Chosonning qadimiy poytaxti Hanyangda tuni bilan yog‘ib chiqqan yomg‘irdan so‘ng, tong nam yer ifori va yaproqlardan tomayotgan shudring tomchilari bilan qarshilandi. Ufqda so‘nayotgan bulutlar orasidan mo‘ralagan quyosh nurlari zamin ustida xira kamalak hosil qildi. Shahar aholisi asta-sekin uqubatli kuniga uyg‘onayotgan edi.
Tashqaridan qaraganda hamma joy osuda va tinch ko‘rinsa-da, bu sukunat ortida ulkan bo‘ronlar yashiringandi. Qaysidir aysh-ishratxona burchagida saroy tinchligini buzish uchun fitna to‘rlari to‘qilar, o‘g‘rilar o‘zining navbatdagi ishiga kirishar, soliqchilar esa xalqdan yig‘ib olingan oltinlarni mamnuniyat bilan sanashardi. Ba'zilar uchun bu namiqan havo quvonch va xotirjamlik olib kelgan bo‘lsa, boshqalarning qalbida g‘azab va nafrat olovini yoqardi.
Bu saroy faqatgina siyosiy intrigalar va qat'iy qoidalar maskani emas edi. Uning qalin devorlari ortida minglab insonlarning yuragiga bog‘langan ko‘rinmas, qirmizi Taqdir Iplari tebranib turardi. Bu iplar masofaga qaramay, vaqti kelganda munosib qalblarni birlashtirardi. Ammo ba'zilarning taqdir ipi juda nozik va yupqa bo‘lib, nafrat hamda xiyonat shamollarida uzilish arafasida turar, ba'zilar esa ipsiz — abadiy yolg‘izlikka mahkum etilgan edi.
Qirol Park Seon shohona bog‘da xayollar og‘ushida turardi. Uning so‘nggi paytlarda sevimli kanizagi Han Ji-woon ni asilzoda bolmasada eng katta kanizak deb e'lon qilgani saroyni ostin-ustun qilib yuborgandi. Tabib oilasidan chiqqan sodda va kimsasiz bir kanizakning bunday yuksak e'tiborga sazovor bo‘lishi Qirolicha va boshqa nufuzli urug' kanizaklarining g‘azabini oshirgandi. Ammo bu nafrat va bosimlar Qirol Park Seon va Ji-woon o‘rtasidagi taqdir ipini uzish o‘rniga, uni yanada chigal va mustahkam tugun xoliga keltirayotgan edi.
— Qirolim... — ortdan muloyim, mayin ovoz eshitildi.
Qirol xayollar girdobidan birdaniga chalqidi. Ortiga o‘girilib, qarshisida turgan siymoga ko‘zi tushishi bilan lablarida iliq va go‘zal tabassum zohir bo‘ldi.
— Meni shunchalik tez sog‘indingizmi, qalbim parchasi? — so‘radi qirol unga mehr to‘la ko‘zlar bilan tikilib.
Ji-woon aybdorona, ammo baxtiyor niqobda bosh egdi:
— Sizni sog‘inmaslikning biror bir iloji bormikan, hazrati oliylari?..
Qirol unga yaqinlashib, Ji-woonning nozik, salqin barmoqlaridan tutdi va ularni ohista lablariga bosdi.
— Qo‘llaringiz sovuq qotibdi-ku. Subhidamda hovliga chiqib, shamollab qolmang.
— Yomg‘irdan keyingi muattar ifor beni beixtiyor hovli tomon yetaklagan edi... va baxtimga sizni uchratdim, — dedi Ji-woon mayin tabassum qilib. — Sizni bir zum ko‘rish uchun sovuqdan qaltirashga ham roziman...
Ular shu zayl bir-birlariga dillardagi cheksiz sevgini izhor etishayotgan bir paytda, nariroqdagi ayvon ustunlari panasida turgan Qirolicha bu manzarani nafrat va g‘azab to‘la ko‘zlari bilan kuzatib turardi. Uning barmoqlari ipak kiyimining barakalarini g‘ijimlab, bo‘g‘zidagi nafratini arang yutardi.
— Qirolicham... Shu yerda ekansiz-ku, hazrati oliylari. Nonushtangiz tayyor bo‘ldi! — kutilmaganda ortdan xizmatchi qizning baland va hayajonli ovozi eshitildi.
