
"Oy Soyasidagi Ruh”
Fantastik-afsonaviy hikoya
Yomg‘ir hidi singib ketgan o'sha tun Raya umrining ikki qismga bo'linishini hali bilmasdi.
Birinchi qism — Jake bilan.
lkkinchisi esa... uning ruhini izlash bilan.
Tungi shahar ustida moviy tuman suzardi. Ko‘chalardagi lampalar xuddi suv ostidagi yulduzlardek miltirab turardi. Raya eski kutubxonadan chiqayotganida, yo'lning narigi tomonida yana o‘sha bolani ko'rdi.
Jake.
Har doimgidek qora hudili, parishon sochlari va g‘alati ko'zlari bilan.
U boshqalarga o'xshamasdi.
Jake odamlarning ichidagi hislarni ko'ra olardi. Kim yolg'on gapiryapti, kimning yuragi siniq, kim o'lish arafasida — bularni uning ko'zlari aytib berardi.
Raya esa... ruhlarni eshita olardi. Faqat buni hech kim bilmasdi.
so'radi Jake birinchi marta.
Raya muzlab qolgandi.
Kimlarni?
Jake asta osmonga qaradi.
Ketolmay qolganlarni.
qolishdi.
Ammo shaharda g'alati voqealar boshlangandi.
Odamlar izsiz yo'qolardi.
Ularning ko'zlari ichi bo’m—bo’sh edi. Go‘yo ruhi tortib olingandek.
Eski afsonaga ko‘ra, har yuz yilda "Oy Darvozasi” ochilar ekan.
U boshqa dunyo bilan bizning olam orasidagi yo‘l edi.
Va agar u to'liq ochilsa...
tiriklar bilan o'liklar dunyosi aralashib ketardi. Jake bu afsonani juda yaxshi bilardi.
Chunki uning oilasi asrlar davomida Darvoza qo'riqchilari bo'lgan.
Ammo eng dahshatlisi boshqa edi.
Tunlarning birida Raya tush ko'rdi. Qorong‘u ko'l.
Suv ustida oq kiyimdagi qiz.
Va uzoqda Jake... asta—sekin yo‘qolib borardi. Raya cho‘chib uyg'ondi.
O‘sha zahoti telefon jiringladi.
Jake.
Raya... agar men yo‘qolsam, meni unutma.
Nima deyapsan o'zi?!Va'da ber.
Jake!
Lekin aloqa uzilib qoldi.
Ertasi kuni shahar markazida osmon yorildi.
Haqiqiy ma'noda.
Qora yoriq ichidan sharpalar oqib chiqardi. Odamlar qochardi. Mashinalar to'qnashardi. Havo qichqiriqlarga to'lgandi.
Jake esa yolg'iz o‘sha yoriq qarshisida turardi.
Raya yugurib bordi.
Jake unga qarab kulimsiradi.
Juda sokin. Juda charchagan kulgu edi bu.
Men qo'rqmayapman, Raya.
Boshqa yo‘li bordir!Yo‘q.
Yoriq ichidan minglab qora qo'llar chiqib, shahar tomon cho'zilardi.
Jake qo'lini ko'ksiga qo'ydi.
Va Raya ilk bor uning yuragi ichida yonayotgan nurni ko'rdi.
Jake odam emasdi.
U Darvoza uchun yaratilgan tirik muhr edi.
Agar men qolsam, hamma o'ladi.Agar sen ketsang—chi?!.. Jake indamadi.
Faqat Raya tomon yurdi.
Peshonasini uning peshonasiga tekkizdi.
Va shivirladi:
Ruhim seni tark etmaydi.
Keyin...
u yoriq ichiga qadam tashladi. Osmon oppoq yorug'likka to'ldi. Raya qichqirdi.
Butun shahar jim bo'lib qoldi. Va Jake... g'oyib bo'ldi.
Oradan oylar o‘tdi.
Hech kim Jake degan bolani eslamasdi. Go‘yo u hech qachon mavjud bo'lmagandek. Faqat Raya eslardi.
Faqat u.
Ba'zan yomg'irli kunlarda yonidan tanish hid o'tardi.
Ba'zan esa uxlab qolayotganida kimdir sochini silayotgandek tuyulardi.
Ammo Jake hech qachon to'liq ko'rinmasdi. Bir kuni Raya ko‘l bo'yiga bordi.
Tuman qalin edi.
Va suv ustida odam silueti paydo bo'ldi.
Jake.
Raya nafasi ichiga tushib ketdi.
Bu... senmisan?.. Jake unga yaqinlashdi.
Ammo tanasi oy nuridan yasalgandek
shaffof edi.
Men uzoq qololmayman.Sen o'lganmisan?.. Jake biroz o‘ylanib turdi.Ruhlar o'lmaydi.Nega faqat men seni ko'ra olaman? Jake kulimsiradi.Chunki sen hali ham meni sevishga jur'at
qiladigan yagona odamsan.
Shamol kuchaydi.
Jake tanasi mayda yorug'liklarga parchalanishni boshladi.
Raya qo‘lini uzatdi.
Bu safar u Jake qo'liga tegdi. Muzdek edi.
Ammo haqiqiy.
Ketma...
Jake ko'zlarini yumdi.
Men ketmaganman.
Va u yana tuman ichida yo'qoldi.
Shundan keyin Raya bir narsani tushundi.
Ba'zi insonlar o‘lgandan keyin ham yo'q bo'lib ketmaydi.
Ular...
kimningdir yuragida yashashda davom etadi.
Ammo har safar oy to'lishgan tunlarda, ko'l ustida ikkita soya ko'rinardi.
Biri tirik qizniki. Ikkinchisi esa...
allaqachon bu dunyoga tegishli bo'lmay qolgan bolaniki.
Muallif yangi bob qoʻshganda u shu kitob sahifasida paydo boʻladi. Muallifga obuna boʻling — oʻtkazib yubormaysiz.
Zur ekan judaa fantastic hikoyalarni sevaman
Yoqqanidan xursandman hali yangilari yana chiqadi 🩵
Judaaa ham ajoyib menga shunaqa fantastik asarlar yoqadi🥰
Yoqqanidan xursandman hali yangilari yana chiqadi🩵
Izohlar
10juda ajoyib ekan toʻgʻrisi yigʻlab yubordim menga juda yoqdi 🥹🥹
Yoqqanidan xursandman 🩵 yana yangilarini chiqaraman ularni ham oʻqib koʻring 💙
Tavsiya qilaman 🫶
🩵
Juda ham qiziqarli 😍
Yoqqanidan xursandman 🩵