Quyoshning zarrin nurlari <<Evernor>> shahri osmonini yoritmoqda edi. Qor yog’ishdan to’xtagan, biroq ko’cha va me’moriy yo’laklarda to’planib qolgan muzlar hali ham erib bitmagandi.
<<Evernor>> shahri, uncha murakkab tuzilishga ega emas edi. Markazda salobatli qal’a qad rostlagan bo’lib, uning ichi va tashqi hovlisida aslzoda zodagonlar istiqomat qilishardi. Qal’a devorlari tashqarisida ko’pincha boy oilalarning hovlilari, ularning tashqarisida esa oddiy xalqning kamtarona xonadonlari joylashgan edi. Aholi, odatta, oddiy dehqonchilik va savdogarlik ishlari bilan shug’ullanar, dehqonlar ekin ekish uchun issiqxonalardan foydalanardi. Savdogarlar esa portdan mahsulotlar olib kelib sotishardi.
Evernor qasrining eng yuqori cho’qqisida yoshi ellikdan oshgan , sochlari oqargan va ust boshiga kulrang mo’ynali plash kiyib olgan inson ufqqa, tog’lar tomon boqib turardi. Ushbu xona tashqaridan ko’ra qorong’u bo’lib, devorlarga <<Arvinlar>> sulolasinining barcha qirollari suratlari osib qo’yilgandi.
Suratlarning biri Jonga diqqat bilan razm solib turardi. Uning ismi Josef Arvin bo’lib, u Jonning otasi edi. Xalq nomi bilan <<Zolim qirol>> laqabini olgan Josef Arvin xalqni anchagina parokanda qilib yuborgandi. U boshqa qirolliklar bilan belgilangan diplomatik kelishuvlarni buzib o’z imperiyasini barpo etmoqchi edi. Jon esa xalq tinchligini o’ylab otasini taxtdan ag’dargan edi.
Ammo buni barcha bilar, shu sababli ham hamma uni <<Padarkush qirol>> deb atar edi. Oddiy aholi <<Zolim qirol>>ning hokimiyatidan ko’ra Jonning hokimiyatidan tinchlikka erishgan bo’lsalarda, o’zlarini buni bilmaganlikka olar, uning hokimiyati ostida o’zlarini noqulay sezar edilar.
Jon o’z xalqi tomon boqdi. Yuragining bir qismida <<Padarkush qirol>>ga bo’lgan nafrat saqlanib qolgan insonlar tomon boqar ekan, ularni qutqarish uchun o’z otasini o’ldirganini bilishlarini, tushunishlarini istar edi. Ularni hayotini saqlab qolish uchun, o’zini hayotini poykol qilganini bilishlarini istar edi. Shimol uning qo’llari ostida zir titraydi. Biroq bu hokimiyatdan ne naf. Xalq uni baribir yaxshi ko’rmaydi, biror kundan ma’no bo’lmasa. Hokimiyat nahotki baxt keltirmayotgan bo’lsa. Unda nega insonlar bu uchun o’z yaqinlari, o’z bag’rlaridan chiqqanlarni o’ldirishga tayyor? Afsuski Jon bularning barini, umrining yarmini yashabgina anglab yetdi.
Jon qo’llarini ortiga qovushtirib oldi-yu, atrof bo’ylab sekin-asta yura boshladi.
Jonning onasi Liza Arvindanham anchagina xotiralar qolgan edi. Jon uning qanchalar mehribon bo’lganini eslaydi. Ammo otasining zulmidan anchagina aziyat chekkani ham yolg’on emas edi. Ha albatta…
Mehribon vas of ko’ngil insonlar ham aziyat chekishadi. Qiynalishadi va vafot etishadi. Bu dunyo hech kimni ayab o’tirmaydi. Ezgu insonlarham oxir oqibat qora tuproq ostida chiriib bitishadi.
Onasining qanday go’zal bo’lganligi yodida. Biroq uning mayin chehrasini asta-sekin unutib bormoqda edi. Jon u bilan bir on vaqt o’tkazish uchun, qolgan butun bir umrini alishishga tayyor edi.
Onasi istagandek addolatli qirol bo’la oldimikan. Zolimlarga qarshi to’g’ri kurasha oldimikan. Ko’pgina Shimol hukmdorlari ichki fitnalar tufayli taxt tepasiga kelishgan. O’zi ham shular jumlasidandir.
Balki bu Jonning aybi emasdir. Bu Shimol hukmdorlariga tekkan tavqi la’natdir. O’g’il otasini taxtdan ayirishi, uning peshonasiga tug’ilmasidan oldin bitib qo’yilgandir. Inson o’z ayblarini boshqalardan yashirishi oson. Ammo buni o’zidan yashira olmaydi. Odam qanchalar toshbag’ir bo’lmasin, yuragining bir chekkasida vijdon hukmronlik qiladi.
Onasidan ayrildi, otasidan ayrildi. O’g’illarining onasi va rafiqasi bo’lmish Elly Gilnortdan ham ayrildi. Kasallikdan vafot etgan sevgilisini deb Gilnortlar bilan ittifoqiga darz ketdi. O’z vaqtida onasining o’limi tufayli ham shunday bo’lgandi. Liza Gloverning o’limi tufayli Florendel qirolligi bilan ittifoq parchalangan edi. Hozirda esa Florendel qirolligi bilan sovuq munosabatlar mavjud. Florendel qiroli, Jonning omasi Liza Gloverning ukasi edi va uning o’limida Jonning otasi Josefning shavqatsiz munosabatlari borligini ro’kach qilardi.
Bundan battari bo’lishi mumkin emas. Biroq xursand bo’lsa bo’ladigan yagona yangilik bu, barcha o’g’illari ham tirikligi. Kelajakda o’g’illari bir birlariga g’arazli niyyatda bo’lmasliklari uchun qo’lidan kelgan barcha ishni qilishi kerak. O’g’illari taxt uchun kurashmasliklari kerak. Bu uchun barcha ishlarni qila olishi zarur. Shu sababli taxt vorisini e’lon qilishi kerak. Biroq u kimni butun Shimolning hukmdoriga aylantiradi.
Muallif yangi bob qoʻshganda u shu kitob sahifasida paydo boʻladi. Muallifga obuna boʻling — oʻtkazib yubormaysiz.
Izohlar
2Juda ham zoor Jon obrazi . Jon tog'ri ish qilgan bolsa ham xalq nonkorlik qilyapti😎
menimcha esa Jonni oqlash ham notog'ri. Sababi nima bo'lgan taqdirdaham u o'z otasini o'ldirdi. Biroq bunday qilmasa xalq aziyat chekishi mumkin edi. Shu sababli ham uni na yaxshi, na yomon obraz deyish mumkin.