Qirolicha o‘zining pinhona kuzatuvini buzgan xizmatchiga o‘tkir, sovuq va qahrli nigohi bilan boqdi:
— Saroyda bunchalik baland ovozda baqirma! — dedi u tishlari orasidan sovuq pichirlab.
Xizmatchi qiz qilgan xatosini anglab, qo‘rquvdan rangi quvordida, darhol yerga egilib ta'zim qildi:
— U-uzr so‘rayman, hazrati oliylari... Meni afv eting!
Ammo bu shovqin va g‘allalar qirol va uning sevimli kanizagining e'tiborini tortmadi. Ular o‘zlarining shirin va baxtli dunyolarida, bir-birlarining nigohida g‘arq bo‘lib turishardi.
Qirol shohona hovlidagi so‘rida nonushta qilayotgan bir paytda, Qirolicha uning yoniga mayin, ammo vazmin qadamlar bilan yurib keldi. Uning kelganini sezgan bo‘lsa-da, Qirol boshini ko‘tarib ham qaramadi.
— Xayrli tong, Qirolim, — dedi Qirolicha muloyim ovozda.
— O‘zingga ham xayrli tong.
— Sizga xushxabar bilan kelgan edim... — Qirolichaning ko‘zlaridagi nim yosh va titroq uning ichki hayajonini oshkor qilib turardi.
Qirol nigohini ovqatdan uzmay, sovuqqonlik bilan so‘radi:
— Qanday xabar?
— Tez orada kichik shahzodangiz dunyoga keladi...
Qirol birdan ovqatlanishdan to‘xtadi va sekin Qirolichaga yuzlandi. Uning ko‘zlarida quvonch emas, shubha zohir bo‘ldi:
— Shahzoda ekanini qayerdan bilasan? Balki malikadir?
Qirolichaning yuragini nogahon yengil xavotir qampladi. U o‘zini qo‘lga olishga urinib:
— Bunday bo‘lishi mumkin emas. Ko‘nglim sezyapti, bu albatta shahzoda bo‘ladi, — dedi.
— Unda tabriklayman.
— Zarracha xursand bo‘lmadingiz-a? — Qirolichaning ovozidagi alam yuzaga qalqdi. — Sevimli kanizakingiz emas, men birinchi homilador bo‘lganim sizga ma'qul kelmadimi?
— Qirol huzuridasan, ovozingni balandlatma! — dedi Qirol qahrli pichirlab.
— Nima uchun?! Bunga haqim yo‘qmi? Hech bo‘lmasa o‘tmishdagi tuyg‘ularimiz hurmati menga ozgina mehr bera olmaysizmi?..
Qirol o‘tkir va sovuq nigohini Qirolichaning ko‘zlariga qadadi:
— Senga bo‘lgan tuyg‘ularim... Andong Kim urug‘iga bo‘lgan nafratimdan ustun kela olmadi. Shu sababdan u allaqachon ko‘milib ketgan.
— Birgina aybim — Andong Kim oilasidan ekanligimmi?
— Sen sevgimiz uchun o‘z oilangdan voz kechganingda va meni o‘z nafshingga ko‘ra boshqarishni istamaganingda edi, balki senga bo‘lgan tuyg‘ularim so‘nmgan bo‘lardi...
Qirolicha yuzidagi achchiq yoshlarni artdi. Yig'idan duduqlangancha, qalbidagi so‘nggi mehr ham nafratga aylanganini his qildi:
— Yaxshi... Men oilamni tanlayman! Lekin shuni bilib qo‘yingki, bugundan e'tiboran sizga bo‘lgan muhabbatim sababli bajarmagan barcha qarorlarimni amalga oshiraman!
U shart ortiga o‘girilib, o‘z qarorgohi tomon ketib qoldi. Bu manzarani narida kuzatib turgan kanizak Han Ji-woon xizmatchilariga im qo‘shib, sekingina ortga chekindi. Chunki u Qirolni avval hech qachon bunday chorasiz va g‘azabnok ahvolda ko‘rmagan edi. Qirol bir zum cho‘kalab qoldi, ko‘zlaridan mardona, ammo g‘amgin yosh tomchisi sizib chiqdi. Biroq darhol o‘zini qo‘lga olib, qat'iyat bilan buyurdi:
— Majlislar zaliga ketamiz!
