Soliqchi robot-Javzo
(fantastik hikoya )
XXI asrning so'nggi choragi- XXII asrning birinchi yarmi. Ayrim ishlarni endi odamlar bajarmas, ayniqsa inson hayoti uchun xatarli o'limga olib keladigan ishlarni ayniqsa kommunal to'lovlarni undirish bo'yicha ishlarga robotlar jalb etila boshlangan. Mana ulardan biri J2-1 sun'iy ongga ega, o'z ishining ustasi Ish vaqtida hislar begona. U faqat faktlarga tayanadi, kompyuterda kimni tarjimayi holi kelsa , kimni qarzi bo'lsa o'sha tarjimayi holga binoan manzilga borardi. Ishdagi bunday ma'suliyati uchun insonlardan do'stlari uni "Javzo" deb atar edi. Mana bugun u yana kimnidir uyiga boryapti. U keldi va eshikni taqillatdi Uy egasi:
-Kim u hozir boryapman?!
Javzo: -Soliqdan eshikni ochib yuboring.
-Obbo , yana senmi? ziqligidan dedi uy egasi.
Uy egasi eshikni ochdi. Robot salon berib dedi:
-Assalom aleykum. Halil Rahmonov siz bo'lasizmi?
-Ha men: javob berdi uy egasi.
-Chiqindidan qarzingiz bor ekan to'lab qo'ysangiz yaxshi bo'lardi.
-Menga qara uka : nim muloyimlik bilan Halil aka- Shuni uyga kirib maslahatlashaylik.
-Shu yer ham ma'qul : dedi robot Javzo.
-Tushun ertaga qizimni to'yi hamma pul sarposiga ketdi. Hozir yonimda bir tiyn ham yo'q.
-Aka men borgan uy egalari har kuni har xil baxona aytadi. Kimdir janoza deydi, kimdir beshik to'yi deydi, kimnidir yaqini safardan kelganini baxona qiladi. Lekin barbir noiloj to'laydi.
-HAA, shunday degin: asta-sekin g'azalanib Halil aka.
-Shunday. Gapni qisqa qilaylik. Mana terminal:Javzo ko'ksidagi tugmani bosdi va ko'ksidan bir darcha ochilib undan zamonaviy planshetsimon terminal chiqib.
-To'lamasam nima bo'ladi.
-Unda ijroga oshiriladi. Siz to'lamoqchi bo'lmagan 50000 so'm 2 baravar qilib undiriladi.
-Qancha 2 baravaring ?
-100000 so'm.
-Senimi temir kalla: qo'lini mushtlab.
-Davlat odami yoki robotiga ziyon yetkazish jinoiy javobgarlikka olib keladi. Hozirgi zamonda militsiyalar osmonda uchyapti. Signal bersam uchar kemalardan biri qo'nib sizni olib ketadi.
Halil aka militsiya so'zini eshitgach hovuridan tushdi. Uydan plastik kartasini chiqarib chiqundi uchun soliqni to'ladi. Javzo bunga javoban:
-Bu boshqa gap. Kuningiz yaxshi o'tsin: dedi va ketdi.
-Seniyam e-e dedi ichida Halil aka.
***
Kechki payt Halil aka divanga o'tirdi. Dars qilayotgan o'g'liga qarab dedi:
-O'g'lim qaysi fandan dars qilayapsan?
-O'zbekiston tarixi fanidan dada.
-Qanday mavzu?
-"XXI asr birinchi yarmida O'zbekistonning ijtimoiy iqtisodiy hayoti. Dada boya Javzo keldi-yu Shuni ko'rib bir ma'lumot esimga tushdi.
-Qanday ma'lumot eshitaylik.
-2017-2020-yillarda kommunal to'lovlarni undirish ishlari nazorati bilan asosan "Majburiy ijro byurosi" degan tashkilot shug'ullangan ekan. Keyinchalik MIBning bu sohadagi roli bosqichma-bosqich qisqartirib butunlay olingan ekan.
-Nega :deb so'radi Halil aka.
-Ustozlarimiz aytadi:O'sha davrlarda MIBlar va iste'molchilar o'rtasida nizoli vaziyatlar kelib chiqar, Iste'molchilarning Miblarga hujumlar qilishi natijasida 2017-2018-2019-yillarda 2 nafar hodim xizmat vaqtida halok bo'lgan, 100 nafarga yaqin hodim tajovuz ko'rgan. Iste'molchilardan suitsid va boshqa alomatlar bilan esa 5-10 tagacha o'lim holati yüz bergan. Tajovuzlardan charchagan ayrim xodimlar o'z ixtiyorlari bilan bo'shab ketishdan ekan.
O'g'lining gaplarini Halil aka eshitib biroz o'yladi. O'ylash asnosida
televizorni yoqib ko'rib o'tirdi.
Muallif yangi bob qoʻshganda u shu kitob sahifasida paydo boʻladi. Muallifga obuna boʻling — oʻtkazib yubormaysiz.
Izohlar
0