Ko‘zlarimni ochganimda atrofim zulmat qariga cho‘mgan edi. Jimjit sukunat, bu ham yetmaganidek atrofimda hech kim yo‘q edi, endi yolg‘izlik ham ich etimni kemira boshladi. Yelkamda chidab bo‘lmas og‘riq bor edi, bu og‘riq bir zumda butun tanamga tarqaldi va meni battar azoblardi. Bu azobda qancha vaqtni o‘tkazganimni tasavvur qilolmayman. Atrof qanchalik qorong‘u bo‘lishiga qaramay mening ko‘zlarim mayda detallarni ham bemalol ko‘rardi, bu holat menga g‘alati tuyildi, lekin hozir bunaqa narsalar haqida o‘ylashning mavridi emas edi, og‘riq tobora kuchayib borayotgan edi. Ovozim boricha baqirishni xohlardim, biroq tishimni tishimga qo‘yib sabr qildim. Og‘riq kamayib asta sekin yo‘qolib ketishini kutardim, ammo aksincha og‘riq soniya sayin ortib borardi.
Muallif yangi bob qoʻshganda u shu kitob sahifasida paydo boʻladi. Muallifga obuna boʻling — oʻtkazib yubormaysiz.
Izohlar
0