Oradan 9 oy o‘tdi...
Taqdirning hazilini qarangki, Kanizak Ji-woon ham Qirolicha bilan bir kunda, bir vaqtda ko‘zi yoridi.
Qirolicha tug‘uruqdan so‘ng o‘ziga kelgach, darmonsiz holda doyadan so‘radi:
— Ayting... Kim dunyoga keldi?
— Jajji va go‘zal malika dunyoga keldi, Qirolicham...
Shu zahoti Qirolichaning ko‘z oldida Qirolning o‘sha sovuq iborasi gavdalandi: "Shahzoda ekanini qayerdan bilasan, balki malikadir?" U daxshatga tushib, shoshilinch so‘radi:
— Ji-woon-chi?! Undan kim tug‘ildi?!
Doyalar bir-biriga sarosimada qarashdi va qo‘rquvdan qaltiragan lablar bilan javob berishdi:
— Sh-shahzoda... Qirolicham.
Qirolicha go‘yo tubsiz qora jarga qulagandek bo‘ldi. Yo‘q, u magistral hokimiyatni tabibning qiziga boy berib qo‘ya olmasdi!
— Yo‘q... Bunday bo‘lishi mumkin emas! Ji-woon o‘ziga keldimi?
— Hozircha yo‘q, Qirolicham. Ko‘p qon yo‘qotganlari uchun hali hushlariga kelmadilar.
— Bolalarni almashtiringlar! — dedi Qirolicha qat'iy va sovuqqonlik bilan.
— N-nima?.. Qirolicham, axir bu...
— Gapimni tushunmadingizmi?! Bolalarni tezda almashtiring! Agar bu haqda biror kimsa bilib qolsa, yetti پشتingiz bilan yo‘q qildiraman!
Doyalar jon shirinligidan tezda chaqaloqlarni almashtirib qo‘yishdi. Qirolichaning quchog'iga shahzodani, Ji-woonning yoniga esa malikani keltirib qo‘yishdi.
Nihoyat, Ji-woon ko‘zlarini ochdi. Yonidagi chaqaloqqa tikilib, u qiz bola ekanini ko‘rgach, hayratda qoldi:
— Yo‘q... Menda shahzoda edi! Men xushimdan ketishdan oldin buni eshitgan edim!
— Malikam, darmonsizlikdan xato eshitgansiz, chog'i, — dedi doya yolg'ondan titrab. — Mana, sizni qutqargan doya malikani o‘z qo‘llari bilan dunyoga keltirdi.
— Ha, shunday, malikam. Siz qiz farzand ko‘rdingiz...
Ji-woon tug'ruq paytidagi xiralashgan xotirasida doyaplarning "Shahzoda! Shahzoda tug'ildi!" deb hayqirishganini aniq eslardi. Ammo qo‘lidagi ma'sumgina chaqaloqning mitti yuziga boqishi bilanoq qalbi erib ketdi va uni mehr bilan bag‘riga basdi.
Shu payt xonaga Qirol kirib keldi. Uning ko‘zlarida xavotir bor edi:
— Ahvoling yaxshimi? Ko‘p qon yo‘qotganingni eshitib, juda xavotir oldim...
— Yaxshiman, Qirolim... Buni qarang, bu — sizning malikangiz, — dedi Ji-woon ko‘zlarida yosh bilan.
Qirol sekingina chaqaloqqa qaradi. Mitti malikaning go‘zalligi bir zumda Qirolning butun borligini egalladi. "Bu mening qizim... Mening malikam..." deya uni avaylab quchog'iga oldi.
Ayni shu daqiqalarda Qirolichaning qarorgohidan narsalarning chil-chil bo‘lib sinayotgan ovozi eshitilardi. Uning g‘azabi chegarasiz edi:
— O‘g‘il ko‘rganimni eshitib ham, yonimga kelmadimi?!
— Qirolicham, iltimos, to‘xtang! Shahzoda qo‘rqib ketyapti, tinmay yig‘layapti! — dedi xizmatchi qiz chaqaloqni ushlagancha.
