Quyoshning ilk nurlari pardalar orasidan sirg‘alib, xonani asta-sekin yoritardi.Xonasida shirin uyquda yotgan qiz esa tong otganidan bexabar, yumshoq yostiqqa yuzini bosgancha uxlab yotardi. Deraza ortidan esayotgan mayin shabada pardalarni sekin tebratar, budilnikning tinimsiz jiringlashi esa uning sokin uyqusini buzishga urinardi.
Ammo qiz ko‘zlarini ochishga shoshilmasdi. U ko‘rpani boshigacha tortib, yana bir necha daqiqa uxlashga qaror qildi.
— Yana besh daqiqa... — deya ming‘irladi u uyqu aralash ovozda.
Lekin bugun uni oddiy kun emas, hayotini butunlay o‘zgartirib yuborishi mumkin bo‘lgan voqealar kutib turganini u hali bilmasdi.
Ammo ko‘p o‘tmay, ko‘zlari yana soatga tushdi. Birdan o‘rnidan sapchib turdi.
— YO‘Q! MEN KECH QOLDIM!
U shoshgancha ko‘rpani chetga uloqtirdi va karavotdan tushayotib, oyog‘i bilan shippagini izlay boshladi. Shippagini topib, kiyib,yugurib yuvinish xonasiga ketdi. Tezda yuvinib chiqib kiyimlarini kiydi, biroz make up qildi va pastda tushdi. Sezdirmasdan uydan chiqib ketmoqchi boʻlgan edi lekin oʻxshamadi.
— Hoʻsh xonim nonushta qilmasdan qayerga ketyapsiz.
— Elara dugonajon kech qolyapman. Nonushtani biror bir kafeda qilarman.
— SERAPHINA STERLING!!!
— Seni yaxshi koʻraman koʻrishguncha albatta nonushta qilaman.
Qiz shunday deb uydan yugurib chiqib ketdi.
— Hoy qiz ortinga qaytttt.
Dugonasi yana har kungidek qizning ortidan baqirib qolib ketdi.
Uydan chiqib taksiga oʻtirgan qiz qabriston tomon yoʻl oldi.Mashinadan tushib qabristonga kirdi. Bir qabrning yoniga kelib choʻkkaladi. Oʻzini qancha yigʻidan tutishga urinmasin baribir koʻzidan yosh sizib chiqdi.
—Mana men keldim. Sizni koʻrmaganimga bugun 1 yil boʻlibdi. Vaqt juda tez oʻtib ketdi. Sizni sogʻindim. Yonimda deyarli hech kim qolmadi. Sizsiz qiynalyapman. Sizni sogʻinish meni qiynayapdi.
Seraphina qabr yonida biroz oʻtirdi. Keyin oʻrnidan turib:
Men yana kelaman hoʻpmi? Sizni jonizga tegib kelaveraman. Hayr.
Soxta tabassum bilan kulgan qiz qabrga qarab shu gaplarni aytdi. Keyin biroz qabrga tikilib turib u yerni tark etdi. Taksiga oʻtirib oʻziga tanish boʻlgan Cafe ga yoʻl oldi. Mashina Cafe yonida toʻxtadi. Mashinadan tushgan qiz Cafe nomini ichida oʻqidi.
—Moonlight Cafe
Qizning bu yerdan yaxshi sevimli joyi yoʻq. Cafe ikki katta daraxt oʻrtasida joylashgan boʻlib bu koʻchada odamlar kam yashagani bois juda tinch edi. Qiz ichkariga kirdi va oʻzining sevimli joyiga oʻtirdi.Shu payt yoniga ofitsiant keldi.
— Xush kelibsiz xonim doyimgidekmi?
— Xa
Qisqagina javob bergan qiz oynadan tashqariga qaradi. Hayot qaynamoqda. Odamlar qayergadir shoshyapdi. Kimdir ishga yana kimdir sevganini yoniga. Shularni oʻylab oʻtirgan qizning yoniga ofitsiant buyurtmani tashlab ketdi. Doyimgidek bir finjon qaxva va bir boʻlak olmali pirog. Qiz endigina Nonushta qilib boʻlgan edi hamki telefoni jiringladi.
—Alo eshitaman.
— hoy qiz qayerlarda yuribsan bugun yangi president keladi sen esa hali ham ishda emassan.Nima ishingdan ayrilishni istaysanmi?!
— Jin ursin. Silas hozir 10 daqiqada yetib boraman yoʻqligimni bildirmay tur.
—tezlash boʻlmasa...
Yigit gapini tugatmasdan telefonni oʻchirib qoʻygan qiz shosha pisha xisobni toʻlab eshikdan endi chiqaman deganda bir yigit oʻzini eshikga urdi va ular bir biriga urilib yiqilib ketishdi. Yigitning qoʻlidagi hujjatlar yerga sochilib ketdi.
