaga boqib cho’chidi. Cho’ntagidan to’pponcha olishga intilganida Ma’rifat o’shqirib g’azab bilan uning tanasiga qurolini sanchdi. Askar yo’talib yerga tipirchilab yiqildi. Odamlar bu qaysar qizdan hayratda qoldi. Ma’rifat payshaxani qurbonning tanasidan ohista sug’urdi. Umrida birinchi marta odam o’ldirishidan miyasiga qattiq ta’sir qildi, lekin otasini eslab yana mushtini tugdi.
Yuzi shilingan onaxon kelib Ma’rifatni qo’lini ushladi.
-Rizvonbibi bekorga o’lmagan –kampir ojiz ko’zlari bilan Ma’rifatni paypaslab. –erkimizni ularga bermasligimiz kerak qizim. Men ham o’g’limdan ayrildim.
-Onajon barimiz kimnidir yo’qotdik- Ma’rifat qo’llari titrab- men umrimda qo’limga qurol ushlayman jonni olaman eb o’ylamagandim. Hozir shuni tushundimki, ularga bosh ko’tarmasak baribir boshimiz ketar ekan.
Ma’rifat kampirni quchoqladi. Odamlar ko’chaga chiqdi. Yigirmaga ham to’lmagan Ma’rifat hodisasi odamlarga umid bergandek edi. Boyagina qattiq qrg’indan aholi chekingandi. Xalq yana qo’liga qurol ola boshladi. Kimdir ketmon, kimdir tayoq, kimdir belkurak,yana kimdir topgan narsasini.
***
Peshindan keyin xalq yana qattiq ko’tarilib Oq askarlarga hujum qildi. Oq askarlar joyidan turib ularni to’pponchada o’qqa tutardi. O’lgan o’lib oyoq tagidan qolib ketardi. Hech kimga to’xtash hayoliga kelmay yopirilib borardi. Dengizdek mavjlangan olomon dastlab uchragan to’rt askarni o’rtaga olib ayamay urushdi va qo’llaridagi qurolni sanchishdi. Orqadagi besh askar cho’chib qolib orqaga chekindi. Komandiri xonasiga qamalib oldi. Ma’rifat bu semiz odamni uzoqda ko’rdi. U Markazga qo’ng’iroq qilib yordam yuborishni so’rardi.
Ma’rifat qo’riqchi chalg’iganida ko’kragiga payshaxa solib yiqitdi. Qo’lidagi payshaxa bilan elektr kabelni uzishga harkat qildi. U hali ancha baquvvat edi. Boshidan ter oqib burchakda yotgan armaturani qattiq chekkasiga uloqtirdi. Sim uzildi. Telegraf simi endi yo’q. Haloyiq komandirni uyini o’rab olib ichini buzishga harakat qilardi. Eshik ancha mustahkam qurilgandi. Buzishni ilojisi bo’lmadi. Komandir o’sha kulbachada pisib o’tirdi. Ma’rifat hansirab osmonga boqdi.
***
Tong otdi. Quyosh atrofga uyalibroq ko’rinish berardi. Barcha juda toliqqan, Ma’rifat ham charchagandi. Ma’rifat chetga chiqib bir uyga non so’rab kirdi. Ichkaridan chamasi o’n yoshlar atrofidagi qizaloq chiqdi. Uni yuzi dog’langan, qo’lida oxirgi qolgan burda nonni kavshardi. Ma’rifatni ko’rib ko’zlariga ma’yus termuldi. Ma’rifat beixtiyor murg’ak go’dakni bag’riga bosdi.
-Opajon onamni ko’rmadingizmi?-qizcha Ma’rifatga yuzini nozik o’ynatib.
-Yo’q. Onang qayerga ketgandilar.
-Bilamayman opajon. Hech narsa demay uydan chiqib ketdilar. Kecha menga marjon bilaguzuk sobg’a qilgandilar . Mana qarang.
Qizaloq bilagini Ma’rifatga uzatdi. Jajji qo’lchada yoqut bilaguzuk taqilgandi. Ma’rifat uni peshonasidan ohista silab qo’ydi.
***
Ko’p o’tmay qishloqqa safdoshlari o’limi uchun o’ch olishga olgan Oq podshoh askarlari rotasi tushdi. Olomon qo’lida bor xo’jalik vositlari bilan oxirgi tomchi qoni qolguncha olishardi. Podshoh askarlari ularni ayamasdi. Misli ko’rilmagan qatliom boshlandi. Qushlar daraxtlardan samoga uchib ketdi. Yerdagi askarlar Mosin miltiqida duch kelganni nishonga olishdi. Pulemyotchi qiyomat qurolini tirgakka tirab magazinini to’g’irlab yerda yotgancha odamlarni o’qqa tutardi. Loyshuvoqdan qurilgan oddiy uylar yoqib yuborildi. Ko’chalar o’liklar hidi va baqir-chaqirga to’ldi. Askarlar shu bilan cheklanmay qo’zg’olonga aloqasi yo’q odamlar uyiga kirib uyni yoqa boshladi.
Ma’rifat jon talvasisida qoldi. Qizcha qo’rqyapman deb yig’lardi. Ma’rifat uni yelkasiga opichib oldi. Nafasini rostlab yugurdi. Yonginasidan uylarga qarab artilleriyadan zarba berilardi. Uy parchalaridan chiqqan changlar ular ustiga ko’tarilardi.
Almashtirilgan pulemyot o’z mo’ljalini topib bordi.Beshta qattiq qadalgan o’qdan Ma’rifat va qizaloq yerga dumalab otildi. Ma’rifat oxirgi manzarani ko’rishga ham ulgurmadi. Qizaloqni bilagidagi marjon iplari uzilib yerga sochilib ketdi. Marjon bo’laklari dumalab biri changda qoldi, biri esa shamolni qarshi olardi.
26 oktabr, 2026
Muallif yangi bob qoʻshganda u shu kitob sahifasida paydo boʻladi. Muallifga obuna boʻling — oʻtkazib yubormaysiz.
Izohlar
0