Buxoroga nima bo`ldi
Paxsali uyning hovliga qaragan derazasidan quyosh nurlari erinib tushadi. Hovlidagi o`rikning barglari hovli sahnini qoplagan, chekkaroqda og`ilxonada och qolgan buzoqcha. Teparoqda somon uyumlari sochilib yotar, qiyshaygan eshikka omoch tirab qo`yilgan. Kampir erinib hovli sahniga chiqdi qo`lida eski obdasta, egnida bundan 7 yil burun o`g`li olib kelgan eski marg`ilon atlasi. Oyog`iga erinib yamoq kavushini kiyar ekan, ko`zi astagina ochiq darvozaga tushgach, o`zicha jerkidi:
-Hech bizni zamon kulmas, bu chol yana guzarga chiqqanmi yoki masjidga? Tirikmisan yo o`lik mana hech kimga qiziq emas, xattoki Amirimiz ham bizni tashlab afg`on sari ketibdirlar deb kavushini kiyadi, darvozani berkitaman desa, qo`shnising past nurab tushgan devoriga ko`zi tushadi. Sekin qoshlari chimiriladi, darvozani yopib, uyga qaytadi. Nonushta tayyorlash uchun dasturxon yozadi, nam quruq aralash shox-shabbalarni o`choqqa otib choy qo`yadi. O`sha payt darvoza zarb bilan ochilib, ichkariga yetmish yashar soqoliga oq tushgan yuzlari yumaloq, ikki qo`ltig`ida qovun bilan chol kira solib kampiriga:
Qumri, hoy Qumri nima joning uzilib afsalisofinga ketdingmi? Deya qovunlarni supaga qo`yadi. Yarim to`la obdastadan qo`l chayar ekan, sekin hovliga ko`z tashlaydi, so`ng past ovozda o`ziga o`zi:Ya Robbim, bu elni balo qazolardan uzoq qil deb supaga chiqar chog`ida kovushini yechib maxsichan supaga chiqadi. Yamoq ko`rpachaga o`tirib usti yopiq Samarqand nonlarini oladi. Ozgina qattiqmi yoki kuchdan qolganmi farqi yo`q nonni ushatib yana hovliga qaraydi. Jim jit hovlidan sas kelmagach, qo`shninikiga chiqibdida deb o`zini ovutadi. Buxoro uchun bu yil og`ir keldi urush tufayli savdo yo`q, dehqonchilik bir ahvolda hali og`ir og`ir soliqlar bor. Madrasada og`li pul kutib turibdi. Temirchilikning mazasi yo`q, el ham och. Chol shularni o`ylab soqolini tutamlab o`yga toladi. Uh tortadi. Sallasini yechib, yonboshlaydi. Hovlidan eski kavushini sudrab kampir keladi. Qo`lida choynak va eski sopol likopda mayiz, turshak va qurt. Kamtarona nonushtani chol va kampir biror so`zsiz qilishadi. To`g`rida nimadan gapirishsin. Na kulmaklikka va na yig`lab o`lmoqlikka yetarli sabab bor. Bori ham shu kamtarona hayot.
Chol nonushtadan keyin qo`lini duoga ochadi. Duo ham o`zidek oddiy, tinchlik so`raydi. Kampir bechora lom mim deya oladi. Dardini ichiga olib o`tirganida chol aytadi:
-Siqilma kampir, mo`minning holi shu berganiga shukr bermaganiga sabr qilamiz.
Kampir zo`rg`a kuladi. Lekin indolmaydi. Ahir, nima ham deya olardi. Chol sekin turib, bugun do`konni ochaychi deb kovushini kiyadi. Zerikmay o`tir deb ko`chaga yo`l oladi. Uyda yana sukunat yana jimlik. Bori ham shu keng hovli, kichkina kampir va tartibsiz dasturxon.
Muallif yangi bob qoʻshganda u shu kitob sahifasida paydo boʻladi. Muallifga obuna boʻling — oʻtkazib yubormaysiz.
Izohlar
0