Qirolicha shartta to‘xtadi. Xizmatchining qo‘lidagi shahzodaga tikilib, uni bag'riga bosdi.
— Bu — shahzoda... Demak, taxt mening qo‘limda! — U chaqaloqning yuziga tikilib, tishlari orasida pichirladi: — Seni o‘zim tarbiya qilaman. Sen yetuk va mutlaq Qirol bo‘lishing kerak...
Oradan 8 yil o‘tdi...
Chaqaloqlar almashtirilgani haqidagi mudhiş sir sakkiz yil davomida sinchkovlik bilan yashirildi. Doyalar esa bu voqeani umuman bo‘lmagandek xotiralaridan o‘chirib tashlashdi.
8 yoshga to‘lgan Shahzoda va Malika bir-birlarini deyarli ko‘rmay ulg'ayishdi. Shahzoda Park Hyun-sikning kunlari kutubxonada, kitob mutolaasi hamda jang san'atlarini o‘rganish bilan o‘tardi. Qirol esa unga hanuz sovuq munosabatda edi — hatto oyda bir marotaba ham holini so‘rab kelmasdi.
Bir kuni Hyun-sik orqa hovlida qilichbozlik bilan shug‘ullanayotganida, u yerga kutilmaganda jajji malika — Park Ki-joo kelib qoldi.
Malika mayin ovozda so‘radi:
— Siz kimsiz?
Shahzoda mashqni to‘xtatib, qilichini gilofiga soldi. Malikaning go‘zal yuzi va o‘zini tutishini ko‘rib, yuragi noma'lum bir iliqlikni his qildi:
— Men Shahzoda Hyun-sikman. O‘zing kimsan?
— Men Malika Ki-jooman... Demak, siz mening akam ekansiz-da?
— Shunday bo‘lsa kerak. Ammo sening Onang boshqa...
— Demak, faqat Otamiz birmi? Ha, shu sababdan sizni avval ko‘rmagan ekanman-da! Keling, endi doim ko‘rishib turamiz! — dedi Ki-joo samimiy tabassum qilib.
Hyun-sik ham qizchaning qo‘lidan tutib:
— Roziman, — deya g'amgin, ammo iliq tabassum qildi.
Ayni shu daqiqada uzoqdan Qirol yugurib kelib, Malikani bag‘riga oldi va Shahzodaga g‘azab to‘la ko‘zlar bilan qaradi.
— U senga zarar yetkazmadimi, Ki-joo?!
— Nega zarar yetkazsin, ota? Axir u mening akam-ku?
— Unga yaqinlashma! U jang qilishi kerak, ko‘ryapsanmi, qo‘lida qilichi bor!
Malika Hyun-sikning qo‘lidagi qilichga boqdi. Hyun-sik esa ikki yildan beri ko‘rmagan Otasiga ma'yus tikildi:
— Ota... Men siz aytgandek yaxshi jang qilyapman. Men singlimga zarar yetkazmayman...
Qirol Shahzodaga qarab, u ancha ulg‘ayib qolganini tushundi va sovuq, qat'iy ohangda dedi:
— Meni "Ota" deyishing kerak emas. "Qirolim" deb chaqir, chunki sen shahzodasiz. Va shuni bilib qo‘y — singling malikalar bilan ulg‘ayishi kerak. Sen esa uni faqat ortidan himoya qilasan. Unga yaqinlashishni xayolingga ham keltirma!
— Xo‘p bo‘ladi, Qirolim... — dedi Hyun-sik boshini egib, xafa ohangda.
Hozorgina yuziga urilayotgan illiq shamol endi illiq emas balki sovuq edi. Ichidan sinish hisini tuygandan keyin nima qilishni bilmay, qolida mahkam ushlab turgan qilichni uloqtirib saroydan yashirinchi ilk bora qochdi. Bu Hyungsik ning saroy devorlaridan birinchi martta tashqi hayotni koʻrishi edi. Yugurib ketar ekan qarshisida katta daraxt uchradi , shagʻzoda daraxtga boshini qoʻygancha uxlab qoldi. Birozdan soʻng qulogʻiga shivirlagan ovozlar eshitila boshlagandan keyin koʻzlarini sekin ocha boshladi.
-u kim boʻldi ?
