1-bob. Sirli uchrashuv
— Oh, bu hayot qanchalik zerikarli!
— Xo‘sh, endi nima qilsam ekan?
— Salom, Vivian! Senga yangi ish bor!
— Oh, janob Salamandra! Nihoyat! Nega menga anchadan beri ish bermayapsiz?
— Vivian! FBI seni anchadan beri qidiryapti. Shu sababli bir muddat topshiriqlarni boshqalarga berishga majbur bo‘ldik, — dedi u xavotirli qiyofada. — Ammo bu safar vaziyat boshqacha.
Vivian biroz jiddiylashdi.
— Ammo bu xavfli, Vivian! Agar uddalay olmasang, javob berasan! — dedi janob Salamandra yuzini burishtirib.
— Janob Salamandra! Mening kimligimni unutdingizmi? Men...
— Ha-ha, bilaman! Sen haqiqiy qilich ustasisan! Bir zarbada ishni bitiradiganlardan! Lekin ehtiyot bo‘lishing kerak. Sen endi yosh bola emassan.
Vivian xo‘mrayib oldi.
— Bu nima deganingiz?
— Ammo bu safar oddiy odam, josus yoki politsiyachi emas! U haqiqiy manyak! — deb baqirib yubordi Salamandra.
— Siz menga otamdek mehribonsiz, janob Salamandra, — dedi Vivian chuqur nafas olib. — Ammo siz aytganingizdek, men endi yosh bola emasman.
— U haqidagi ma’lumotlarni yaxshilab o‘rganib chiq. Ehtiyot bo‘l. Bu sening oxirgi ishing.
Salamandra unga hujjatlarni uzatdi.
— U amerikalik milliarder biznesmen. Hozirda alkogol, mehmonxona va IT biznesi bilan shug‘ullanadi. Shu sababli juda mashhur. Aytishlaricha, xotinini qattiq sevgan. Endi esa uning qotilini qidiryapti.
— Ha, juda achinarli, — dedi Vivian lablarini cho‘chchaytirib. — Boy bo‘lsang-u, xotiningni asrab qololmasang... Essiz!
- Senga ishonaman, Vivian.
Vivian uyiga qaytdi. U kiyimlari va kerakli jihozlarini tayyorlab, soat sakkiz bo‘lishini kutdi. Kech kirishi bilan yo‘lga chiqdi.
Qorong‘u tun. Vivian manyakni kuzata boshladi.
Lusian Levetan, 27 yoshda. Universitetda dars beradi, bo‘sh vaqtlarida esa kutubxonada ishlaydi. Uyi shahar chekkasida joylashgan. Ko‘chada undan boshqa hech qanday uy yo‘q edi. Keng va huvillagan ko‘cha, ikki tomondagi daraxtlar orasidan esa uyni bemalol kuzatish mumkin edi. Uy yonida o‘rmon bor, uning ichkarisidan g‘alati tovushlar eshitilardi.
Tun allaqachon cho‘kkan edi.
Lusian uxlash uchun xonasiga kirib yotdi. Bahor bo‘lgani uchun derazalar ochiq, pardalar esa mayin shamolda hilpirardi.
Vivian bildirmasdan uyga kirdi. U asosan pichoq va o‘tkir qilich bilan ishlardi. Raqiblarini bir zarbadayoq mag‘lub etishga odatlangan edi. Uning hatto nafas olgani ham bilinmasdi.
U to‘g‘ri Lusian yotgan xonaga kirdi.
Lusian oq terili, qora sochli, baland bo‘yli, ko‘k ko‘zli yigit edi. Uyqu sababli sochlari tartibsiz bo‘lib ketgan, yostiqni esa quchoqlab yotardi. Beozor yigitga o‘xshardi. Uni ko‘rgan hech kim manyak deb o‘ylamasdi.
U bir tomonga o‘girildi. Keng yelkalari va qorin mushaklari ko‘zga tashlandi. Tungi kiyimining old qismi ochiq edi.
Vivian bir lahzaga qotib qoldi. U ilgari hech qachon birorta yigit bilan munosabatda bo‘lmagan. Bu darajada kelishgan erkakni ham uchratmagan edi.
Ammo u nima qilish uchun kelganini esladi va pichog‘ini chiqardi.
U qora kiyimda edi. Harakati mutlaqo ovozsiz edi.
Vivian Lusianing yoniga yaqinlashib, pichog‘ini uning bo‘yniga olib bordi.
Ammo shu payt Lusian birdan ko‘zlarini ochdi. Bir zumda Vivianni yotoqqa bosib, uning ustiga chiqib oldi.
— O, meni ziyorat qilgani yana bir mehmon kelibdi-da. Meni o‘ldirish esa mezbonga atalgan sovg‘a bo‘lsa kerak!
- Iflos! Qo‘lingni mendan tort mendan! — dedi Vivian.
— Naqadar olijanob qotil ekansan. Bu iflos yuzingni ko‘rishga ruxsat berasanmi?
