1991-yil
Fransiya
Bu mening birinchi kecham. Yani 30 yoshli don sifatida, balla o’tayotgan birinchi kecham. Hozircha hammasi yaxshi ketyabdi. Biroz hayajon bor. Bunday katta saroyda bir biridan salobatli aristakratlar bilan turganim menga ozgina bo’lsada qo’rquv solardi.
Sekin zinalar tomon yurib tepaga chiqdim. Tepada unchalik odam ko’p emasdi. Mendan ikki uch qadam narida qora smoking kiygan uchta erkak, chamasi besh qadam narida esa sariq ko’ylakda, balkon oynasiga suyanib pastdagi olomonga qarab turgan go’zal qiz bor edi holos. Men qiz tomon bir necha qadam tashlab to’htadim.
-To’g’risi shovqinli joylar uncha yoqmaydi. Bu yerga ham rasmiyatchilik uchungina kelgandim holos.- Birinchi bo’lib o’zim gap boshladim. Õylab qarasam oldin umuman qizlarga gap otib ko’rmagan ekanman. Bu umuman hayolimga ham kelmasdi. Lekin bugungi kun boshqa balki…qiz boshqacha.
Sariq libosli qiz malla sochlarini qulog’i ortiga o’tkazib qo’ydi. Oldin biroz hayron bo’lib qaradi, so’ng ko’zlarini mendan uzib yana qayta olomonga tikdi.
-Menga esa aksincha. Odamlar orasida bo’lish yoqadi.
-Ha, biz boshqa boshqa fikirlardamiz.-boshimni u tomonga burib biroz ehtiros bilan tikildim. Bu mening qurolim desam ham bo’ladi. Qizlarga gap otmaganim ularni o’zimga qaratib qo’ya olmaydi degani emas.-Mening ismim Lunaris. Don Lunaris Soyer.
-Oh, siz Soyerlar klani donimisiz? Tanishganimdan hursandman. Mening ismim
Elodi Dupon, Don Julien Dupon ning qizi bo’laman.
-Demak fransuz siz?
-Ha.
Mana tanishib ham oldim. Men bu qizning otasini, yani Julienni tanirdim.
U bilan hali yaqin aloqalar yo’q. Ammo to’liq dushman ham emasman.
Bu kichik Dupon xonim bilan tanishishimga to’sqinlik qila olmaydi.
-Libosingiz…juda chiroyli.
Qiz libos etagini ushlab yengil silkitdi.
-Ha, o’zimga ham yoqadi. Yarashgan deb o’ylaysizmi?
Albatta. Aslida menga yorqin ranglar yoqmaydi. Lekin sizga sariq rang juda mos ekan.
-Raxmat!
Elodi menga shunday g’alati tabassum bilan tikilar ediki men bir soniyada o’zimni boshqa bir mamlakatga tushib qolgandek his qildim.
Huddi…huddi tanamning ichki qismida, qornimda kapalaklar uchgandekhis qildim. G’alati…Bu menda birinchi marta takrorlanayabdi.
-Mayli, men pastga ketdim.
Shu ovozdan so’ng men o’zimga keldim. Elodi menga orqa o’girib zinatomon yurardi.
-Mon bish!(Italiyanchada mening ohuyim)
Elodi orqasiga o’girilib menga qosh uchirib jilmaydi.
-Nima?
-Siz bilan yana ko’risha olamanmi?
-Balki.
Shunday qilib Dupon xonim meni o’z tabassumidan mahrum etib zinadan pastga tushib ketdi. Ichimda esa uni sena ko’rarmikanman degan hayol qiynardi.
Ball ham o’z nihoyasiga yetdi. Men yordamchim Vincenzo Rossi bilan shaxsiy samalyotda uyga qaytdim. Italiyaning Kalabriya qishlog'iga cha bir yarim soatlik yo’l.
-Vincenzo.
-Nimadir kerakmi janob?
-Bizning dorilarni Yevro Osiyoga kichik mafialar yetkazib berardi shundaymi?
-Ha.
