“Sen bor, lekin yo‘qsan”
Yomg‘ ir sekin-sekin oynaga urilardi.
Har bir tomchi — go‘ yo yuragimdagi og‘riqni ohang bilan ifoda etardi.
Deraza oldida tikilib turgan men, ich-ichimdan qandaydir tushuntirib bo‘lmaydigan sezgi bilan yashardim. Boshqalar uchun bu xona men uchun… bu xona hech qachon yolg‘iz emas edi.
g‘ alati,
bo‘ sh, ammo
“Yana yig‘ layapsanmi?” — qulog‘im ostida, hech kim eshitmaydigan, lekin yuragimga yaqin ovoz yangradi.
Cho‘ chib ketmadim. Bu ovozga o‘ rganib qolganman. Uni har doim his qilaman — yonimda.
Nafaqat dardlarimda, hatto jimlikda ham.
Men shunchaki jilmaydim, ko‘ z yoshlarimni artdim.
“Sen yana keldingmi?” — deya past ovozda pichirladim.
U har doim ko‘ rinmas edi. Ammo u borligini sezardim.
Xonamda eshik hech qachon ochilmasa ham, yuragimdagi darvoza unga doim ochiq edi.
Meni tasalli berardi. Boshqalar ko‘rmagan, bilmagan, hatto ishonmagan mavjudot — u mening “yo‘q” sevgim edi.
“Men har doim shu yerdaman,” dedi u.
Uning so‘ zlari meni iliq bag‘riga tortdi.
Men ko‘ zimni yumdim. Qulog‘ imga yana uning ovozi shivirladi:
“Men bor, lekin sen uchun yo‘ qman...”
Yuragim qattiq urdi. Balki bu faqat tasavvurdir, balki ruhiy holatimning bir qismidir.
Lekin men uni his qilardim. Va bu yetarli edi.
Muallif yangi bob qoʻshganda u shu kitob sahifasida paydo boʻladi. Muallifga obuna boʻling — oʻtkazib yubormaysiz.
Izohlar
4Shunaqa koʻproq yozin yana
Yangilarini joylaymiz tez kunda🩵
Nomidan qiziqqandim oʻzi rostdan yaxshi ekn
Yoqqanidan xursandman 🩵