Zalda faqat soatning bir maromda chirqillashi va stol ustidagi qogʻozlarning shitirlashi eshitilardi.
Lola qarshisida oʻtirgan, qora kostyum-shimda oʻzini xuddi dunyo hukmdoridek tutayotgan yigitga nafrat bilan tikildi. Amir uning nigohidan zarracha ham hayajonga tushmadi. U qahvasidan bir hoplam ichib, qalin jildli shartnomani Lola tomonga surib qoʻydi.
— Qoidalarni bilasan, — dedi Amir. Ovozidagi sovuqqonlikdan xonadagi havo muzlab ketganday boʻldi. — Aynan 6 oy. Bir tom ostida yashaymiz. Tashqaridagilar uchun — ahil va baxtli juftlikmiz. Ichkarida esa... bir-birimizga begonaviz.
Lola qaltirayotgan qoʻllarini mahkam qisib, stol ustidagi ruchkani qoʻliga oldi.
— Nega men? — soʻradi u, gʻururini zoʻr-baza saqlab. — Shaharda qizlar tiqilib yotibdi. Nega aynan men bilan bu oʻyinni oʻynamoqchisan?
Amir sekin oʻrnidan turib, Lolaga yaqinlashdi. Egilib, qizning quloqlariga pichirladi:
— Chunki sen oʻsha men nafratlanadigan oilaning eng aziz ardoqlisisan. Sen orqali ularga nimani yoʻqotganliklarini eslatib turaman.
Lola tishlarini tishiga qoʻydi. U bu shartga rozi boʻlishi kerak edi — oilasining taqdiri, otasining erki aynan shu varaqdagi imzoga bogʻliq edi. Qiz ikkilanmasdan varaqqa oʻz imzosini chekdi va Amirning koʻzlariga tik qaradi:
— Oʻyiningni boshlayver, Amir. Lekin unutmang, baʼzan oʻzing qazigan tuzoqqa oʻzing tushishing mumkin...
Amirning lablarida sovuq va sirli tabassum paydo boʻldi. U 6 oylik sarguzasht va yuraklar jangi aynan shu daqiqadan boshlanganini his qilib turardi.