-balki dadam ortimizdan joʻnatgandur buni
-kim boʻlsa ham lekin chiroyli ekan
-bunday gaplar ni bas qil. Agar yashirin joyimizni kimdur bilib qolsa nima boʻlishini oʻyla.
Qizlardan biri daraxt tegida yotgan yigit koʻzlarini ochib qizlarga qarab turganini payqadi.
-u uygʻonibdi
Qizlarning ikkinchisi Hyungsik kka oʻgirildi. 6 yoshlar atrofidagi kichkina asilzoda qiz. Sochini mayda 1 ta qilib oʻrib olgan va boshida shaftoli guli tushirilgan soch uchun qisqich taqan ,kiyimlari esa tozza ipakdan ifori mayin shaftoli guli ifora edi. Bu ifor Hyungsikning yuziga borib urildi.
Shaftoli qiz hyungsik ka yaqinlashgancha soʻradi;
-Siz kimsiz ? Sizni otam bizni kuzatish uchun joʻnatdilarmi ?
Hyungsik ifordan mast ligi tarqaldi va qarshisidagi qiz ga
-siz oʻzingiz kimsiz va otangiz kim ?
-demak sen bizni va otamizni tanimaysanmi ?
-albatta yoʻq!
-unda bu yerga qayerdan kelib qolding
-saroydan !
-Saroydan ?!
-ha saroydan. Bu sizlarni joyingiz ekanini bilmagan edim mazur tutasiz.
-hoʻp gapinga ishondik deylik ammo daraxt ortidagi bola kim ?
Shaftoli qiz daraxt ortida turgan bolani qoʻli bilan koʻrsatdi. Daraxt ortida yashirinib turgan bola allaqachon yashirinishdan foyda yoʻq ekanini bilib sekin daraxt ortida chiqdi.
-salom - uyalgan ohangda salomlashdi
-men bu kim ekanini bilmayman
-dedi hayron yigitga qarab turgan shagʻzoda Hyungsik
Shaftoli qiz qoshlarini chimirgn holatda daraxt ortidagi yigitga Hyungsik ni koʻrsatib ;
-hoy sen uni kim ekanini bilasanmi ?
-ha taniyman - deb bosh irgatdi
Shagʻzoda hayron qolgan edi chunki ilk bora koʻrib turgan bola ui taniyman deb turgan ni uni hayratda qoldirdi.
Shaftoli qizning dugonasi quvnoq ohangda unda oʻzingizni tanishtiring , kim ekaningizni bilishimiz uchun.
Hyungsik oʻrnidan turib oʻzini togʻirlab oldi da
-men Park Hyungsik , valiahd shagʻzodaman.
Qizlar bir-birga qarab kulib yubordi. Ular shunday kulishar ediki Hyungsik hayron qolgan , daraxt oldida gi bola esa Shaftoli qiz ga qaragancha u ham kulardi.
-hoy rost aytyapman - deb gʻazab aralash ohangda shagʻzoda gapirdi.
-senga ishonish uchun sabab bormi ?
Daraxt ortidagi bola qoʻlini koʻtarib , oldinga chiqdi.
-men uni valiaxt shagʻzoda ekanini bilaman.
-nima ? Hamma bir vaqtda hayrat ichida qolib
- ha men ham Shagʻzodaman. Ismim Park Woo min. 2 chi bosh kanizak ogʻliman. Valiaxt ning jangini har doyim kuzatar edim bugun ham kuzatib otirganimda u saroydan chiqib ketayotganini korgan edim shunda ortidan keldim.
Shaftoli qizning dugonsi hayrat ammo qiziquvchan bolib;
-bu ajoyibku , biz shagzodalarni uchratibmizda demak. Qanday zoʻr a ? Keling unda oʻzimni tanishtiraman meni ismim Shin Ye-eun. Shin oilasidan kichik asilzoda xonimman. Bu esa dugonam Ando...
Shaftoli qiz dugonasini gapini birdan boʻldi va oʻzi davom etirdi..
-meni shunchaki Shaftoli gul deb chaqirsangiz boladi. Oilam haqida gapirishni istamayman.
-ahir.. Li... - dugonasi hayron qolgan edi.
Shaftoli qiz dugonasi ga bosh irgatdi. Dugonasi ham uni shunchaki ishorasidan gapirishni istamayotganini tushundi.