—Jin ursin. Hoy sen nima koʻrmisan.
Yigitga qaramasdan ham oʻrnidan turib yugirib ketayotgan qizga yigit shunday dedi. Qiz esa ortiga qaramadi ham. Yugirish davomida shunday dedi.
— Oʻzing chiqayotganimda eshikga oʻzingni urding. Demak oʻzing aybdorsan qogʻozlaringni ham oʻzing yigʻib ol.
Bir zumda gʻoyib boʻlgan qizni ortidan qarab qolgan yigit gʻazabini jilovlay olmasdi. Chunki unga hali hech kim bunday muomala qilishga jur'at etmagan edi. Yerdagi qogʻozlarni yigʻib olgan yigit o'rnidan turib oʻziga oʻzi shunday dedi.
—Senga Cassian Valmont bilan bunday gaplashish qanaqa boʻlishini koʻrsataman hali seni topish menga qiyinchlik tugʻdirmaydi.
Endi yuraman deganida yerda yotgan zanjirni koʻrib qoldi. Egilib uni qoʻliga oldi. U juda nafis ishlangan va qimmatbaho ekanligi bilib turardi.
Zanjirda cheksizlik belgisi bor edi.
—Demak boylardansan. Seni topish ancha oson kechadi.
Yigit shunday deb iblisona tabassum qildi va u yerni tark etdi.
Shoshib taksidan tushga qiz kompaniya ichiga yugirib kirib ketdi. Ichkariga kirib ish joyiga narsalarini joylab shoshib majlislar xonasi tomon yoʻl oldi. Qoʻrqib eshikni ochgan qiz ichkarida hamkasblaridan boshqa hech kim yoʻqligini koʻrib tinchlandi.
—Omading bor ekan yangi president ertalabdan kelib olmadi. Yana biroz kech qoganingda anniq ishsiz qolarding.
—Hudoga shukur.
Shu payt eshik ochilib ichkariga koʻrkam yigit kirib keldi. Uning boʻyi 180 sm atrofida, sochlari toʻq jigarrang rangda uzoqdan qarasang qora koʻrinadi lekin yaqindan qarasang jigarrang ekanligini koʻrasan. Ular tartiblangan edi. Koʻzlari ham huddi sochlaridek. Yuzi esa shunchaki mukammal. Kostyum shim uning keng yelkali, har qanday ayolni oʻziga rom qila oladigan mushakdor tanasiga juda yarashib turar edi.
Yigitning ortidan kompaniya vitsa presidenti kirib keldi.Barcha xodimlar oʻrinlaridan turishdi.
—Hammaga salom azizlar. Tanishinglar bular kompaniyaning yangi presidenti.
—Hammaga salom. Men Cassian Valmontman. Aytib oʻtilganidek yangi president. Oʻylaymanki sizlar bilan yaxshi ishlaymiz.
—Hush kelibsiz janob.
Barcha ishchilar baravariga shunday deyishdi. Javoban esa shunchaki bosh chayqab qoʻygan yigit ishchilar ichida oʻziga tanish chexrani koʻrdi. Bu oʻsha Cafe yonidagi qiz. Yigit biroz unga tikilib qoldi. Ular bir birlariga urilib ketganda yigit qizga unchalik etibor bermagan edi. Qizning sochlari uzun va toʻq jigarrang. Koʻzlari katta va jigarrang. Yuzida esa sokin ifoda. U huddi farishtaga oʻxshaydi. Shu on yigit oʻzini yigʻib olib iblisona jilmaydi va stulga joylashdi.Majlis boshlandi. Majlisda asosan oʻz oʻzini tanishtirish boʻldi. Majlis tugadi. Xodimlar birin ketin xonani tark eta boshladi. Seraphina ham endi chiqaman deganida ortidagi ovoz sabab toʻxtab qoldi.
—.Hoy sen toʻxta.
Qiz ortiga qarab "menmi" degandek qoʻli bilan oʻzini koʻrsatdi.
— Ha sen. Qolganlar chiqaversin sen qol.
Qolgan xodimlar chiqib ketdi. Xonada faqat yigit va qiz qoldi.
— Menda biror bir ishingiz bormi janob.
— Ha isming nma edi.
—Seraphina Sterling
— Ha Demak Sera.
— Sera emas Seraphina. SERAPHINA STERLING!
Muallif yangi bob qoʻshganda u shu kitob sahifasida paydo boʻladi. Muallifga obuna boʻling — oʻtkazib yubormaysiz.
Izohlar
1Obuna boʻldim qaytaring