-Menda bitta taklif bor. Julien Dupon ni tanisang kerak? Men u bilan o'zaro munosabatlarni yo’lga qo’yib olsam, dorilarni kamroq haq bilan o’tkazarmidik?
-Ha, Duponlarni eshitganman. Ular mahsulotlarni dengiz orqali o’tkazishga va pul yuvishga katta foyda keltirishi mumkun, ammo buni qanday arzon narx evaziga bajarasiz?- Menga biroz shubxa nigoh tashladi.
-Bugun bitta qiz bilan tanishdim. Ismi Elodi ekan. Julien Duponning qizi. Yoqimtoy va chiroyligina qiz.-Vincenzoga manoli qarab qo’ydim. U ham bu so’zlar tagidagi manoni tushundi shekilli biroz jilmaydi.
2003-yil, 12-oktyabir
-Kuzning qorong’u va yomg’irli kuni. Osmon ham biz bilan birga yig’layotgandek go’yo. O’sha suyukli rafiqa, suyukli beka va suyukli ona bo’lgan Elodi Soyer 2003-yil, 10-oktyabirda vafot etdi. Hamma yaqin qarindoshlariga, yolg’iz qolgan ikkita begunoh farishtalarimizga sabir tilagan holda Miss Soyerni ohirgi manziliga jo’natib qolamiz.-Sacerdote(ruhoniy) ohirgi so’zlarini aytishi bilan Elodining qabriniko’ma boshlashdi.
-Mening suyukli rafiqam tuzalib bo’lmas kasallik bilan halok bo’ldi.-Har holda uning oila azolari, Duponlar shunday o’ylashadi. Aslida esa uning menga qilgan hiyonati tufayli o’z qo’llarim bilan uni bo’g’ib o’ldirdim. Uning Jan-Pyer ismli erkak bilan telefondagi pinhona suhbatlarni eshitib qolgach bunga chiday olmadim. Axir Elodini chin yurakdan sevardim. Qalbimda qanchalik kuchli og’riq bo'lmasin menga qilingan hiyonatni kechirmayman. Elodi mening qalbimdagi o’sha go’zal kapalaklarni o’ldirdi. Men esa…uni o’ldirdim.
Marosim yakuniga yetib qolgandi. Hamma yaqinlarimiz menga hamdard bo’lgancha, taziya bildirib sekin, yomg’irdan loyga belangan qabristonni tark eta boshlashdi.
-Lunaris, senga sabir tilaymiz.-Elodining qarindoshlaridan biri kelib yelkamga qoqib qo’ydi. So’ng yonimda turgan o’g’il va qiziga ishora qildi.- Ularga ham.
-Ayolimning o’limi menga qanchalik og’riqli bo’lmasin bolalarim uchun o’zimni qo’lga olishim kerak.
-Ha, albatta.
O’n daqiqaga bormasdan qabriston sukutga cho’kdi. Hech kimqolmadi. Yomg’ir ham tinay deb qolgandi. Men Luca va Danielaning qo’lidan ushlagancha ularni qabristondan olib chiqib qora
mashinaga o’tqazdim. Luca haliyam nima bo’layotganini bilmay yig’lardi.
-Dada, onam qayerda? Onamni sog’indim…-Yosh to’la kõzlarini ishqaladi Luca.
-Onang uzoqroqqa ketdi. Keyinroq qaytib keladi.-dedim. 5 yoshli bolaga bundan boshqa nima deyish ham mumkin?
-Aldayabsiz.-Pichirladi Daniela mashina oynasidan yo’lgaqarab.-onam o’ldi. Endi qaytib kelmaydi shundaymi?- Uning ohangishunday chiddiy va sovuq chiqdiki, hatto 10 yoshli qizga biroz
bo’lsada hayron qoldim. Uni aldashning iloji yo’q edi.
-Ha. U endi qaytmaydi.
Muallif yangi bob qoʻshganda u shu kitob sahifasida paydo boʻladi. Muallifga obuna boʻling — oʻtkazib yubormaysiz.
Izohlar
1Juda zo‘r ekan menigham hikoyam bor o‘qishni tavsiya etaman nomi Amir Temur