Ular aynan shu kundan boshlab yaqin doʻstlar boʻlishdi...
Oradan 3 yil oʻtdi.
Yillar, oylar, haftalar, soatlar, daqiqalar va soniyalar oʻtar ekan Qirolning muhabbati Kanizak Ji-woon ga nisabatan ortar , taqdir iplari uzilmas darajada qalinlashayotgan edi. Ularning birga koʻrgan har qanday odam ularni iloh tomonidan yaratilgan juftlik deyishar va havas qilishardi.
Bugun ham har doyimgidek qirol , Kanizak Ji-woon bilan birga Biwoon bogʻida ( qirollik saroyining ortidagi maxfiy bog) sayir qilishoyotgan edi
Aynan shu yerda Shagzoda Hyungsikka koʻzlari tushishdi. Ji woon shagzodani ilk martta korayotgan bolishi mumkin ammo qalbida illiq tuygu churmab oldi. Qalbi negadur notinch lanayotgan edi. Balki aynan shu his haqiqiy onalik belgisidur ...Sekin qadamlari bilan yashil maysalar uzra qiroldan oldinlab Shagʻzoda tomon yura boshladi.
-siz Valiahd Shagzoda boʻlsangiz kerak togʻrimi ?
Valiahd shagzoda ilk bor bu ayolni koʻrib turgani uchun biroz hayron boldi. Va ayolning ortida qirolni koʻrgach qirolga sekin tazim qilib
-ha shunday xonim. -dedi
-siz 11 yoshga tolgan bolsangiz kerak. Ancha ulgayib korkam yigit bolibsiz. Siz bilan bir vaqtda tugulgan singlingiz ham sizga ohshaydi u ham ulgayib qoldi..."Ji-woon Valiahd ga biroz tikilgancha "..sizdan bir iltimos qilsam boʻladimi ?
-qanday iltimos ?
-egizak singlingizni oʻzingiz ximoya qila olasizmi ? Siz bilan aka-singil boʻlib ulgʻayishini istayman.
Shagʻzodaning hayoliga Qirolning "uni uzoqdan himoya qilsang shu yetadi" degan gapi tushdi. Va qirolga bir qarab oldida
-uni uzoqdan himoya qilaman
Ji-woon biroz nim tabasum qilib
-rahmat shagʻzodam - de-ya shagʻzodaning qoʻlaridan ushladi.
Shagʻzodaning ortidan Qirolicha So-Min boshqa kanizaklar bilan suhbat qrib kelayotgan-da ,Shagʻzodaning qoʻlidan ushlab turgan Ji-woon ni koʻrdi va gʻazab bilan borib kanizakka tarsaki tushirdi. Buni koʻrgan qirol ham maysa va gullarni bosgancha katta qadamlar bilan Ji woon ning yoniga borib uni bagʻriga bosdi va qirolichaga gʻazab lari koʻzlaridan korinib turgan holatda
-NIMA QILYAPSAAAN!!
Bu gaplarni Qirolicha boʻlmagandek Ji-woon ga qarata
-Meni shagʻzodamni yoniga yaqinlashma ! Nima Qirolni olganing yetmagan dek endi Shagʻzodani ham oʻzingniki qilmoqchimisan ?
-nimalar deyapsan ? Ji woon meni sendan olib qoymadi , sen oʻzing meni yoʻqotding.
Qirolicha gʻazab bilan Shagʻzodaga yuzlandi.
-Shagʻzodam men bilan yuring.
Shagʻzoda va Qirolicha birgalikda Qirolichaning xuzuriga ketishdi. Bogʻda esa Qirol Kanizak atrofida girdu kapalak edi. Qirolicha Shagʻzodani mahkam bagʻriga bosgancha koʻzlaridan yosh tomchiladi.
-Shagʻzodam , meni bu ishlarim uchun yomon koʻrishingiz balki nafratlanishingiz mumkin. Ammo siz bilmaydigan bazi haqiqatlar ham bor. Siz bolajak qirol siz va qaysi tomonni tanlash oʻz qoʻlingizda lekin men haqimda agar siz bilishingiz kerak bolmagan haqiqatlar ochilsa ham iltimos meni yomon koʻrib qolmang.
