O‘z otasining qotiliga aylanish uchun insondan qanday sovuqqonlik talab etilsa, uning barchasi Jasurda mujassam edi. U otasining hali iliqligi ketmagan jasadi qarshisida, qo‘lida pichoq bilan qotib turardi. Nima qilishni, nima deyishni bilmas, xayoliga biror fikr kelmas, shunchaki joyidan jilolmasdi.
To‘satdan kimdir uning qo‘lidan mahkam tutib, o‘ziga tortdi-da, bag‘riga bosdi.
Aslida, hammasi Jasur tug‘ilgan kundan boshlangan edi...
2002-yil. Bahor.
Qishloqdagi oddiygina bir xonadonda Mohira ismli ayolning to‘lg‘og‘i tutib qoldi. Uning turmush o‘rtog‘i do‘stlari bilan choyxonaga ketgan, uyda esa undan boshqa hech kim yo‘q edi. Odatda, xonadonning qolgan a’zolari bu paytda dalada bo‘lishardi.
Mohira nima qilishini bilmay, jon holatda qo‘shnisinikiga chiqdi. Og‘riqdan zo‘rg‘a qadam tashlar, ovozi ham arang chiqardi.
— Qo‘shni... Qo‘shni! — deya bazo‘r ovoz chiqardi u.
Yaxshiyamki, qo‘shnisining qizi Madina hovlida ekan. Mohirani ko‘rishi bilan darhol onasini chaqirish uchun yugurdi. Bir zumda Jamila opa shosha-pisha yetib keldi.
— Qizim, bor, qo‘shnimiz Temur akani chaqirib kel. Mashinasida shifoxonaga olib borishi kerak, — dedi u qiziga.
Mohiraning ahvoli tobora og‘irlashib borardi. U chidab bo‘lmas og‘riqlar ichida to‘lg‘oq tutib, zo‘rg‘a nafas olardi.
Nihoyat, ular shifoxonaga yetib kelishdi. Bir necha soatdan so‘ng, xayriyatki, Mohira eson-omon o‘g‘lini bag‘riga oldi.
U chaqalog‘ining mitti yuziga mehr bilan termulib, ko‘zlariga yosh oldi.
— Shukur, jonim bolam! Seni juda uzoq kutdim, pahlavonim, himoyachim... O‘zimning bolam! Sening ismingni Jasur deb qo‘yaman, — dedi u chaqalog‘ini bag‘riga yanada mahkamroq bosib.
Mohira o‘sha lahzalarda bu kichkina go‘dakning kelajakda qanday sinovlarga duch kelishini, uning taqdiri qanday ayanchli voqealar bilan bog‘lanishini hali tasavvur ham qilolmasdi......
Davomi bor)
Muallif yangi bob qoʻshganda u shu kitob sahifasida paydo boʻladi. Muallifga obuna boʻling — oʻtkazib yubormaysiz.
Izohlar
0