Samalyotga çiqqandan söng 1 soat ötmay uxlab qoldim. Biroz vaqt ötgandan söng universitetdagi bir qiz meni uyğotdi.
-hoy uyğoning Miso yetib keldik.
-a..ha raxmat mayli.
Örnimdan turib narsalarimni qölimga oldim. Samalyodan sekinlik bilan tushib oldik. Tushganimizdan söng yöqolmaganimizga ishonç hosil qilish uçun öqituvçimiz bizni sanab kördi. Söng biz uçun ajratilgan uylarga yöl oldik. U yerga ham 30 daqiqa içida yetdik. Biz hozir seulda edik. Mendan tashqari hamma hursandligidan deyarli osmonga uçishardi. Men ham biroz hursand böldim çunki bu yerda mening yaxshi xotiralarim ham bor. Ammo bu menga köproq bu yerdan ketishimdan oldin bölganbölgan voqealarni eslatardi. Hammamiz çarçagandik. Xonalarimizga kelgunimizça keç ham tushgandi. Shuning uçun hamma öz joyiga yotib uxlagan bölsa kerak. Lekin men butun yöl böyi uxlab keldim. Shuning uçun ança vaqtgaça telefondan közimni uzmay tomosha qildim. Ertalabga yaqin esa qanday uxlab qolganimni sezmasezmapman. Ertalab biroz keç qolib uyğondim. Hali öqituvçimiz va öquvçilar ketishmagan ekan. Ularga qöshilib yölga tushdim. Universitet xonalarimizdan unçalik uzoqda emas ekan. Tezda yetib bordik. Öqituvçimiz xonamizni körsatdi. Xonada kareys öquvçilar ham bor edi. Içkariga kirib salomlashdik. Guruhdagi hamma faqat ingliz tilini bilgani uçun tanishish biroz qiyin böldi. Hammamiz joyimizga ötirdik. Heç qança ötmay oldimga qarab yurib kelayotgan qizni kördim. Yuzi tanish tuyulasada uni eslolmadim. Oldimga yetib kelib meni quçoqladi. Nima bölganini biroz tushunmay qoldim.
-keçirasiz lekin siz kimsiz? -söradim undan...
Izohlar
0