Robotning so'nggi xati
(Qisqa fantastik hikoya)
-Yong'in bartaraf etildi ,hamma narsalarni yig'ishtirsin: dedi o't o'chiruvchilar boshlig'i jamoasiga qarab.
-Uyimiz nima sababdan yonib ketdi? : xavotirda so'radi uy egalaridan Sodiqjon.
-Hozircha noma'lum. Tekshiruv ishlari olib borilyapti. Javobi chiqqach ma'lum qilinadi. Lekin meni bir narsa qiziqtirdi.
-Nima: so'radi Sodiqjon.
-Robotingiz topilgan xonadan shisha parchalari chiqdi.
-Ho'sh- ho'sh
-Robotingiz o'z joniga qasd qilmaganmikin?
-Qandaysiga qasd qiladi'? Uning dasturida bunday kodlar yo'q-ku: hayron holda dedi Sodiqjon.
-Tergovchilar tekshiruv ishlarini olib borishmoqda. Javobini keyin aytishadi : dedi o't o'chiruvchilar boshligʻi.
Shu orada ichki ishlar bo'limidan tergovchi Muhammadov keldi. Sodiqjonga bir ikkita savollar berdi
-Assalom aleykum Ichki ishlar bo'limidan tergovchi Muhammadov. Sizga bir nechta savollar bersam. Robotingizda oxirgi paytlar o'zgarishlar sezganmidingiz?
-Agar yangilanishni aytayotgan bo'lsangiz ikki hafta burun tizimi yangilangan edi. Umumiy tomonlama esa hammasi yaxshi edi.
-Tushunarli. Yana bir savol dushmanlaringiz bormi yoki yo'q?
-Meni dushman orttirishga arzigulik boyligim yo'q.
-Hm-m. Oila a'zolaringizda-chi.
-Yo'q. Biz mahallada namunali oilamiz. Biz bilan Kim qasdlashadi.
-Endi har nima bo'lishi mumkin: dedi Tergovchi Muhammadov.
Robot jasadidan bir kichik qora qutiga o'xshash narsa olindi. Bu qanday aniqlandi? Robotexnika qo'mitasining maxsus guruhi robot qoldigʻlari ustida tekshiruv ishlarini amalga oshirayotgan paytda uning ko'ksining pastki qismidan qora qutini topishdi. Maishiy ishlarni bajaruvchi robotlarni ishlab chiqaruvchi " DUKASA" kompaniyasi ularga huddi shu audio yozib oladigan qutilar o'rnatishar va shu yo'l bilan jinoyatchilikni oldini olishga harakat qilar.edi. Ham yoshlar orasida ayniqsa 15-18 va 20-22 yoshli yigit qizlar orasida o'z joniga qasd qilish holatlari ko'paygan, ko'pincha ular robotlarga dardlarini aytib keyin jonlariga qasd qilishar edi.
Qora quti zarar ko'rganiga qaramay ichidagi audio qisman saqlanib qolgan ekan. Tergovchilar audioni eshitib ko'rishganda hech narsani tushunishmadi. Ushbu ovozlarni tiklash maqsadida Robotexnika qo'mitasi "Joser" laqabli YouTube va Instagram platformlarida strimlar va kodbuzarlik qiladigan bir odamni topishdi. Unga ushbu qora qutini ko'rsatib undagi audioni tiklashda yordam berishni so'radi. Joser qora qutini olib ko'rdi va uni lazerli shkafchaga soldi. Shkafchada u muallaq tugan xolda aylana boshladi. Aylanar ekan plastinka shakliga kirdi. Joser shkafchadagi tugmani bosdi va undan shkafcha ichiga sekin ignaga o'xshash narsa tusha boshladi. Igna qora qutiga yetib kelganda birdan ovozlar kompyuterda chiqa boshladi. Joser ovozlarni olgach uni fleshkaga yozib olib tergovchilarga berdi. Tergovchi audioni eshitib hayron qolishdi. Keyinchalik uy egalariga bu ovozlarni yuborishdi Ovozlarda shunday deyilgan.
" Men robotman. Oddiy robot ishlashga mahkum kun yuzini ko'rmaslikka mahkum. Agar meni eshitayotgan bo'lsangiz demak men halok bo'lganman. Bir kuni ko'chada nogahon qo'shnilardan birining sayohatga ketayotgani haqida eshitib qoldim. So'ng o'zimga o'zim savol berdim. " Nega nega men qilolmayman? " Shu savol o'ylantirdi. Odamlardek yashashga haqqim yo'qmi. Ulardek o'ynab kulishga haqqim yo'qmi. Men robot bo'lsam ham o'z ishimni eslab qilaman. Ammo hech kim rahmat demaydi. Vaqt oz uy egalari kelib qolishadi. Ular bu ishim uchun uzr so'rayman. Hozir stakanda o'zimga o'zim suv sepaman-u bu azoblarini qutulaman . Alvido"
Shu payt suv sepilganda chiqadigan ovoz va uning ortidan jizzilagan ovoz eshitildi.
Bundan uy egalari ham hayron qolishdi. Bu ovozlar robotlarni isyonga da'vat qiluvchi shiorga aylanmasligi uchun fleshkani yashirib qo'yishdi.
Muallif yangi bob qoʻshganda u shu kitob sahifasida paydo boʻladi. Muallifga obuna boʻling — oʻtkazib yubormaysiz.
Izohlar
1Bunday fantastik asar kormovdim tog'risi qiziq lekin hayratlanarlii ekan💖😁❤️