Elena va Nora uxlash uchun yotoqxonaga ketishdi.Elena:
-Xayrli tun
-Xayrli tun
Elena koʻzlarini yumdi,ammo yana oʻsha oʻy-hayollar miyasidan ketmasdi."Bu uyda qanday qotillik yuz bergan va mening ismimni aytayotgan kim?" Degan hayollar Elenani timch qoʻymasdi.
Tong otdi,soat 07:00.Elena oʻrnidan turdi,yonida Nora yoʻq edi.U qoʻl yuzini yuvishga ketgan ekan.
-Xayrli tong,Elena.Yaxshi uxladingmi?
-Xayrli tong, boʻladi... oʻzingchi?
-Yaxshi
-Hop, men yuz, qoʻllarimni yuvib kelay, keyin nonushta qilamiz.
-Hop, yaxshi.
Elena turib,vannaga ketdi.Oynaga termulib oʻtirganda, toʻsatdan yana "Elena" degan ovoz eshitila boshladi.U yugurib Noraning oldiga bordi,Nora hayratlanib:
-Nima boʻldi? Qoʻrqitma,Elena.
-Yana..yana oʻsha ovoz...
-Nima?Men chaqirdimku.Vannada koʻp qolib ketganingga, chaqirgandim.
-Voy,uzr... Qoʻrqib ketibman.
-Mayli, hechqisi yoʻq.Qani,kel nonushta qilamiz.
-Albatta...
Ular nonushta qilib boʻlgach,birozdan soʻng Elenaning telefon ekranida "Viktor" degan ism ko'rindi:
-Salom, Elena yaxshimisan?
-Salom,yaxshiman.O'zingizchi?
-Yaxshi,uyingga borsam yoʻq ekansan.
-Ha, yana ovoz eshitilgandi,shunga Noranikidaman.
-Shunaqa degin?
-Ha.
-Kelasanmi?
-Yo'q,men boshqa uyga koʻchib ketmoqchiman.Tekshiruv natijalari hali chiqmagan boʻlsa,boshqa detektiv topmoqchi edim..
-A... yoʻq... Oʻzim topaman,menga ishon.Men senga topib beraman.
-Lekin..
-Lekin,pekini yoʻq, ertaga tekshiruv natijalari chiqadi.
-Ha,mayli.
-Sog' boʻl.
Goʻshakni qoʻydi,Nora unga qaradi va dedi:
-Sal gʻalati emasmi shu odam?
-Nega?
-O'zim...shunchaki.
-Ha,mayli.
Ertangi kun
Elenaga Viktor qoʻngʻiroq qildi va uni tergov boʻlimiga chaqirdi.Bugu tergov boʻladigan kun edi.Elena yetib keldi,u yerda notanish inson bor edi.Elena Viktorga qarab:
-Bu kim, Viktor?
-Bu qotil
-Nima?Ismi nima ekan?
-Felix.
-Shunday deng,tergovda uchrashamiz.
Izohlar
0