-Qirolicham , iltimos yigʻlamang
-mendan xavotir olishingizga arzimayman. Hozirda men Andon Kim oilasiga yordam berayotganim bu meni vazifam ekanligi uchun ammo siz taxtga chiqaningizda barcha haqiqatlarni bilganingizda albatta aybdorlarni jazolashingiz kerak. Hattoki aybdor men boʻlsam ham , maylimi ? - koʻzlaridan shashqator yoshlar tomim duduqlangabcha shu gaplarni aytdi .
Hyungsik doyim har kuni tush paytida oʻsha daraxt yonida uchrashishga kelishib olishgandi ammo bugun u bormadi. Oʻz xonasida shunchaki rasm chizishni afzal koʻrdi....
Hyungsik tilida ;
Hayotim da hech qachon Qirolichaning bunday koʻz yosh toʻkanini va meni bagʻriga bosganini eslay olmayman. Nega menga bu gaplarni aytganini ham tushunmadim ammo bunga arziydigan sabab bor ekanini sezib turibman. Qirolning yonida turgan ayol yahshimi yoki yomon uni ham seza olmadim ammo undan yomonlik alomatlari sezilmas di. Unda nima uchun qirolicha unga tarsaki urdi ? Men hech qachon Qirol va qirolichani baxtiyor birga sayr qilganini kormaganman ammo qirol shu kanizak xonim bilan sayr qilayotgan -di. Balki qirolicha shunchaki qirolni qizgʻongandur...
Hayollarim hech ketmas , ularni tartiblay olmayotgan edim. Nimani oʻylashni ham nimani tushunishni ham bilmasdim. Bugun har doyimgi daraxt yoniga bormadim. Yolgʻiz qolishni istayapman...
Ozgina tinchlanish uchun surat chizishni istab qoʻlimga moʻyqalam va siyohni oldim. Sekin koʻzimni yumdim va birinchi koʻrgan hayolimdagi narsani chizishga qaror qildim. Ha bu oʻsha edi meni hayolimdagi faqat u edi. Rasm ni tugatgach unga biroz termuldim va bu rasmdagi "Shaftoli guli" edi. Birinchi bor daraxt soyasida uxlab qolganimda u bilan ilk martta nigohlarimiz
Toqnashgan lahzadagi surat edi. Uning suratini yigib sandiq ichiga joyladim. Va oʻtirgan holatda uxlab qolibman. Men uchun koʻp vaqt oʻtgandek tuyulmadi ammo bir necha soat oʻtgani anniq edi chunki men xonaga kirganimda quyosh hali tikka edi ammo hozir quyosh botish arafasida , xudii togʻlar ortiga berkinayotgan dek koʻrinardi. Birdan xonam eshiklari ochildi , u yerda xansiragan ahvolda kiyimlari da loy izlari bolgan shagʻzoda Woo-min kirdi. Uning muhim gapi bor ekani xansirayotgan holatida gapni boshlashga urinayotgandan bildim.
Va nihoyat u duduqlanib bolsada gapira boshladi
-shaftoli gulli...shafto..li gu..liii
Shu gapni eshitishim bilan oʻrnimdan turib ketdim.
-nima boʻldi ?
-u endi biz bilan uchrashmas ekan bunga taqiq qoʻyilibdi.
-nima..nima uchun ?
-har doyimgidek daraxt oldiga yigʻilgan edik , shaftoli guli ham keldi ammo... hayirlashgani ekan. Va bu..buni senga berdi.
Woo-min ning qoʻlida turgan qizil qutinj sekin oldim. Ha bu xatni shaftoli guli yozgani anniq edi chunki undan shaftoli ning hidi kelardi. Sekin qutinni ochdim. Qutinni ochishim Woo Min ichun ham ichidagi narsa qiziq boʻlgani uchun u qoʻllarim ga qarab turar edi. Ammo negadur uni ochishni istamasdan kichik javonimga soldim, ozgina Woo min menga mayus koʻzlar bilan qaragan-cha xonamni tark etdi...
Muallif yangi bob qoʻshganda u shu kitob sahifasida paydo boʻladi. Muallifga obuna boʻling — oʻtkazib yubormaysiz.
Izohlar
1❤️