Vivian tinmay undan qutulishga urinardi. Lusian bir qo‘li bilan uni ushlab turib, ikkinchi qo‘li bilan niqobini yechdi.
Vivian qora sochli, qora ko‘zli, oppoq terili qiz edi. Lablarining gilosrang tusiga esa ko‘z tushmay qolmasdi.
— Qora ishlar, qora ko‘zli qiz... Qiziq!
Vivian o‘rnidan turmoqchi bo‘ldi, ammo Lusian uni qo‘yib yubormadi. Nihoyat, uni turtib yuborib, qochishga urindi.
Lusian esa ortidan quvib borib, uni devorga tiradi.
Vivian oyog‘idan pichoq chiqarib, unga hujum qildi. Lusian uning qo‘lini qayirib, pichog‘ini uloqtirib yubordi.
Vivian oyog‘i bilan Lusianni tepib, pastga qarab qochdi.
Lusian esa divan yonidagi yashirin joydan to‘pponchasini oldi.
— Hoy, go‘zal qizaloq! Qayerdasan? Sen menga yoqib qolding!
U to‘pponchasini tayyorladi.
Vivian ikkinchi qavatdan pastga tushib, o‘zi ham to‘pponchasini oldi.
— Shunday bo‘lishini bilmagandim. Yaramas! — deb pichirladi u.
U oshxona tomonga o‘tib, pana joyga yashirindi. Tasodifan tortmaning tutqichiga tegib ketdi. Tortma ochilib, ichidagi qurollar ko‘rindi.
— Voy, yaramas! Qurollarni kolleksiya qilibdi-ku!
Vivian tortmadagi qurollarga ko‘z yugurtirdi.
— Hoy, qizaloq! Bu yoqqa kel!
Oshxona tomondan tovush eshitildi. Lusian o‘sha tomonga qarab o‘q uzdi. Javob o‘qi ham kechikmadi.
Ular bir necha daqiqa davomida bir-birlariga qarata o‘q uzishdi.
— Qoyil! Bironta ham o‘qim tegmadi! — dedi Lusian.
— Kel, kelishib olamiz. Oldimga kelasan va meni o‘ldirmaslikka va’da berasan. Keyin seni qo‘yib yuboraman.
— Ahmoqmisan? Sening gapingga ishonib bo‘larkanmi? — dedi Vivian.
— Yaxshi, unda bunday qilamiz. Ikkalamiz ham qurolimizni qo‘yamiz. Oldinda stol bor. O‘sha yerga borib, suhbatlashamiz.
Lusian qurolini Vivian tomonga surdi-da, stolga borib o‘tirdi. Vivian ham ehtiyotkorlik bilan uning qarshisiga joylashdi.
— Xo‘sh, qizaloq, isming nima?
— Mendan nima kerak senga?
— Ismingni so‘radim.
— Meni qizaloq dema, axmoq! Ismim Vivian. Seni o‘ldirish uchun kelganman.
— O, shunaqami? Tan olish kerak, juda mahoratlisan. Lekin meni o‘ldirishda unchalik omadli emassan.
— Shunaqami? — dedi Vivian kulib. — Unda qo‘lingga qara!
Lusianning qo‘li yaralangan, undan qon oqib turardi.
Uning yuzi jiddiylashdi.
— Meni yaralagan birinchi odamsan. Nega meni o‘ldirmoqchisan?
— O‘sha Lucy uchun bo‘lsa kerak? — dedi Lusian.
— Ha, o‘sha uchun. Xo‘sh, nima bo‘pti? — dedi Vivian.
— Ha, juda jozibali ayol edi... Toki o‘lmaguncha!
— Lekin sen undan ham go‘zalsan, — dedi Lusian.
— Ahmoq! Men seni o‘ldirishim kerak edi. Afsuski, bugun buning uddasidan chiqa olmadim. Endi ketaman.
Vivian o‘rnidan turdi.
— Shunaqami? — dedi Lusian.
Vivian unga qarata o‘q uzdi. Lusian darhol ustun ortiga yashirindi. U ham to‘pponchasini olib, Vivian tomonga o‘q uzdi.
Vivian oyog‘idan yaralandi.Qon sizib chiqdi.U ogʻriqdan baqirib yubordi. Yaramas deb baqirdi u.
Otishma yana davom etdi. Vivian eshik tomon chekinib, nihoyat tashqariga chiqishga muvaffaq bo‘ldi. U ko‘chada turgan mashinaga o‘tirib, tezda uzoqlashdi.
Lusian ko‘chaga chiqib, uning ortidan qarab qoldi.
— Hali qo‘limga tushasan, Vivian... Juda go‘zal qizaloq. Oyimning qasosini hammangdan olaman.Sen esa oʻsha kalit boʻlasan endi koʻrchi
Muallif yangi bob qoʻshganda u shu kitob sahifasida paydo boʻladi. Muallifga obuna boʻling — oʻtkazib yubormaysiz.
Izohlar
0